|
K. A. Timiryazev- zamonaviy fotosintez ta'limotining asoschisi
|
bet | 2/16 | Sana | 06.01.2024 | Hajmi | 75,51 Kb. | | #131265 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Fotosintez jarayonining ahamiyati va uni tarixi-fayllar.org (2)Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishimning asosiy maqsadi o’simliklarda kechadigan murakkab jarayon –fotosintezni to’laligicha o’rganib, bu jarayonning o’simliklar uchun, biosferaga, inson hayotidagi ahamiyatini yoritib berish. Bundan tashqari o’simliklar qoplami, ularga ta’sir etuvchi quyosh energiyasining ahamiyati, o’simliklarning taqsimlanishi va ularning inson hayotidagi roli haqida ma’lumotlarni dunyo olimlari, hamda yurtimiz olimlari olib brogan izlanishlari natijasida yozgan ilmiy adabiyotlari va maqolalarini izlab topib, o’rganib kerakli bilimlarni o’quvchi talabalarga yoritib berish.
Kurs ishining obekti: O’simliklarning fotosintez jarayoniga ta’sir etuvchi omillar
Kurs ishining predmeti: o`simliklardagi fotosintez jarayonini xussiyatlari
Kurs ishining vazifalari
Fotosintez jarayoni va unda kechadigan jarayonlar, fotosintezning ahamiyatiga oid bo’lgan dunyo olimlari va mamlakatimiz olimlari olib brogan tajribalari va shu asosda yozgan ilmiy adabiyotlari va maqolalarini topib o’rganish;
Fotosintezning tabiatda tutgan o’rni va hamiyati to’g’risida olgan va to’plagan ma’lumotlarni ilmiy asosda yoritib berish;
Fotosintez jarayonini amalga oshiradigan o’simliklarning biologik ahamiyatiga oid izlanishlar olib borib, ilmiy manbalarda keltirilgan ma’lumotlar xususiy izlab topilgan ma’lumotlari bilan qiyoslanadi va tegishli mulohazalar yuritish turlari va ularning ishlatilish xossalarini ochib berish.
Kurs ishining tuzulishi-kirish, 2 ta bob 4 ta qism, xulosa glossariy va foydalanilgan adabiyotlardan iborat
ASOSIY QISM
I BOB FOTOSINTEZ VA UNING O’RGANILISH TARIXI
1.1 Fotosintez haqida qisqacha ma'lumot
Tabiatdagi barcha tirik organizmlarning hayotiy jarayonlari dinamik ravishda energiya bilan ta’minlanishga asoslangan. Bu energiyaning yagona manbai kuyosh energiyasi bo‘lib, organizmlar uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki erkin kimyoviy energiya xolidagina o‘zlashtirish qobiliyatiga egadir. Bu organik moddalar tarkibidagi kimyoviy bog‘lar energiyasidir. Uni faqat yashil o‘simliklar va qisman avtotrof mikroorganizmlargina hosil qilishi mumkin. Yashil o‘simliklar tanasida quyosh nuri ta’sirida anorganik moddalardan (CO2 va H20) organik moddalarning hosil bo‘lishi fotosintez deyiladi. Fotosintez yer yuzida quyosh energiyasini kimyoviy energiyaga aylantiruvchi yagona jarayondir.Hosil bo‘lgan organik moddalar jamiki organizmlar uchun energiya manbai, umuman hayot asosini tashkil etadi. Shu bilan birga fotosintez tabiatdagi kislorodning ham yagona manbaidir. Fotosintez jarayonini quyidagi sxematik tenglama bilan ifodalash mumkin:
6CO2+ 12H20 = C6H12O6 + 6H2O + 602.
Yashil o‘simliklarning hayoti uluksiz ravishda organik moddalar to‘plash va tabiatga molekulyar kislorod ajratish bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham tabiatdagi boshqa organizmlarning, jumladan, xayvonlar va odamlarning hayoti o‘simliklarda bo‘ladigan fotosintezga bog‘liq . Chunki bu organizmlar organik moddalarni tayyor xholda faqat o‘simliklar orqali oladilar.
Fotosintezni o‘rganish buyicha birinchi tajribani ingliz kimyogari Dj.Pristli 1771 yilda o‘tkazdi. U sham yondirilishi yoki sichqonning nafas olishi natijasida havosi “buzilgan” shisha qalpoq ostiga yashil yalpiz shoxchasini ko‘ygan va bir necha kundan keyin unda havo .yaxshilanganini aniqlagan. Ya’ni yalpiz saqlangan qalpoq ostida sham uzoq muddat o‘chmasdan yongan, sichqon esa yashagan.
1779 yilda gollandiyalik vrach YA. Ingenxauz juda ko‘p marta Pristli tajribasini takrorladi va o‘simliklar faqat yorug‘likda havoni tozalaydi, qorong‘ida esa hayvonlar kabi havoni buzadi, degan xulosaga keldi. Shunday qilib, Pristli va Ingenxauzlar o‘simliklarda qarama - qarshi ikki xil jarayon mavjudligini aniqladilar. Lekin o‘simliklar uchun buni nima ahamiyati borligini tushunmadilar. Shveysariyalik olim J.Senebe 1782 yilda tajribalar natijasida o‘simliklar yorug‘likda kislorod ajratadi va shu bilan bir vaqtda buzilgan havoni (ya’ni CO2 ni) yutadi, degan xulosaga keldi. 1804 yilda shveysariyalik olim T.Sossyur o‘simliklarningyorug‘likda CO2 ni yutib o‘z tanasida uglerod to‘plashini aniqladi. U qabul qilingan karbonat angidrid va ajralib chiqadigan kislorodning nisbati bir-biriga tengligini, organik modda hosil bo‘lishi jarayonida karbonat angidrid bilan bir qatorda suv ham ishtirok etishini birinchi marta tajribalar asosida ko‘rsatdi. Fransuz agrokimyogari J.B.Bussengo 1840 yilda fotosintez sohasida qilinadigan ishlar natijalarini xar tomonlama tekshirib ko‘rdi va Sossyurning xulosalarini tasdiqladi, ilk bor fotosintezning shakliy tenglamasinituzdi:
6C02 + 6H2O — C6H1206 + 602.
Yorug‘likning fotosintez jarayonidagi rolini aniqlash masalasi bilan amerikalik fizik Dj.U.Dreper, keyinchalik YU.Saks va V.Pfeffyerlar shug‘ullandilar. Ular fotosintez jarayoni yorug‘lik spektrining sariq nurlarida eng yaxshi sodir bo‘ladi, degan xulosaga keldilar. Lekin 1875 yilda yirik fiziolog olim K.A.Timiryazev bu xulosa xato ekanligini aniqladi.
Tajribalar asosida u eng kuchli fotosintez jarayoni xlorofill molekulasi yutadigan qizil nurlarda sodir bo‘lishini ko‘rsatdi. Shunday qilib, XVIII va XIX asrlarda yashil o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fotosintez jarayoni va uning asosiy tomonlari aniqlandi: karbonat angidridning yutilishi, molekulyar kislorodning ajralishi, yorug‘likning zarurligi, xlorofillning ishtiroki va organik moddalarning hosil bo‘lishi.
|
| |