UMLda o‘zaro ta’sir (Interaction) diagrammasi.
O‘zaro ta’sir diagrammasi xulq-atvor diagrammalarining kichik to‘plamidan boshqa narsa emas. U tizimning turli xil foydalanish holatlari elementlari orasidagi oqimni ko‘rish uchun ishlatiladi. O‘zaro ta’sir diagrammalari ikki obyekt o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni va ular ichidagi ma’lumotlar oqimini ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
Quyida UMLdagi turli o‘zaro ta’sir diagrammalari keltirilgan:
Vaqt diagrammasi (Timing diagram);
Ketma-ketlik diagrammasi (Sequence diagram);
Hamkorlik diagrammasi (Collaboration diagram)
UML vositalari
Dasturiy ta’minotlar bozorida bugungi kunda UML diagrammalarini yaratish uchun ko‘plab vositalar mavjud. Ularning ba’zilaridan ish stolida, boshqalaridan esa onlayn rejimda foydalanish mumkin. Quyida UML modellarini yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan vositalarning tanlangan ro‘yxati keltirilgan:
Edraw Max;
Moqups;
Visio;
ConceptDraw;
StarUML;
Umbrello;
UML Designer Tool.
Shunday qilib, UML har qanday loyihani ishlab chiqishning zaruriy qismi bo‘lgan professional hujjatlarni yaratishning ajoyib usuli hisoblanadi. UML tizimlarning obyektga yo‘naltirilgan dizaynini yaratishning muhim qismidir. U bizga ko‘p qiyinchiliksiz tushunilishi mumkin bo‘lgan tizimlar uchun turli modellar va loyihalarni yaratish vositalarini taqdim etadi.
Topshiriqlar:
1. UML diagrammasi nima va u qanday vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan?
2. UML diagrammasining asosiy elementlarini nimalar tashkil etadi?
3. UML diagrammasi toifalari haqida yozma ma’lumot tayyorlang.
III. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
|