Aqliy hujumni tashkil etish jarayonining tuzilishi
To‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoali AH
1. O‘qituvchi butun guruhga muammoli topshiriq beradi va uni hal etish bo‘yicha fikrlarni ifoda etishni taklif etadi. Qo‘yilgan muammoga taalluqli har qanday fikrni ifoda etish mumkinligi to‘g‘risida ogohlantiradi. AH qoidalari bilan tanishadilar.
2. Fikrlar ifodalanadi, o‘qituvchi (assistent) esa ularni doskaga yoki flipchartga yozadi.
3. AH tugashi bilan: (1) fikrlar baholanadi va eng yaxshilari tanlanadi; (2) barcha yozilgan fikrlar taqdim etilgan muammoni konstruktiv qarorini ishlab chiqish maqsadida guruhlashtiriladi, toifalarga bo‘lib chiqiladi (Pinbord texnikasi, toifali jadvalga qarang).
Ommaviy AH
1. O‘qituvchi muammoni hal etishning bir nechta jihatlarini tayyorlaydi va katta qog‘ozga yozadi.
2. Barcha ishtirokchilar kichik guruhlarga bo‘lingandan so‘ng (5-6 kishi) ularga muammoni hal etishning bittadan jihati yozilgan varaqlar tarqatiladi.
3. 10-15 daqiqa ichida guruhlarda AH o‘tkaziladi va uning natijalari varaqga yoziladi.
4. Muammoni hal etish bo‘yicha taklif qilingan fikrlar guruhlar tomonidan namoyish etiladi.
5. Fikrni jamoali baholash amalga oshiriladi.
6. Muammoni hal etish bo‘yicha bildirilgan eng yaxshi fikrlar (variantlar) tanlanadi va ular asosida yagona fikr shakllantiriladi.
5.4. Testlar
Texnologiya so‘zi grekchadan tarjima qilinganda … ma’nosini anglatadi.
san’at
mahorat
malaka
barcha javoblar o‘rinli.
Ma’lumotni bir ko‘rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko‘rinishga keltirish, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayoni nima deb ataladi?
Axborot texnologiyasi
Bilimlar generatori
Axborot tizimi
Ishlab chiqarish texnologiyasi
Insonlarning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo‘lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan yangi axborotni ishlab chiqarish ...
Axborot texnologiyasining maqsadini tashkil etadi.
Axborot tizimining maqsadini tashkil etadi.
Moddiy ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi.
Barcha javoblar o‘rinli
Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog‘liq yo‘nalishlar qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.
Ilmiy tadqiqotlar, loyihalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish.
Tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
Barcha javoblar o‘rinli.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog‘liq yo‘nalishlar qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
Tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasini axborotlashtirish.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini axborotlashtirish.
Barcha javoblar o‘rinli
Axborot texnologiyalarining turlari qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
Ma’lumotlarni qayta ishlashga oid axborot texnologiyalari.
Boshqaruvga oid axborot texnologiyalari.
Ofis (idora)ni avtomatlashtirishga oid axborot texnologiyalari.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
Axborot texnologiyalarining turlari qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
Boshqaruvga oid axborot texnologiyalari.
Qaror qabul qilishga oid axborot texnologiyalari.
Ekspert tizimlarga oid axborot texnologiyalari.
Barcha javoblar to‘g‘ri.
Axborot texnologiyalari evolutsiyasining 1-bosqichi?
XIX asrning ikkinchi yarmigacha, “dastaki” axborot texnologiya taraqqiy etgan davr.
XIX asrning oxiri, “mexanik” texnologiya rivoj topgan davr.
XX asr boshlari, “elektromexanik” texnologiyalar rivoj topgan davr.
XX asr o‘rtalari, “elektron” texnologiyalar qo‘llanilishi boshlangan davr.
Axborot texnologiyalari evolutsiyasining 2-bosqichi?
XIX asrning ikkinchi yarmigacha, “dastaki” axborot texnologiya taraqqiy etgan davr.
XIX asrning oxiri, “mexanik” texnologiya rivoj topgan davr.
XX asr boshlari, “elektromexanik” texnologiyalar rivoj topgan davr.
XX asr o‘rtalari, “elektron” texnologiyalar qo‘llanilishi boshlangan davr.
Axborot texnologiyalari evolutsiyasining 3-bosqichi?
XIX asrning ikkinchi yarmigacha, “dastaki” axborot texnologiya taraqqiy etgan davr.
XIX asrning oxiri, “mexanik” texnologiya rivoj topgan davr.
XX asr boshlari, “elektromexanik” texnologiyalar rivoj topgan davr.
XX asr o‘rtalari, “elektron” texnologiyalar qo‘llanilishi boshlangan davr.
Axborot texnologiyalari evolutsiyasining 4-bosqichi?
XIX asrning ikkinchi yarmigacha, “dastaki” axborot texnologiya taraqqiy etgan davr.
XIX asrning oxiri, “mexanik” texnologiya rivoj topgan davr.
XX asr boshlari, “elektromexanik” texnologiyalar rivoj topgan davr.
XX asr o‘rtalari, “elektron” texnologiyalar qo‘llanilishi boshlangan davr.
Axborot texnologiyalari evolutsiyasining 5-bosqichi?
XX asr oxiri, kompyuter texnologiyalari taraqqiy etgan davr.
XIX asrning oxiri, mexanik texnologiya rivoj topgan davr.
XX asr boshlari, elektromexanik texnologiyalar rivoj topgan davr.
XX asr o‘rtalari, elektron texnologiyalar qo‘llanilishi boshlangan davr.
“U algoritmik va dasturiy ta’minot uchun matematik modellar jamlanmasini ifoda etadi”. Gap qaysi ta’minot haqida bormoqda?
Matematik ta’minot.
Algoritmik ta’minot.
Dasturiy ta’minot.
Axboriy ta’minot.
“U ma’lumotlarni qayta ishlash va tayinli masalalarni yechish uchun matematik metodlar, modellar hamda algoritmlar jamlanmasini ifodalaydi”. Gap qaysi ta’minot haqida bormoqda?
Matematik ta’minot.
Algoritmik ta’minot.
Dasturiy ta’minot.
Axboriy ta’minot.
“U kompyuterni boshqarishga oid tizimli dasturlar va kishilik faoliyatiga tegishli aniq masalalarni kompyuterli yechishga qaratilgan amaliy dasturlar ko‘rinishida bo‘lib, ular hisoblash tizimida yaxlit ko‘rinishda faoliyat ko‘rsatadi”. Gap qaysi ta’minot haqida bormoqda?
Matematik ta’minot.
Algoritmik ta’minot.
Dasturiy ta’minot.
Axboriy ta’minot.
“U axborot tizimini yaratish va funksiyalashtirishni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi”. Gap qaysi ta’minot haqida bormoqda?
Matematik ta’minot.
Algoritmik ta’minot.
Huquqiy ta’minot.
Axboriy ta’minot.
Zamonaviy axborot texnologiya vositalari tarkibi?
Tashkiliy texnik vositalar
Kommunikatsion texnik vositalar
Kompyuter texnikasi vositalari
Barchasi birgalikda to‘g‘ri
Ofis va muhandislik ishlarini, nusxa ko‘chirish va dizayn uskunalarini osonlashtiradigan va ta’minlaydigan vositalar qaysi turkumdagi vositalarga kiradi?
Tashkiliy texnik vositalar
Kommunikatsion texnik vositalar
Kompyuter texnikasi vositalari
To‘g‘ri javob berilmagan
Telefonlar, radioaloqa, faks va axborot uzatishga mo‘ljallangan turli vositalar qaysi turkumdagi vositalarga kiradi?
Tashkiliy texnik vositalar
Kommunikatsion texnik vositalar
Kompyuter texnikasi vositalari
To‘g‘ri javob berilmagan
Axborot va ma’lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan vositalari qaysi turkumdagi vositalarga kiradi?
Tashkiliy texnik vositalar
Kommunikatsion texnik vositalar
Kompyuter texnikasi vositalari
To‘g‘ri javob berilmagan
Quyidagilardan qaysi biri axborot texnologiya vositalarining hayotiy siklidagi bosqichlardan birini ifodalaydi?
Zaruriy vositalarni loyihalash bosqichi.
Vositalarni o‘rnatish bosqichi.
Vositalarni ekspluatatsiya qilish (ishlatish) bosqichi.
Barcha javoblar birgalikda to‘g‘ri.
Quyidagilardan qaysi biri matnni qayta ishlash texnologiyalariga kiradi?
Matn muharrirlari
Transliteratsiyalar
Kriptografik dasturlar
Barchasi birgalikda to‘g‘ri.
Matnni qayta ishlash texnologiyalariga kiruvchi dasturlarni aniqlang.
Matn protsessorlari
Transliteratsiyalar
Nashriyot tizimlari
Barchasi birgalikda to‘g‘ri.
Istalgan maqsaddagi (oddiy hujjat matni, dastur matni va h.k.) matnni yaratish va tahrirlash uchun mo‘ljallangan kompyuter dasturi nima deb yuritiladi?
Matn muharriri
Jadval muharriri
Grafik muharrir
Taqdimot muharriri.
Matn muharrirlari turlari?
Line Editor
Context Editor
Screen Editor
Barcha javoblar o‘rinli.
Quyidagilardan qaysi biri matn protsessori sanaladi?
MS Word
WPS Office Writer
Latex
Barcha javoblar o‘rinli.
Kartina, rasm, fotografiya, gravyura, litografiya, monotipiya kabi raqamli tasvirlardan iborat axborotlar nima deb yuritiladi?
Grafik axborotlar
Kompyuter grafikasi
Grafik muharrirlar
Grafik protsessor.
Grafik muharrirlarning tiplari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan?
Rastrli
Vektorli
Gibrid
Barcha javoblar to‘g‘ri.
Kompyuter yordamida turli formatdagi grafik axborotlarni yaratish va qayta ishlash texnologiyasi nima deb ataladi?
Grafik axborotlar
Kompyuter grafikasi
Grafik muharrirlar
Grafik protsessor.
Raqamli tasvirni yaratish, ko‘rish, o‘zgartirish, formatlash, tahrirlash kabi amallarni bajarishga mo‘ljallangan kompyuter dasturlari nima deb ataladi?
Grafik axborotlar
Kompyuter grafikasi
Grafik muharrirlar
Grafik protsessor.
Quyidagilardan qaysi biri tasvirni ko‘rish vositalari sanaladi?
IrfanView
Picasa
Picture Viewer
Barcha javoblar o‘rinli.
Quyidagilardan qaysi biri tasvirni ko‘rish vositalari sanaladi?
FastStone Image Viewer
3D Photo Browser Pro
ACDSee Free
Barcha javoblar o‘rinli.
Quyidagilardan qaysi birida grafik formatlar turlari to‘g‘ri berilgan?
Rastrli formatlar
Vektorli formatlar
Kompleks formatlar
Barcha javoblar o‘rinli.
Grafik formatlar turlaridan biri kompleks formatga quyidagilardan qaysi biri kiradi?
DjVu
PDF
CGM
Barcha javoblar o‘rinli.
Quyidagilardan qaysi biri sonli axborotlar bilan ishlash texnologiyasi sanaladi?
Lotus 1-2-3
MS Excel
Quattro Pro
Barcha javoblar o‘rinli.
Ma’lum bir masalaga yoki biror bir faoliyatga taalluqli bo‘lgan, o‘zaro bog‘langan yoki alohida ko‘rinishda tashkil etilgan ma’lumotlar majmuyi nima deb yuritiladi?
Ma’lumotlar bazasi
Ma’lumotlar banki
Axborot tizimi
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi.
Ma’lumotlar bazasi bilan ishlashni ta’minlovchi kompyuter dasturi nima deb yuritiladi?
Axborot texnologiyasi
Ma’lumotlar banki
Axborot tizimi
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi.
Qaysi satrda ma’lumotlar bazasiga qo‘yilgan talablar to‘g‘ri keltirilgan?
Xatolik va dublikat bo‘lmaslik
Ma’lumotlarning butunligini ta’minlash
Ma’lumotlarni yuqori tezlikda qidirish
Barcha javoblar o‘rinli.
Quyidagilardan qaysi biri ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi sanaladi?
Oracle Database
Visual FoxPro
Firebird
Barcha javoblar o‘rinli.
Bir nechta ma’lumotlar bazasi, ularni boshqaruvchi texnik vosita va dasturiy ta’minotdan iborat yaxlit avtomatlashtirilgan tizim nima deb yuritiladi?
Axborot texnologiyasi
Ma’lumotlar banki
Axborot tizimi
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi.
Ma’lumotlar bankining asosiy funksiyalari qaysi satrda to‘g‘ri keltirilgan?
Axborotni saqlash va uning himoyasini tashkil etish
Topilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va kerakli formada taqdim etish
Saqlanayotgan ma’lumotlarni davriy o‘zgartirib turish
Barcha javoblar o‘rinli.
Kompyuter yordamida intellektual masalalalarni yechish metodlari bilan shug‘ullanuvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat yaxlit fan nima deb ataladi?
Sun’iy intellekt
Kompyuter lingvistikasi
Intellektual tizim
Axborot tizimi.
Sun’iy intellekt atamasi fanga birinchi bo‘lib kim tomonidan va qachon kiritilgan?
Jon Makkarti, 1956-yilda
Lyapunov, 1954-yilda
N.Xomskiy, 1950-yilda
L.Nelyubin, 1956-yida
Sun’iy intellekt metodlari asosida yaratilgan tizimlar nima deb ataladi?
Intellektual tizimlar
Amaliy dasturlar
Predmet soha
Bilimlar bazasi
Intellektual tizimlar tuzilishi jihatidan qanaqa bloklarni o‘z ichiga oladi?
Bilimlar bazasi
Xulosalash mexanizmi
Intellektual interfeys
Barcha javoblar o‘rinli
Ekspert-mutaxassislar tomonidan muayyan bir obyekt haqida ma’lumot beruvchi mantiqiy mulohaza shaklida mashina xotirasiga kiritilgan aniq ma’lumot nima deb ataladi?
Fakt
Bilim
Qoida
Mulohaza
Qo‘yilgan masala tabiatidan kelib chiqib, unga tegishli mavjud faktlar va mantiqiy amallar vositasida qayta shakllantirilgan murakkab mantiqiy mulohaza nima deb ataladi?
Fakt
Bilim
Qoida
Mulohaza
Intellektual masalalarni yechish uchun foydalaniladigan faktlar va qoidalar yig‘indisidan iborat qat’iy formallashtirilgan axborot nima deb ataladi?
Fakt
Bilim
Qoida
Mulohaza
Xotirada ma’lumotlar bazasi shaklida saqlanuvchi faktlar va qoidalar majmuyi nima deb ataladi?
Bilimlar bazasi
Faktlar
Qoidalar
Mulohazalar
Qo‘yilgan masalaning yechimini topish jarayoni haqidagi umumiy bilimlar nima deb ataladi?
Bilimlar bazasi
Mantiqiy xulosalash mexanizmi
Qoidalar
Intellektual interfeys
Foydalanuvchining yozma so‘rovini qayta ishlashga mo‘ljallangan dastur vositasida shu foydalanuvchi bilan informatsion majmua resurslari o‘rtasidagi o‘zaro muloqot interfeysi nima deb ataladi?
Bilimlar bazasi
Mantiqiy xulosalash mexanizmi
Qoidalar
Intellektual interfeys
Muayyan predmet sohasidagi masalalarni amaliy yechishga mo‘ljallangan intellektual tizimlar nima deb ataladi?
Ekspert tizimlar
Axborot tizimlari
Qoidalar majmuyi
Intellektual interfeys
Eng ko‘p tarqalgan ekspert tizimlari qaysi qatorda bexato berilgan?
CLIPS
MYCIN
IBM Watson
Barchasi ekspert tizimlardir
Ekspert tizimlarni yaratishda asosan qaysi soha vakillari ishtirok etishadi?
Ekspertlar
Dasturchilar
Bilimlar bo‘yicha muhandislar
Barchasi to‘g‘ri.
Ekspert tizimlarning boshqa an’anaviy dasturlardan ajralib turuvchi alohida belgilari asosan nimalarda ko‘rinadi?
Kompetentligi, ya’ni chuqur bilimga asoslanganligi bilan
Simvolik mushohadaga asoslanganligi bilan
Teran “fikrlay” olishi bilan
Barchasi to‘g‘ri.
Foydalanish uchun yaroqli axborot mahsulotini olish maqsadiga yo‘naltirilgan tizim nima deb yuritiladi?
Axborot tizimi
Espert tizim
Intellektual tizim
To‘g‘ri javob berilmagan.
Quyidagilardan qaysi biri axborot tizimining elementlarini tashkil etadi?
Axborot texnologiyalari
Axborot
Xodimlar
Barchasi to‘g‘ri.
O‘z faoliyatini tashqi muhit ta’siri ostida avtomatik amalga oshiruvchi axborot tizimi nima deb ataladi?
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Avtomatik axborot tizimi
Avtomatlashtirilgan korxona
Avtomatlashtirilgan ishchi o‘rni
Qaysi qatorda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT)ning tiplari to‘g‘ri keltirilgan?
Bir tashkilotdagi bitta va bir nechta jarayonlarni qamrab oluvchi AAT
O‘zaro hamkor bir nechta tashkilotga daxldor bitta jarayonni amalga oshiruvchi AAT
Bir nechta tashkilotga daxldor bir nechta jarayonlarni amalga oshiruvchi AAT
Barchasi to‘g‘ri.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining qismlari qaysi javobda to‘g‘ri keltirilgan?
Ta’minlovchi
Funksional
Ta’minlovchi va funksional
To‘g‘ri javob berilmagan.
|