2.5.“DURADGORLIK” FANIDAN TALABALAR BILIM, KO‘NIKMA
VA MALAKALARINI BAXOLASH.
Kasb-xunar kollejlari o‘quvchilarining
bilim saviyasi, ko‘nikma va
malakalarini nazorat qilio‘ning reyting tizimni O‘zbekiston Respublikasi “
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonun xamda “ O‘zbekiston
Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-xunar talimini tashkil etish chora –tadbirlari
to‘g‘risida” Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 13 maydagi 204 sonli qaroriga
muofiq tashkil etiladi.
Kasb-xunar kollejlari o‘quvchilarining bilim saviyasi, ko‘nikma va
malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi “ O‘rta maxsus, kasb-xunar
talimini Davlat talim standartini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil 16 oktyabrdagi 400-sonli qarori
bilan tasdiqlangan “ O‘rta maxsus, kasb-xunar talimi Davlat talim
standartlari”ning tarkibiy qismi bo‘lib, barcha kasb-xunar kollejlarida joriy
etiladi va mazkur Nizom asosida amalga oshiriladi.
Reyting tizimining maqsadi va vazifalari
Reyting tizimining maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
-Kasb-xunar kollejlari o‘quvchilarida Davlat talim standartlariga muvofiq
tegishli bilim, ko‘nikma va malakalairining shakllanish
darajasini nazorat qilish;
-O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini baxolashning asosiy
tamoyillari:
standartiga asoslanganlik, aniqlik, xaqqoniylik, ishonchlilik va
qulay shaklda baxolashni ta’minlash;
-O‘quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalari darajalairini taqqoslash va
talim jarayonida o‘zaro
musobaqa muxitini yaratish;
-O‘quvchilarni fanlar bo‘yicha kollej xamda uzluksiz tayyorgarligini
taminlash;
-O‘qituvchi faoliyatidagi masuliyatini oshirish va uning pedagogik
mexnati samaradorligini xolisona baxolash;
-O‘quvchilarning xar bir fan va amaliyot turlari bo‘yicha o‘zlashtirish
darajasini
aniqlash;
65
-O‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalar saviyasining shakllanish
suratini muntazam ravishda taxlil qilib berish;