• Tekshirdi
  • Ekskavatorlar tasnifi va ularning texnologik tavsifi
  • «karyer mexanik uskunalari» fanidan




    Download 1,3 Mb.
    bet1/15
    Sana16.12.2023
    Hajmi1,3 Mb.
    #120161
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Dilnavoz kurs ishi 19-variant t)a (1) (1)
    1-Mustaqil ish, Journal of Internal Medicine - 2015 - Reid, aka

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
    «Konchilik elektr mexanikasi» kafedrasi


    «KARYER MEXANIK USKUNALARI» FANIDAN

    KURS ISHI



    Guruh: 5K 20KEM Vaxobova Dilnavoz
    Bajardi:______________________________
    Tekshirdi:_______________________________
    Baho:___________________________________
    Olmaliq 2023
    Mundarija
    KIRISH
    1 ASOSIY QISM_______________________________________________
    1 Mashinalar kompleksini tanlash va ularning texnik tavsiflari______________
    1.1 EKG-3.2 ekskavatori haqida ma’lumot_____________________________
    1.2 Burg’ilash stanogi SBSH-250MNA-32______________________________
    1.3 Ishchi asbob (dolota) turini tanlash__________________________________
    1.4 T-180 Buldozeri haqida ma’lumot________________________________
    2 Kompleksdagi mashina-uskunalar texnik va ekspluatatsion unumdorligini hisoblash______________________________________________________
    2.1. Ekskavator unumdorligini xisoblash______________________________
    2.2 Burg‘ilash stanogi unumdorligini hisoblash_________________________
    2.3 Buldozer unumdorligini hisoblash________________________________
    3 Uchastkaning berilgan unumdorligi bo‘yicha mashina va uskunalar sonini hisoblash______________________________________________________
    3.1 Karyer uchun zarur bo‘lgan ekskavatorlar sonini aniqlash________________
    3.2 Burg‘ilash stanoklari ishchi parkini aniqlash___________________________
    3.3 Otval uchun buldozerlar sonini aniqlash____________________________
    4 Kon mashinalari dvigatellari talab qilinadigan quvvatini hisoblash_________
    4.1 Ekskavator hisobi_____________________________________________
    4.2 Burg‘ilash stanogini hisobi_________________________________________
    4.3 Buldozer tortish hisobi_________________________________________
    XULOSA______________________________________________________
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI______________________

    KIRISH
    Konchilik - mamlakat sanoatining yirik tarmoqlaridan biri bo‘lib, xalq ho‘jaligini rivojlantirish va samaradorligini yuqori bo‘lishini ta’minlashda katta ahamiyatga egadir. Chunki konchilik sanoati tarmoqlarida neft, tabiiy gaz, ko‘mir, rangli metall, nometall qurilish materiallari kabi ko‘plab foydali qazilma konlarini qazib chiqaruvchi korxonalar faoliyat yuritadilar.
    Konlarni qazib olish ishlari masshtabining nihoyatda kengligi, mehnat va kapitaltalabligi, shuningdek kon qazish ishlarini tobora chuqurlashib borishi tufayli qazish ishlari sharoitlarining murakkablashi va nafaqat konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, balki butunlay xalq ho‘jaligining samaradorligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli konchilik ishlari samaradorligini oshirish mamlakat xalq ho‘jaligining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
    Konchilik sanoati texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga, birinchi navbatda, konlarni progressiv ochiq usulda qazib olishni rivojlantirish orqali erishiladi. Chunki foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olish texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli usul hisoblanadi. Ochiq usulda kon qazishning qudratli industrial bazasi mavjudligi va foydali qazilma zaxiralarining katta qismi er yuziga yaqin joylashganligi tufayli hozirgi vaqtda mamlakatimizda qazib olinayotgan qattiq mineral xom ashyoning katta qismi (80-85%) ana shu progressiv ochiq usulda qazib olinmoqda.
    Keyingi yillarda mamlakat karyerlarida ilmiy texnika taraqqiyoti natijalari asosida takomillashgan texnika va innovatsion texnologiyalarni qo‘llanishi orqali ochiq usulda kon qazish ishlari iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga erishilmoqda. Bu esa o‘z navbatida konlarni ochiq usulda qazib olish doirasini yanada kengaytirishga imkon yaratmoqda.
    Karyer (fransuzcha: carrière) — foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib oladigan korxona; yer qaʼridan foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olishda hosil boʻladigan chuqurliklar majmui. K. bir nechta pogʻonaʻona tizimlaridan iborat boʻlib, odatda, yuqoridagi pogʻonalar puch togʻ jinslarida joylashadi, pastki pogʻonalarda foydali qazilma qazib olinadi. Foydali qazilmani qazib olish uchun puch (qoplama) togʻ jinslarini surib ochiladi.
    Ochiq usulda foydali qazilmalarni qazib olish qad.dan maʼlum. Dastlabki katta Karyerlar Qad. Misrda ehromlar bunyod etilishi bilan bogʻliq boʻlgan, keyinchalik Karyerlarda bunyodkorlik va haykaltaroshlik ishlari uchun marmar toshlari katta hajmda qazib olingan. 20-asr boshigacha ochiq kon ishlari keng rivojlangan. Asrning oxiriga kelib dunyoda qurilish materiallari sifatida ishlatiladigan togʻ jinslarining qariyb 95%, foydali qazilmalarining 70%, qoʻngʻir koʻmirning 90%, toshkoʻmirning 20% Karyerlardan qazib olingan. Katta Karyerlarda yiliga oʻnlab million tonna foydali qazilma va puch togʻ jinslari qaziladi. Jahondagi eng katta Karyerlar: "Bogatir" (Qozogʻiston) — yiliga 50 mln.t dan ortiq toshkoʻmir va 25 mln.m3 qoplama togʻ jinslari, "Maunt-Rayt". (Kanada) — 45 mln. t temir rudasi va 25 mln.t qoplama togʻ jinslari, "Fortuna" (Germaniya) — 42,6 mln.t qoʻngʻir koʻmir va 89,2 mln.m3 qoplama togʻ jinslari qazib chiqariladi. Oʻzbekistonda "Muruntov" oltin qazib oladigan Karyer bor. Yillik unumdorligi 45 mln.m3. Uz. 3500 m, eni 2500 m, chuq. 300 m. Loyihada 600 m gacha chuqurlashtirish koʻrsatilgan. "Qalmoqqir" Karyerning yillik unumdorligi 24 mln.m3 boʻlib, tarkibida mis, oltin, kumush, qoʻrgʻoshin, pyx, reniy, osmiy mavjud boʻlgan ruda qazib olinadi. "Angren" Karyerida yiliga 3 mln. t atrofida qoʻngʻir koʻmir va kaolin qazib olinadi. Oʻzbekistondagi 36 marmar va 21 granit Karyer larda yiliga 2,3 mln.m3dan ortiq (2001) qoplama toshlar va millionlab m3 ohaktosh qazib olinadi. Marmar qazib olinadigan Gʻozgʻon, Jom, Zarband va Nurota Karyerlari, granit chiqadigan Langar va Sevasoy Karyerlari mashhur.
    Konchilik sohasida ishlatiladigan barcha mashinalar va mexanizmlarni uchta asosiy guruxga ajratib oʼrganiladi.
    1. Kon mashinalari. Bu turkumga asosan foydali qazilmalarni va nokerak togʼ jinslarini yer osti va ochiq usullarda qazib oluvchi, yer osti boʼshliqlarini (lahim) oʼtuvchi, togʼ jinslarini burgʼulovchi mashinalar guruxidir. Bu gurux mashinalari ochiq konlarda ishlatiluvchi: bir choʼmichli va koʼp choʼmichli ekskavatorlar (qazib-yuklovchi mashinalar), kon pogʼonalaridan skvajinalar hosil qiluvchi burgʼulash stanoklari; Yer osti konlarida ishlatiluvchi foydali qazilmalarni qazib oluvchi kombaynlar, lahim oʼtuvchi kombaynlar, Yer osti burgʼulash mashinalari va boshqa yordamchi kon mashinalaridir.
    2. Transport mashinalari. Bu turkumga foydali qazilmalarni yer osti va usti sharoitlarida tashuvchi, xar xil yordamchi materialllar va yuklarni tashuvchi mashinalar oʼrganiladi. Bunday mashinalar turkumiga: uzluksiz va uzlukli (davriy) transport vositalari kiradi.
    Uzluksiz transport (yukni uzluksiz tashuvchi) vositalariga: konveyer transporti (lentali, kurakli va boshqa maxsus konstruktsiyali), oʼz ogʼirligi bilan, pnevmo va gidroenergiyasi bilan yuk tashuvchi vositalar.
    Uzlukli transport (yukni boʼlak-boʼlak yoki davriy ravishda tashuvchi) vositalariga: barcha gʼildirakli yuk tashish vositalari, temir yoʼl transporti, alohida boʼlaklar bilan uzlukli yuk tashuvchi sidirgichlar va boshqalar.
    3. Turgʼun mashinalar. Bu turkumga foydali qazilmalarni qazib olish va tashishda ishlatiladigan mashina-mexanizmlarga yordam beruvchi, odamlarga va mashinalarga mexnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiluchi hamda maʼlum asosiy texnologik jarayonlarni bajaruvchi mashinalar kiradi. Bular kompressor qurilmalar (mashinalarni siqilgan xavo bilan taʼminlovchi), suv chiqarish qurilmalari (nasoslar), ventilyator qurilmalari (shaxtani toza havo bilan taʼminlaydi) va yuk koʼtarish qurilmalari (shaxta tik stvolida yukni davriy ravishda yer yuzasiga koʼtarib beruvchi) dir.
    Ekskavatorlar tasnifi va ularning texnologik tavsifi
    Karyerlarda qazib yuklash ishlari, asosan, ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi. Kon massasini kavjoydan qazib olish, uni to’kish joyiga eltish, cho’michni bo’shatish va kon massasini yana qazib olish uchun dastlabki holatga qaytish ishlarini bir cho’michli ekskavatorlar birin-ketin bajaradi. Ushbu jarayonlaming yig’indisi ekskavator siklini tashkil qiladi. Ko’p cho’michli ekskavator ushbu jarayonlarni bir vaqtda parellel bajaradi. Shu sababli bir cho’michli ekskavatorlar siklli ishlaydigan mashinalar, ko’p cho’michli ekskavatorlar esa uzluksiz ishlaydigan mashinalar hisoblanadi.
    Cho’michning strela bilan bogianish konstruksiyasi belgisiga ko’ra cho’michi strelaga qat’iy bog’langan ekskavatorlar (to’g’ri va teskari cho’michli elektrik va gidravlik ekskavator) va cho’michi strelaga (kanat) simarqon orqali bog’langan bir cho’michli ekskavatorlar (draglayn, greyfer) turlariga bolinadi.
    Zanjirli va rotorli ekskavatorlar ko’p cho’michli ekskavatorlarning keng qo’llanadigan xillari hisoblanadi (19-f,g rasm). Zanjirli ko’p cho’michli ekskavatorlarning ishchi organi cho’michlar o’rnatilgan uzluksiz zanjir bo’lib, u yo’naltiruvchi rom bo’ylab harakatlanadi. Romning yuqori qismi ekskavator korpusiga oshiq-moshiq orqali mahkamlangan bo’lib, pastki qismi esa simarqon bilan shkivlar orqali korpusdagi barabanga bog’lanadi.
    Kavjoydan kon massasini qazib olishda cho’mich tishlari massivga rom og’irligi ta’sirida botib kiradi va harakatlanishi mobaynida kon jinslarini qazib, cho’michlarini to’ldiradi. Zanjirli ekskavatorlar cho’michlarining umumiy hajmi 250 dan 4500 litrgacha, unimdorligi 800 dan 10000 m3 /soatgacha boiadi. Bu ekskavatorlar kavjoy bo’ylab temiryo’l, o’rmalash zanjiri (гусиница) va odimlash mexanizmlari yordamida harakatlanadi. ЭРГ-1250, ЭР-1600 va boshqa rusumli rotorli ekskavatorlarning ishchi organi diametri 2,5 dan 18 m gacha cho’michlar o’rnatilgan rotor g’ildiragi bo’lib, u ekskavator strelasi uchiga o’rnatiladi (19-g,e rasm). Rotorga o’rnatilgan cho’michlar soni 6 dan 12 gacha bo’lib, ularning hajmi 300-800 dan 4000 - 8000 litrgacha bo’lishi mumkin. Rotorli ekskavatorlar, asosan, o’zi turgan gorizontdan yuqorida joylashgan kon jinslarini qazib olishga mo’ljallangan bo’lib, kichik, o’rtacha katta va o’ta katta unumdorlikka ega bo’ladi. Masalan, kichik unumdorlikka ega rotorli ekskavatorning unumdorligi soatiga 630 m3 gacha boisa, katta unumdorlikka ega ekskavatorlar unumdorligi soatiga 2500 - 5000 m3 ni, o’ta unumdor ekskavatorlarning unumdorligi undan ham ko’p miqdorni tashkil qiladi.
    Karyerlarda qo’llaniladigan ekskavatorlar rusumlarini ko’rsatuvchi harf va sonlar ularning qanday jarayonlarni bajarishi, harakatlanish prinsipi, unumdorligi, qazish balandligi (chuqurligi) va boshqa tavsiflarini ko’rsatadi. Masalan, ЭКГ-8и rusumli bir cho’michli ekskavatorda Э-ekskavator, K-karyer, Г-harakatlanish vositasi (гусинипца), 8 - cho’rnich hajmini ko’rsatadi, ЭРГ-1600, 40/10 - 31 rusumli ekskavatorda Э- ekskavator, P - rotorli, Г-harakatlanish vositasi (гусиница), 1600-cho’michlarining umumiy sig’imi (litr), 40 - qazish balandligi (m), 10 - o’zi turgan gorizontdan pastda joylashgan jinslarni qazib olish chuqurligi (m), 31- strelasining old va orqaga surilish masofasi (m)ni bildiradi.
    Ko’p cho’michli zanjirli ekskavatorlar yumshoq jinslarni qazib-yuklash ishlarida qo’llanilganligi tufayli konveyer transporti bilan kompleksda yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Biroq zanjirli ekskavatorlarning yo’naltimvchi qurilmasi va cho’michiar o’matilgan zanjiri tez yemiriladi, natijada ekskavatsiyalash jarayonining energiya talabligi ko’payadi, shuningdek, ushbu rusumdagi ko’p cho’michli ekskavatorlarning qirqish kuchi bir cho’michli ekskavatorlamikiga qaraganda ancha kichik bo’lib, maksimum 600 N/sm ni tashkil qiladi.
    Rotorli ekskavatorlar zanjirli ekskavatorlarga nisbatan yengil bo’lib, bir birlikdagi unumdorlikka to’g’ri keladigan massaning 1,2-1,4 marta kam bo’lishini ta’minlaydi va qirqish kuchi ham katta bo’lib,1800 N/sm ni tashkil qiladi. Bu esa, o’z navbatida, rotorli ekskavatorlarni zichligi yuqori bo’lgan kon jinslari va ko’mirni qazib olishda qo’llanilishini ta’minlaydi. Murakkab strukturaga ega bo’lgan foydali qazilma yotqiziqlarini rotorli ekskavatorlar bilan saralab qazib olishda samaradorlik yuqori bo’lib, qazib-yuklash ishlarini avtomatlashtirish imkoniyati yuqori bo’ladi.
    Mexanik bir cho’michli ekskavatorlarning cho’michi strelasiga qat’iy o’rnatilganligi sababli ularning qirqish kuchi yuqori (3500 N /sm gacha) bo’lib, ish organlarining mustahkamligi yuqori bo’ladi. Bu ekskavatorlar turli tip va o’lchamlarda ishlab chiqariladi, ularning cho’michining hajmi 0,25 m3 dan 35 m3 gacha va undan ham katta bo’ladi. Mexanik bir cho’michli ekskavatorlar karyerlarda bajariladigan qazib- yuklash ishlarining katta qismini amalga oshiradi va maydalangan yarimqoyasimon, qattiq qoyasimon jinslarni qazib-yuklash ishlarida keng qo’laniladi.
    Bir cho’michli ekskavatorlardan karyerlarda kon massasini qazib olib transport vositalariga yuklash va qazishdan bo’shagan maydonlarga (ichki otvalga) ekskavatsiyalash ishlarida foydalaniladi. Ish jarayonining uzlukligi (siklliligi) mexanik bir cho’michli ekskavatorlarning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Chunki, bunda ekskavatsiyalashga (cho’michni to’ldirishga) sarflanadigan vaqt sikl davomiyligining 20 - 30% ni tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz va chet eldagi karyerlarda mexanik bir cho’michli ekskavatorlarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega bo’lgan gidravlik ekskavatorlardan keng foydalanilmoqda.
    Draglaynlar cho’michi strelasiga simarqon orqali osilganligi tufayli mexanik cho’michli ekskavatorlarga nisbatan qazib olingan kon massasini uzoq masofaga eltib berishni ta’minlaydi. Biroq ularning qirqish kuchi mexanik cho’michli ekskavatorlaridan ancha kichik bo’ladi. Draglaynlar karyerlarda, asosan, yumshoq va maydalangan yarimqoyasimon jinslarni qazishdan bo’shagan may donga ekskavatsiya qilishda qo’llanadi. Shuningdek, draglaynlardan uyumlar hosil qilish, transheyalar o’tish, ariqlar kavlash kabi boshqa ishlarda ham foydalaniladi.



    Download 1,3 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 1,3 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «karyer mexanik uskunalari» fanidan

    Download 1,3 Mb.