Axborot texnologiyalari asoslari fаnidаn o‘quvchilаrning bilimini




Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/158
Sana28.06.2024
Hajmi4,96 Mb.
#266104
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158
Bog'liq
Dosqobilova Nasiba Xoltorayevna Axborot texnologiyalari asoslari

Axborot texnologiyalari asoslari fаnidаn o‘quvchilаrning bilimini 
 
Bаhоlаsh mеzоni

T/r 
Bаhоlаshmеzоni 
Bаhо 
1. 
Yo`qоridаgi shаrtlаrni 50-60%ni bаjаrishdа qiynаlgаn 
o‘quvchilаr qo‘shimchа vа qаytа tоpshirgаn.

2. 
Dаvlаt tа’lim stаndаrtlаridаn kеlib chiqib, dаrslаrdа 95% 
gаchа qаtnаshgаn, mа’ruzа mаtnini yozgаn, o‘quv qurоllаri 
to‘lа bo‘lgаn, аdаbiyotlаrdаn fоydаlаnishni bilgаn. 

3. 
Undаn tаshqаri, o‘quv ko‘rgаzmаli qurоllаrdаn fоydаlаnа 
оlаdigаn, оlgаn bilimlаrini хаlq хo‘jаligidаgi o‘rnini to‘g‘ri 
tushungаn, mustаqil fikrlаsh, оlgаn bilimlаrini tushuntirib 
bеrа оlаdigаn.

4. 
Undаn tаshqаri, оlgаn bilimlаrini ishlаb chiqаrishdа qo‘llаy 
оlаdigаn, ushbu fаnni bоshqа fаnlаr bilаn bоg‘lаy оlаdigаn 
mustаqil ish, vаzifа vа yangilik kiritishgа intilgаn, хаr 
jiхаtdаn bоshqа o‘quvchilаrgа o‘rnаk bo‘lаdigаn.

 
 
4 - ILOVA
 
Mavzu: Elektron pochta va internet xavfsizligi.Tarmoqlararo himoya ekrani 
(firewalls). 
Reja:
1.Elektron pochta. 
2.Internet xavfsizligi. 
3.Tarmoqlararo himoya ekrani (firewalls).
 
 
Kiberxavfsizlik 
Ma’lumotlar xavfsizligi 
Dasturiy ta’minot xavfsizligi
Tashkil etuvchilar xavfsizligi Ijtimoiy xavfsizlik 
Tashkilot xavfsizligi 
Tizim xavfsizligi Inson xavfsizligi
Aloqa xavfsizligiga bo`linadi. 
Kiberxavfsizlikning bilim sohalari. 
“Ma’lumotlar xavfsizligi” bilim sohasi ma’lumotlarni saqlash, ishlash va 
uzatishda himoyani ta’minlashni maqsad qiladi. Mazkur bilim sohasida himoyani 
to‘liq amalga oshirish uchun matematik va analitik algoritmlardan foydalaniladi. 

”Dasturiy ta’minot xavfsizligi” bilim sohasi foydalanilayotgan tizim yoki axborot 


236 
xavfsizligini ta’minlovchi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va foydalanish 
jarayoniga e’tibor qaratadi.

“Tashkil etuvchilar xavfsizligi” bilim sohasi katta tizimlarda integrallashgan 
tashkil etuvchilarni loyihalashga, sotib olishga, testlashga, tahlillashga va texnik 
xizmat ko‘rsatishga e’tibor qaratadi. Tizim xavfsizligi gohida tashkil etuvchilar 
xavfsizligidan farq qiladi. Tashkil etuvchilar xavfsizligi ularning qanday 
loyihalanganligiga, yaratilganligiga, sotib olinganligiga, boshqa tarkibiy qismlar 
bilan bog‘langanligiga, qanday ishlayotganligiga va saqlanayotganligiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
“Aloqa xavfsizligi” bilim sohasi tashkil etuvchilar o‘rtasidagi aloqani 
himoyalashga etibor qaratib, o‘zida fizik va mantiqiy ulanishni mujassamlashtiradi. 

“Tizim xavfsizligi” bilim sohasi tashkil etuvchilar, ulanishlar va dasturiy 
ta’minotdan iborat bo‘lgan tizim xavfsizligining jixatlariga e’tibor qaratadi. Tizim 
xavfsizligini tushunish uchun nafaqat, uning tarkibiy qismlari va ularning 
bog‘lanishini tushunish, balki yaxlitlikni hisobga olish talab etiladi. Ya’ni, tizimni
to‘liqligicha ko‘rib chiqish talab etiladi. Mazkur bilim sohasi “Tashkil etuvchilar 
xavfsizligi” va 

“Aloqa xavfsizligi” bilim sohalari bilan bir qatorda, tashkil etuvchilar 
bog‘lanishining xavfsizligi va undan yuqori tizimlarda foydalanish masalasini hal 
qiladi. “Inson xavfsizligi” bilim sohasi kiberxavfsizlik bilan bog‘liq inson hatti 
harakatlarini o‘rganishdan tashqari, tashkilotlar (masalan, xodim) va shaxsiy hayot 
sharoitida ma’lumotlarni va shaxsiylikni himoya qilishga e’tibor qaratadi. . . .
.
“Tashkilot xavfsizligi” bilim sohasi tashkilotni kiberxavfsizlik tahdidlaridan 
himoyalash va tashkilot vazifasini muvaffaqqiyatli bajarishini madadlash uchun 
risklarni boshqarishga e’tibor qaratadi. “Ijtimoiy xavfsizlik” bilim sohasi jamiyatda 
u yoki bu darajadagi ta’sir ko‘rsatuvchi kiberxavfsizlik omillariga e’tibor qaratadi. 
Kiberjinoyatchilik, qonunlar, axloqiy munosabatlar, siyosat, shaxsiy hayot va 
ularning bir-biri bilan munosabatlari ushbu bilim sohasidagi asosiy tushunchalar 
hisoblanadi. 
Demak, 
aytish 
mumkinki, 
kiberxavfsizlik 
sohasi 
axborot 
texnologiyalari mutaxassislari uchun zarur soha hisoblanadi. 
Kiberxavfsizlikda inson omili. Foydalanuvchilar tomonidan har qanday yuqori 
darajadagi xavfsizlik ham buzilishi mumkin. Masalan, Bob amazon.com onlayn 
do‘konidan biror narsanisotib olmoqchi, deylik. Buning uchun Bob turli 
kriptografik usullarga tayanadigan SSL (Secure Sockets Layer) protokoli 
yordamida Amazon bilan ishonchli bog‘lanish uchun veb-brauzerdan foydalanishi 
mumkin. Ushbu protokol barcha zarur amallar to‘g‘ri bajarilganida kafolatli 
xavfsizlikni ta’minlaydi. Biroq, ushbu protokolga qaratilgan ba’zi hujum turlari 
(O‘rtada turgan odam hujumi, Man-in-the-middle attack) mavjudki, ularni amalga 
oshishi uchun foydalanuvchi “ishtirok”i talab etiladi .Agar foydalanuvchi xavfsiz 
holatni tanlasa (Вернуться к безопасной странице) hujum amalga oshmaydi. 
Biroq, foydalanuvchi tomonidan xavfsiz bo‘lmagan tanlov (Перейти на сайт …. 
(небезопасно)) amalga oshirilganida hujum muvaffaqiyatli tugaydi. Boshqacha 
aytganda, yuqori xavfsizlik darajasiga ega protokoldan foydalanilganda ham 
foydalanuvchining noto‘g‘ri harakati sababli xavfsizlik buzilishi mumkin. Endi 


237 
parolga 
asoslangan 
autentifikasiya 
usulini 
ko‘rib 
chiqaylik. 
Odatda 
foydalanuvchilar esda saqlash oson bo‘lgan parollardan foydalanishga harakat 
qiladilar. Biroq, bunday yo‘l tutish buzg‘unchi uchun parollarni taxminlab topish 
imkoniyatini oshiradi. Boshqa tomondan esa, murakkab parollardan foydalanish va 
ularni turli eltuvchilarda saqlash (masalan, qog‘ozda qayd etish) esa, ushbu 
muammoni yanada oshirib yuboradi. Bu misollar inson omil tufayli turli joylar va 
holatlarda xavfsizlik muammolari kelib chiqishi mumkinligini ko‘rsatadi. Inson 
omili tufayli yuzaga keladigan xavfsizlik muammolariga ko‘plab misollar keltirish 
mumkin. Biroq, keltirilgan holatlardagi eng muhim jixat shundaki, xavfsizlik 
nuqtai nazaridan “tenglamadan” inson omilini olib tashlash zarur. Boshqacha 
aytganda, inson omili ishtirok etmagan tizimlar ishtirok etgan tizimlarga nisbatan 
xavfsizroq bo‘ladi. SSL protokolidagi xavfsizlik ogohlantirishi “Kiberxavfsizlik” 
va “axborot xavfsizligi” atamalaridan, tez-tez o‘rnilari almashingan holatda, 
foydalaniladi. 
Ba’zilar 
kiberxavfsizlikni 
axborot 
xavfsizligi, 
axborot 
texnologiyalari xavfsizligi va (axborot) risklarni boshqarish tushunchalariga 
sinonim sifatida foydalanadilar. Ayrimlar esa, xususan, hukumat sohasidagilar 
kiberxavfsizlikka kompyuter jinoyatchiligi va muhim infratuzilmalar himoyasini 
o‘z ichiga olgan milliy xavfsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan texnik tushuncha sifatida 
qaraydilar. Turli soha xodimlari tomonidan o‘z maqsadlariga moslashtirish 
holatlari mavjud bo‘lsada, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tushunchalari 
orasida ba’zi muhim farqlar mavjud. Axborot xavfsizligi sohasi axborotning 
ifodalanishidan qat’iy nazar – qog‘oz ko‘rinishdagi, elektron va insonlar 
fikrlashida, og‘zaki va vizual aloqada intelektual huquqlarini himoyalash bilan 
shug‘ullanadi. Kiberxavfsizlik esa elektron shakldagi axborotni (barcha 
holatlardagi, tarmoqdan to qurilmagacha bo‘lgan, o‘zaro birga ishlovchi tizimlarda 
saqlanayotgan, uzatilayotgan va ishlanayotgan axborotni) himoyalash bilan 
shug‘ullanadi. Bundan tashqari, hukumatlar tomonidan moliyalashtirilgan 
hujumlar va rivojlangan doimiy tahidlar (Advanced persistent threats, APT) ham 
aynan kiberxavfsizlikka tegishlidir. Qisqacha aytganda, kiberxavfsizlikni axborot 
xavfsizligining bir yo‘nalishi deb tushunish uni to‘g‘ri anglashga yordam beradi. 

Download 4,96 Mb.
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   158




Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari asoslari fаnidаn o‘quvchilаrning bilimini

Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish