Mobil operatsion tizimlar




Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/158
Sana28.06.2024
Hajmi4,96 Mb.
#266104
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   158
Bog'liq
Dosqobilova Nasiba Xoltorayevna Axborot texnologiyalari asoslari

 


81 
Mobil operatsion tizimlar 
Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarning qiziqishini turli xil operatsion tizimlarda 
ishlaydigan smartfonlar jalb 
qilmoqda: 
Windows 
Phone, 
Boda, iOS shular 
jumlasidandir. Ulardan eng mashhurlari iOS va Android boʻlib turibdi. 
IOS — bu Amerikaning Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Linux 
yadrosiga asoslangan mobil operatsion tizimdir. U dastlab 2007-yilda iPhone va 
iPod Touch uchun chiqarilgan. Hozirda u barcha Apple qurilmalariga oʻrnatilgan. 
Mobil Safari brauzeri, vizual ovozli pochta, virtual klaviatura kabi yangiliklar 
iOSʼni smartfonlar uchun eng mashhur tizimlardan biriga aylantirdi. 
Android eng dinamik rivojlanayotgan tizim boʻlib, smartfonlar (dastlab 
kommunikatorlar uchun) uchun ishlab chiqilgan. Bu sensorli ekranga qaratilgan 
statsionar shaxsiy kompyuterlar va noutbuklarda ishlatiladigan shunga oʻxshash 
Windows va Linux tizimlarining soddalashtirilgan versiyasidir. Android 
platformasi operatsion tizim, dasturiy interfeys va kuchli ilovalarni oʻz ichiga 
oladi. 
Chrome OS kichik netbuklardan tortib to toʻliq oʻlchamli ish stollarigacha boʻlgan 
qurilmalar uchun operatsion tizim sifatida sotiladi va x86 hamda ARM protsessor 
arxitekturasini qoʻllab-quvvatlaydi. 
Yangi Google Chrome OS optimallashtirilgan Linux yadrosiga asoslangan ochiq 
manba hisoblanadi va Chrome brauzeri tomonidan boshqariladi. Asosiy xususiyat 
veb-ilovalarning oddiy operatsion tizim funksiyalaridan ustunligidadir. Bunda 
asosiy rol brauzerga yuklangan. 
Yangi mahsulotni yaratish strategiyasi Internetga kirish uchun foydalaniladigan 
shaxsiy kompyuterning apparat resurslariga mos kelmaydigan arxitekturani 
nazarda tutadi. 
Tizim tomonidan ishga tushirilgan barcha ilovalar veb-xizmatlardir. Aslida, 
kompyuterda sodir boʻladigan barcha harakatlar Internetda amalga oshiriladi, shu 
bois hech qanday oflayn ilovalarni oʻrnatishga hojat yoʻq. Shu munosabat bilan, 
Chrome OSʼda ishlash kompyuterning kuchli resurslarga ega boʻlishini talab 
qilmaydi, barcha jarayonlar kompyuterning oʻzida emas, balki tegishli 
xizmatlarning serverlarida ishga tushiriladi. Biroq bu tizim internet bilan 
muammosi bor foydalanuvchilarda muammo tugʻdirishi mumkin. 
 
Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir. U 
foydalanuvchi bilan muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira, 
disklardagi joylar va hokazolar)ni boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni 
bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tizimi foydalanuvchiga va amaliy 
dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning qulay usuli 
(interfeys)ni ta’minlaydi. 


82 
Dastlabki OSlardan biri bu Norton Commander operatsion sistemasidir.Bu 
operatsion sistemaga qaraganda operatsion sistemaning keyingi versiyalari borgan 
sari optimallashib rivojlanib bormoqda. 
Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan 
ishlash va resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu eng quyi 
darajadagi amallardir, shuning uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur 
bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki minglab shunday amallardan iborat 
bo‘ladi. Masalan, magnit disklardagi axborot to‘plovchi diskovodning dvigatelini 
qanday qilib yoqish, o‘chirishni, ma’lum silindrga o‘quvchi boshchani o‘rnatish, 
ma’lum o‘quvchi boshchani tanlash, kompyuterdagi diskning yo‘lakchasidagi 
axborotni o‘qish va hokazo kabi amallarni "tushunadi". Hatto bir disketdan 
ikkinchisiga faylning nusxasini ko‘chirish, kabi murakkab bo‘lmagan amalni 
bajarish uchun ham (fayl – bu diskdagi yoki boshqa mashinaviy axborot 
tashuvchidagi axborotlar to‘plami) diskovodlarga taalluqli buyruqlarni ishga 
tushirish, ularning ijrosini tekshirish, disklardagi fayllarni joylashtirish
jadvallaridan axborotni izlash hamda ularga ishlov berish va hokazolar bo‘yicha 
minglab amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Vazifalar quyidagilar tufayli 
murakkablashadi: 
• disketalarning o‘nga yaqin formatlari mavjud va operatsion tizimi ularning 
hammasi bilan ishlay olishi kerak. Foydalanuvchi uchun turli formatdagi disketalar 
bilan ishlash mutlaqo bir xil bo‘lishi kerak; 
• disketalarda fayl ma’lum bir maydonni egallaydi, foydalanuvchi aynan qaysi 
uchastkalar ekanligi haqida hech narsani bilmasligi kerak. Fayllarni joylashtirish 
jadvallarga xizmat ko‘rsatish, ulardan axborot izlash, disklarda fayllar uchun joy 
ajratish bo‘yicha barcha ishlar operatsion tizimi tomonidan bajariladi va 
foydalanuvchi bular haqida hech narsa bilmasligi mumkin. 
Operatsion tizim foydalanuvchidan bu murakkab va unga kerak bo‘lmagan 
tafsilotlarni yashiradi va unga ishlashi uchun qulay bo‘lgan interfeysni taqdim 
etadi. Tizim, shuningdek, turli yordamchi harakatlar, masalan, fayllarni ko‘chirish 
yoki chop etishni ham bajaradi. Operatsion tizim tezkor xotiraga hamma 
dasturlarni yuklashni amalga oshiradi, ular ishlay boshlashi bilan boshqarishni 
ularga topshiradi, bajarilayotgan dasturlarning so‘rovi bo‘yicha turli harakatlarni 
bajaradi va tezkor xotirani yakunlangan dasturdan tozalaydi. 
Odatda, IBM PC shaxsiy kompyuterni Microsoft firmasining MS DOS operatsion 
tizimi yoki uning IBM firmasi tarqatadigan PC DOS varianti rahbarligida yo 
bo‘lmasa, Digital Research firmasi (hozirgi Novel firmasining bo‘linmasi)ning MS 
DOS operatsion tizimi bilan qo‘shilib, o‘rin almashib ishlay oladigan DR DOS 
tizimi yoki IBM firmasining PC DOS operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydilar. 
Bundan buyon bu uchta operatsion tizimi ta'riflanadi va bunda ularning hammasi 
bitta umumiy DOS so‘zi bilan ataladi. 
Dasturiy interfeys – xisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o‘zaro ta’sirini 
ta’minlovchi vositalar yig‘indisidir. 
Foydalaniluvchi interfeys- foydalanuvchining dasturiy yoki EXM bilan uzaro 
ta’siridagi dasturiy va apparat vositalaridir. 


83 
Xar bir kompyuter albatta operatsion tizim turkumiga ega buladi, ularning xar biri 
uchun amaliy dasturlarning uz turkumi yaratiladi. Operatsion tizimlar quyidagi 
omillar bo‘yicha tavsiflanadi: 
Bir vaqtda ishlaydigan foydalanuvchilar: bir (kishi) foydalanuvchi, ko‘p (kishi) 
foydalanuvchilar soniga ko‘ra; 
Tizim boshqaruvi ostida bir vaqtda foydalaniluvchi jarayonlar: bir vazifali, ko‘p 
vazifalilar soniga ko‘ra; 
Qo‘llab-quvvatlovchi jarayonlar: bir protsessorli, ko‘p protsessorlilar soniga ko‘ra; 
OT kodi razryadliligi: 8 razrayadli, 16 razrayadli, 32 razrayadli, 64 razrayadliligiga 
ko‘ra; 
Interfeys turi: buyruq (matnli) va ob’ektli-yunaltirilgan (grafik)ligiga ko‘ra; 
Foydalaniluvchining EXMga kirishi turi: paketli qayta ishlash, vaqt bilan 
bo‘linishi, real vaqtga ko‘ra; 
Zaxiralardan foydalanish turi: tarmokli, lokalliligiga ko‘ra. 
Hozirgi paytda operatsion tizimlarning DOS; OS/2;UNIX; Windows oilalari keng 
tarkalgan. DOS oilasidagi operatsion tizimlarning birinchi vakili-MS DOS tizimi 
1981 yilda IBM PC paydo bo‘lishi munosabati bilan chikarilgan. DOS oilasining 
operatsion tizimlari bir vazifali bo‘lib, kuyidagi uziga xos xususiyatlarga ega: 
EHMli interfeys foydalanuvchi kiritadigan buyruk yordamida amalga oshiriladi; 
Tizimning EHMning boshqa turlariga utishini soddalashtiradigan tuzilma 
mavjudligi; 
Operativ xotiraga kirish xajmining uncha katta emasligi (640 Kbayt); 
DOS 

Download 4,96 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   158




Download 4,96 Mb.
Pdf ko'rish