Kasb-hunar maktabi




Download 8,96 Mb.
bet103/141
Sana20.02.2024
Hajmi8,96 Mb.
#159533
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   141
Bog'liq
SHAXSIY KOMPYUTER VA OFIS QURILMALARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH FANIDAN

Videoxotira.

Videoxotira monitor ekranida Videoma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasidan ko`p joy egallaydi. Shuning uchun Videoxotira hajmi qancha katta bo`lsa, shuncha yaxshi albatta.


Kompyuter bilan bo‘ladigan bevosita muloqatni ekranda ko‘rish uchun monitor xizmat qiladi. Monitor ikki xil rejimda: matn yoki grafik ma’lumot chiqaradi.
Matnli rejimda displey ekrani shartli ravishda 80 ta ustunga, 25 satrga bo‘linadi. Xar bir belgi joyga 256 simvoldan biri mos kelishi mumkin.
Grafik rejimda axborotlar nuqtalar to‘plamidan iborat bo‘lib, xar bir nuqta rangga egadir. (ranglar jilosi 16 rangdan 16,8 mln.ranggacha). Nuqtalar soni qancha oshsa, tasvirlar sifati shuncha oshadi. Monitorlar quyidagi imkoniyatli bo‘lishi mumkin. 640 x 200 nuqtalardan 1600×1280 nuqtalarni hosil qilishi mumkin.
Monitorlar monixrom (oq-qora) va razmerlari (14 dyumdan – 21, 24 dyumgacha) bilan farqlanadi. Ekrandagi minimal (nuqtaviy) tasvirning ko‘rinishi piskel ( picture element) deyiladi. Odatda EGA adapteri to‘rtvurchakli piksel tashkil qilsa, 640×350 nuqtalar hosil qila oladi. VGA – 640×480, SVGA – 640×480, 800×600, 1024×768 – kvadratni hosil qiladi. Kompyuterga monitor ulash uchun videoadapter zarur.
Videoadarter – tasvir to‘g‘risidagi ma’lumotlar saqlanadigan xotiraning muayyan qismini monitorda aks ettiruvchi signalni, hamda sinxronizasiya signallarini gorizontal (satrli) va vertikal (ustun )taqsimlab, shakllantirishdan iborat.
Monitor sifati bo‘yicha : ekrandagi kadrlar chastotasi – 75 Gs ni tashkil etishi lozim. Bu holda monitor sekundiga 80, yaxshi monitorlar 100 kadrni o‘tkazishi mumkin. Notebook kompyuterlari monitori suyuq kristalli monitorlardir.

Monitor. Monitor (displey) kompyuterda matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash (ko‘rish) uchun xizmat qiladi. Garchand tashqi ko‘rinishidan u televizorga o‘xshab ketsada, ular bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo‘ladi. Monitor asosiy xarakteristikalaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tashqi qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat: Printer, skaner, modem, strimer, grafik quruvchi va boshqalar.

Download 8,96 Mb.
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   141




Download 8,96 Mb.