• Tasvirlash qobilyati
  • Regeneratsiya chastotasi.
  • Videoadapter
  • Kasb-hunar maktabi




    Download 8,96 Mb.
    bet102/141
    Sana20.02.2024
    Hajmi8,96 Mb.
    #159533
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141
    Bog'liq
    SHAXSIY KOMPYUTER VA OFIS QURILMALARIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH FANIDAN

    Monitor o`lchami.
    Monitor ekrani dioganal bo`yicha duyymlarda
    hisoblanadi. O`lchamlar 9 duyyimdan (23 sm) to‘42 duyym (106 sm) orasida o`zgaradi. Ekran qancha katta bo`lsa, monitor shuncha qimmat bo`ladi. Hozirda 14, 15, 17, 19 va 21 duyymlilar keng tarqalgan. Katta o`lchamdagi monitorlarni nashiryotda va grafik ishlarda ishlatish yaxshi bo`lib, ekranda tasvirning barcha detallairni yaqqol ko`rinadi.


    Tasvirlash qobilyati.
    Tasvirlash qobilyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Ya’ni, tasvirlarni hosil qilishda ularni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o`lchovining katta – kichikligidir. “Tasvirlash qobilyati 800×600 ” ifodasi, monitor 600 ta gorizontal qatorning har birida 800 tadan nuqtalarni tasvirlashi mumkinligini anglatadi. Quyidagi tasvirlash qobilyati rejimlari standart hisoblanadi: 800×600, 1024×786, 1152×864 va yuqori. Monitorning bu xususiyati ekran nuqtalarining o`chovlari bilan aniqlanadi. Tasvirlash qobilyati 800×600 ga teng bo`lgan monitorlarda yaxshi tasvir piksel 0,31 mm ga, 1024×786 ga teng bo`lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 mm ga teng bo`lishi kerak. Tasvirlash qobilyati qancha katta bo`lsa shuncha tasvir sifati oshadi. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi. Matn rejimida monitorlar nisbatan tez ishlasa – da, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi.
    Regeneratsiya chastotasi.
    U monitor vasvirni ekranda necha sekunda to`liq namoyish etishini ko`rsatadi. Regeneratsiya chastotasi gertslarda (Гц) o`lchanadi. Chastota qancha katta bo`lsa, shuncha ko`p ishlash mumkin va ko`z kam charchaydi. Bu parametr videoadapter xarakteristikasiga ham bog`liqdir.


    Videoadapter

    Monitorning ishini maxsus plata boshqarib, uni videoadapter yoki videokarta deb ataydilar. Birinchi kompyuterlarda videokarta bo`lmagan. Tezkor xotirada ekran uchun xotiradan joy ajratilib, unga protsessor vasri haqida ma’lumot kiritgan. Monoxrom monitorlardan rangli monitorga o`tgandan va ekran imkoniyatlari ortgandan so`ng, grafik ma’lumotlarga videoxotiradan joy yetmay qoldi, protsessor esa tasvirlarni qayta ishlashga ulgirmadi. Ekranni boshqarishga taaluqli barcha operatsiyalar alohida bir blokka o`tkazildi – bu videoadapterdir.


    Videoadapter alohida plat ko`rinishida bo`lib, sistema plataning ma’lumbir slotiga o`rnatiladi (hozirgi zamon ShK bu AGP slotidir). Videoadapter videokontrollyor, videoprotsessor va videoxotira funktsiyalarini bajaradi.
    ShK lar paydo‘bo`lgandan boshlab videoadapterlar o`zgarib bordi:

    • MDA (Monochrom Display Adapter) – monoxrom,

    • CGA (Color Graphics Adapter) – 4 xil rangli,

    • EGA (Enchanced Graphics Adapter) – 16 xil rangli,

    • VGA (VideoGraphics Array) – 256 xil rangli,

    • SVGA (Super VGA) – 16,7 mln. xil ranggacha.

    Hozirgi kunda IBM PC kompyuterlari asosan SVGA monitorlari
    bilan, NOTEBOOK lar esa suyuqkristalli monitorlar bilan ta’minlangan.



    Download 8,96 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   141




    Download 8,96 Mb.