-mavzu. Kirish. Xavsizlik texnikasini o’rganish va tekshirish




Download 0.91 Mb.
bet8/15
Sana23.12.2022
Hajmi0.91 Mb.
#36832
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
yurish qismi (Автосохраненный)
3-mavzu fiz o\'qish презинтация, Tex 1.ru.uz, FIZIK VA KALLOID KIMYO 2, Personalni rejalashtirish yo, Doc1, 9-sinf-Rus-tili-imtihon-javoblari-2023-yuklab-olish, 1-AMALIY RMVA RK, 6-amaliy RMvaRK, Javobi Statistika lotincha “status”-hozir.org, lkhb, Titul varaqini tayyorlash, 4366-карор, 16-mavzu test Marksova Dilnoza, BOBURNOMA (4)
1-mavzu. Kirish. Xavsizlik texnikasini o’rganish va tekshirish
Reja:
1. Xavfsizlik qoidalari haqida umumiy tushunzhalar.
2. Xavfsizlik texnikasi qoidalari.
3. Yong’in xavfsizligi qoidalari.
4. Ish o’rinlarini tashkil etish.

Mehnat muhofazasi qonuniy hujjatlar tizimidan iborat bo’lib, quydagilarni o’z ichiga oladi: ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigiena va profilaktik davolash ishlarini tashkil etish, ish jarayonida ishchi-xizmatchilarning sog’ligi, ish qobilyatini saqlash sharoitlarini ta’minlash kabidir.


O’zbekistonda mehnatni muhofaza qilish davlat ahamiyatiga ega ishdir.
Davlatimiz mehnatni muhofaza qilishga va xavfsiz ishlash uchun sharoitlar yartib berishga xar yili kata mablag’ sarf qilmoqda. Xavfsizlik texnikasi sohasida bir qator tadbirlar ko’rilishi natijasida keying yillarda O’zbekistonda mashinasozlik sanoatida bo’ladigan baxtsiz hodisalar soni bir necha barobar kamaydi. Mehnat muxofazasi O’zbekiston Respublikai konstitutsiyasi va amaldagi qonun xujjatlari bilan tartibga solingan.
Ta’lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilishga doir ishlar O’zbekiston Respublikasi Mehnat va axolini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xadimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan nizomlarga binoan muvofiqlashtiradi.
Ta’lim muassasalari tizimida mehnat jarayonida xavfsizlik, salomatlik va ish qobilyatini ta’minlashga qaratilagan ijtimoiy-iqtisodiy, texnikaviy, sanitar-gigiyena, va tashkiliy tadbirlarni reja asosida amalga oshirish, qonun hujjatlariga rioya qilish mehnatni muhofaza qilishni boshqarish bo’yich asos bo’lib hisoblanadi.
Agregatlarga texnik xizmat ko’rsatishda, avtomobil g’ildiraklari ostiga mustaxkam ishonchli tirgaklar qo’yilishi lozim. G’ildiraklarni va yurish qismining boshqa qismlarini ko’zdan kechirish yoki ta’mirlashda soz va ishonchli ishlaydigan yuk ko’tarish moslamaridan foydalanish zarur.
Texnik xizmat ko’rsatishga qo’yilgan asosiy talablardan biri, ishni mashina to’liq taxtagach, dvigatel ishlamayotgan va elektr uzatmalari ajratilgan holatda boshlash shartidir. Ayniqsa gidrotizimlarning truba va shilanglarini qismlarga ajratishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Bu ishlarni amalga oshirishda oldin ishchi azolarni yerga tushirilgan holatda ekanligini tekshirish lozim, aks holda shlanglar ajratilgach ishchi azolar yerda tushib ketishi mumkin.
Texnik xizmat ko’rsatish punktlarida estakadalardan keng foydalaniladi.Estakadalarga kirish yoki chiqishda qaytaruvchi gardishlar va 25 % dan ortiq bo’lmagan qiyalikda maxsus yo’naltiruvchi moslamalar bolishi, oxirgi berk estakadaga esa tayanch moslama qo’yilishi, yon tomonlari balandligi 1m li panjara to’siq bilan to’silgan bo’lishi lozim.
Ishlab charishda mashina va mexanizmlarni qismlarga ajratish va yigish davrida asosiy xavfsizlik talablaridan biri—asbob va moslsmalardan to’gri hamda o’z o’rnida foydalanish shartidir. Chilangar bolgalari qulay, engil,ularning ushlagichlari namligi 12% dan kam bo’lmagan qattiq yogochdan ovalsimon shaklda tayyorlangan va yumshoq po’lat tiqin yordamida qattiq qilib birlashtirilgan bo’lishi lozim. Zubila, parma va boshqa shu kabi asboblar yelimdan, ularni ushlash joyi tekis bo’lishi kerak.Ularning umumiy uzunligi 150 mm. dank am bo’masligi, charxlangan qismi esa 60-70 mm. bo’lishi zarur. Metallarni bu asboblar yordanida kesishda albatta himoya ko’zoynagidan foydalanish zarur. Gayka kalitlari o’chami gayka va bolt o’chamlariga mos kelishi,ularda yoriqlar va darz ketishlar bo’lmasligi zarur.
Elektr jihozlari bilan ishlashda ishdan oldin elektr qo’shib-ajratgichni, yerga ulash simlarini, tok o’tuvchi similar izolyatsiyanlanganligini tekshirish kerak. Bunday asboblar ishlatilganda rezina qo’lqop va rezina tagliklardan foydalanish zarur.
Chilangarning ish o’rnidagi asosiy uskuna- tiskilar o’rnatilgan verstakdir.Verstak taxtasi ustiga tunuka yoki linoleum uoxud fanera qoplanadi. Asbob va mayda buyumlar tushib ketmasligi uchun verstagning oldiga vayon tomonlariga yogoch plankalar qoqiladi. Verstagning balandligi 800-900 mm, uzunligi 1000-1200 mm, eni 700-800 mm bo’ladi. Verstaglar bir joyli va ko’p joyli bo;lishi mumkin. Ko’p joyli verstagda tiskilar orasi 1000-1200 mm bo’ladi.
O’quv ustaxonalarining tabiiy va sun’iy yoritish darajasi belgilangan talabga javob berishi lozim. O’uv ustaxonalarida yoruglik chap tarafdan tushishi, o’quv-ishlab chiqarish xonasi ish o’rinlari esa texnologik talab asosida tashkil qilinishi lozim. Yog’och va metalga ishlov berishda gorizontal yuzalarning poldan 0,8 m balandlikdagi sathda yoritilganlik luminessent lampa uchun- 300 lk, cho’glanma lampa uchun- 150 lk bo’lishi lozim.
O’quv ustaxonalarida havo almashtirish tabiiy, mexanik yoki aralash bo’lishi mumkin. Metall va yog’ochga ishlov berish ustaxonalarida havo almashshi 1 kishiga 20 m.kub soatni tashkil qilishi kerak.
O’qub- ishlab chiqarish ustaxonalarida metal radiatorli markaziy isitish tarmogidan foydalanish tavsiya etiladi.Metallga ishlov berish ustaxonasida optimal tempeura 15-16 gradus, yogochga ishlov berish ustaxonasida 14-15 gradus bo’lishi lozim. Elektr isitgich, ulagichlar, rozetkalar, elektr simlari yaroqliligini har kuni tekshirib turish va nosozliklar aniqlanga tayinlangan mas’ul tomonidan bartaraf etilishi lozim.





Download 0.91 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Download 0.91 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu. Kirish. Xavsizlik texnikasini o’rganish va tekshirish

Download 0.91 Mb.