• O‘quv amaliyotining maqsad va vazifalari
  • Amaliyot mashg‘ulotining vazifalari
  • O‘QUV AMALIYOTI DASTURINING PASPORTI




    Download 54,27 Kb.
    bet2/9
    Sana21.01.2024
    Hajmi54,27 Kb.
    #142380
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    apparat ishchi dastur 1

    O‘QUV AMALIYOTI DASTURINING PASPORTI

    1. Mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o‘rni


    Mutaxassis tayyorlashda o‘quv amaliyoti dasturining “Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi” kasbi doirasida amaliyotning tashkil etishning o‘rni va ahamiyati shundan iboratki,professional ta’lim tizimidagi ta’lim muassasalarida maxsus fanlar kesimida o‘quv amaliyoti ishchi o‘quv dasturlarini va malaka talablari yangi modeli va mazmunini kompetensiyaviy yondoshuvlar asosida ishlab chiqish, takomillashtirish professional ta’lim darajasi (boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus)ning o‘qitish materiallarini va didaktik materiallarni yaratishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
    O‘quv amaliyotining ishchi o‘quv dasturi tegishli mutaxassislik tayyorlash uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o‘qitish natijasi belgilangan aniq ketma-ketlik asosida va umumiy, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga mo‘ljallangan. Mazkur yo‘riqnomada ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bosqichlariga qo‘yiladigan talablar belgilab qo‘yilgan. Mutaxasis tayyorlashda amaliyot dasturining o‘rni va dolzarbligi shundan iboratki, kasbiy tayyorgarlikni ta’minlash va ta’lim
    dasturlarini amalga oshirishda kasb standartlari va Worldskills standartlari talablariga muvofiq ,mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda kompetensiyaga asoslangan yondashuvni hisobga olgan holda o‘quvchilarni amaliy mashg‘ulotlarini natijalarini baholash bo‘yicha yagona yondashuvga mezoni hisoblanadi.


      1. O‘quv amaliyotining maqsad va vazifalari

        1. Amaliyot mashg‘ulotining maqsadi

    “Shaxsiy kompyuter serverlar va pereferiya uskunalarining apparat ta’minotga xizmat ko’rsatish” fani “Apparat va dasturiy ta’minot sozlovchisi” kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan. Bu amaliyot fanning asosiy maqsadi “– shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalari va dasturlari bilan tanishish, ularning asosiy ko’rsatkichlari, zamonaviy turlari va farqlarini ajrata bilish, ularga texnik xizmat ko’rsatish zaruriyati, xarakatlarini ma’lum qonun-qoida asosida mahorat va ma’lum amaliy malakalar yig’ishni ta’minlashdir.
        1. Amaliyot mashg‘ulotining vazifalari

    Ushbu o‘quv amaliyoti bosqichida har bir o‘quvchi uchun amaliyot uchun ajratilgan 120 soat vaqtni dasturda belgilangan kompetensiyalarni shakllantirish uchun muhim bo‘lgan amaliy, zarur va yetarli amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun to‘g‘ri taqsimlash. Amaliyot dasturiga muvofiq boshlang‘ich kasbiy tajribani rivojlantirish uchun amaliyot laboratoriyalarida sharoit yaratish. O‘quvchini ongli tushunishiga va o‘z faoliyatini baholashga jalb etish uchun sharoit yaratish. Ish beruvchilarni talablari va professional ta’lim muasasasida o‘quv amaliyotini tashkil etish va o‘tkazishga qo‘yiladigan maxsus talablar asosida ish joyini tashkil etish. Amaliyot natijalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hujjatlar bilan ishlash bo‘yicha qo‘shimcha izohlar berish.

      1. Download 54,27 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 54,27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘QUV AMALIYOTI DASTURINING PASPORTI

    Download 54,27 Kb.