114
4-ilova
Davlat andozalariga asosan loyixalash bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Texnik taklif - agar texnikaviy topshiriqda ko’zda tutilgan bo’lsa, mavjud analogli
jihozlarni taqqoslab
baholash asosida, jihozga qo’shimcha yoki aniqroq talablarni
aniqlashda bajariladi.
2. Eskiz loyixa – agar texnikaviy topshiriqda ko’zda tutilgan bo’lsa bajariladi. Eskiz
loyixalashdan maqsad loyixalanuvchi jihoz uchun ishlash prinsipi va tuzilishi bo’yicha
umumiy ma’lumotlar beruvchi prinsipial (tuzilmaviy, sxemalar va boshqa) yechimlarni
qabul qilish, Jihoz umumiy ko’rinishi chizmasi va tushuntirish xati (yozuvi) bo’lishi
ko’zda tutilgan.
3. Texnikaviy loyixa – texnikaviy topshiriqda yoki texnik taklifning ko’rib chiqish
bayonnomasida ko’zda tutilgan bo’lsa bajariladi.
Texnikaviy loyixadan maqsad
maxsulot tuzilishi haqida texnikaviy uzil-kesil yechimni aniqlash.
5-ilova
5.1-rasm.Ko’targichning kombinatsiyalashgan prinsipial sxemasi.
1-rama; 2-richag; 3-pevmokamera; 4-boshqaruv krani
5.2-rasm. Shinamontaj ishlari uchun pnevmatik yuritmali ko’targichning prinsipial
sxemasi.(pnevmo-egiluvchan elementli)
1-rama; 2-pnevmoballon; 3-yo’naltirgich; 4-boshqaruv krani
6-ilova
Butlashni quyidagi asosiy masalalarni xal etishdan boshlash kerak:
·
eng maqul kinematik va kuch yuritish sxemalarini tanlash;
·
bo’laklarning o’lchamlarini va ko’rinishini to’g’ri tanlash;
·
qismlarning o’zaro joylashtirishda eng to’g’risini tanlash.
115
Butlash jarayonini umumiylikdan xususiylikka (yakkalikka), yoki teskari tartibda
bajarish
kerak.
Butlashning boshqa qoidalari bu:
·
turli variantlarni ishlab chiqish;
·
ularni taqqoslash va taxlil qilish natijasida eng to’g’risini tanlash.
7-ilova
5.3-rasm. Agregatlarni tashish aravachasi.
1-rama; 2-o’q; 3-dastak; 4-taglik
5.4-rasm. Ressoralarni yechish-o’rnatish
uchun aravacha
1-rama; 2-ustun; 3-gidrotsilindr; 4-nasos; 5-richag; 6-o’q; 7-yo’naltirgich; 8-tutqich
5.5 -rasm. Akkumulyator batareyalarini tashish aravachasi
1-rama; 2-ustun; 3-gidrotsilindr; 4-nasos; 5-richag; 6-uq; 7-yo’naltirgich; 8-yuk maydonchasi; 9-
dastak
8-ilova
Umumiy holda tushintirish yozuvi quyidagi bo’limlardan tashkil topadi:
1) loyixalanayotgan yoki takomillashtirilayotgan jihozning maqsadi va qo’llanilish
joylari;
2) mavjud konstruksiyalar taxlili va loyixalanuvchi konstruksiyani asoslash;
3) texnik tavsifi;
4) konstruksiyani tuzilishi va ishlash tartibi. Jihozda ishlaganda texnika xavfsizlik
choralari;
116
5) konstruksiyaning ishchanligini va ishonchliligini tasdiqlovchi hisoblar (yuritma
ko’rsatkichlarini tanlash, katta yuklanishlarda ishlovchi bo’lak
va uzellar
kesimlarini hisobi);