|
Iqtisodiyotga Informatikani tatbiq etishning asosiy sohalari quyidagilardir
|
bet | 2/2 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 0,67 Mb. | | #228006 |
Bog'liq AKT xizmatlari bozorining shakllanishi
Iqtisodiyotga Informatikani tatbiq etishning asosiy sohalari quyidagilardir:
-ishlab chiqarishni to`liq avtomatlashtirish va robotlashtirish;
-ilmiy izlanishlar va loyihalashtirishni avtomatlashtirish;
-tashkiliy - iqtisodiy boshqarishda informatikani qo`llash.
Zamonaviy axborot texnologiyalari–shaxsiy kompyuterlar va telekommunikasiya vositalaridan foydalanilgan holdagi zamonaviy muloqotni o’rnatuvchi axborot texnologiyasi hisoblanadi Zamonaviy axborot texnologiyalari–shaxsiy kompyuterlar va telekommunikasiya vositalaridan foydalanilgan holdagi zamonaviy muloqotni o’rnatuvchi axborot texnologiyasi hisoblanadi Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy texnik vositalari sifatida hozirgi kunda kompyuterlar, hisoblash vositalari, audio va video qurilmalar, aloqa vositalari, teletayplar, telefakslar, telekslar, kseroks va boshqalar qo’llaniladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti axborot texnologiyalari ishini tashkil qilish va boshqarishni amalga oshiradi.
Hozirgi paytda axborot texnologiyalari (AT) sektori telekommunikatsiyalar bozoriga nisbatan jadal sur’atlarda rivojlanmoqda: axborot texnologiyalarining mahalliy va jahon bozorlaridagi talabgirligi, ularni yaratishda xom ashyo bozorlari, transport harajatlari, joriy etish bo’yicha harajatlarning ozligi axborot texnologiyalarini ishlab chiqarishga oid sohalarning maksimal daromad keltirishini ta’minlamoqda. AT bozorida AKT bozorining boshqa segmentlarini qisqartirish hisobiga axborot xizmatlari ko’rsatish ulushining barqaror o’sish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Internet kishilarni guruhlarga birlashtirish tamoillarini tubdan o’zgartirib yuboradi, barcha jamiyat qatnashchilari (hukumat, fuqarolar va hukumat) o’rtasida ma’lumotlar bazasini tobora samaraliroq shakllantirish va almashinish instrument bo’lib xizmat qiladi, shuningdek yangi AT segmentlari (elektron biznes, “Elektron hukumat”)ning yuzaga kelishida asos vazifasini o’taydi. Barcha tarmoqlar TCP/IP protokoli va IP-manzillarning yagona makonidan foydalanadilar, qolgan barcha o’rinlarda ular ma’muriy va moliyaviy jihatdan mustaqildirlar. Internetning o’ziga xos belgilari bu uning arzonligi va ommaviyligidir: Internetdan foydalanuvchilar soni har yili ikki martaga ko’payib bormoqda. Internetning o’sib borishida mobil telefonlar hal qiluvchi o’ringa ega bo’ldi.
Dasturiy ta’minot (DT) bozori AKT bozorining eng harakatchan va daromadli segmentlaridan biridir. Dasturiy mahsulotning tahlili va dizayni texnologik jihatdan eng murakkab jarayonlar bo’lib, ancha qimmat turadi. Bevosita dasturlash va test sinovlaridan o’tkazish loyiha umumiy qiymatining faqat 10-15 % (borib tursa, 30%) ni tashkil etadi va yuqori malakani talab qilmaydi. Aynan dasturiy ta’minot AKT bozorining qolgan segmentlariga nisbatan qo’yilma ko’rsatkichi bo’yicha ancha samaralidir.
AKT rivojining hozirgi zamon bosqichida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining konvergenstiyasi (bir biriga o’xshashligi) yuz bermoqda. Bu jarayon texnologik echimlarning yanada differenstiallashuvi va murakkablashuvi bilan sodir bo’lmoqda. Bunday konvergenstiya universal texnologiyalarning paydo bo’lishiga olib kelmoqda. Masalan, zamonaviy multimedia tizimlari hozirgi paytdayoq televizor, radiopriemnik, fotolaboratoriya, diaproektor, telefon, avto javob bergich, faks vazifalarini o’zida birlashtirishga qodir bo’lib, hisoblash funkstiyalarining klassik to’plamini va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga kirish huquqini ta’minlaydi. Har bir foydalanuvchining individual ehtiyojlariga osongina moslashish bunday tizimlarning o’ziga xos xususiyatidir.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojining jahon tendenstiyalari shuni ko’rsatadiki, vaqt o’tishi bilan elektron davlat boshqaruvi har qanday davlat uchun zaruratga aylanadi, va u qancha tez joriy etila boshlasa, shuncha yaxshi. “Elektron hukumat” davlat boshqaruvining o’rnini egallamaydi, ammo AKTga asoslanib, davlat o’z funkstiyalarini optimallashtirishga axborot to’plashni tezlashtirishga va, qolaversa, hukumat qabul qilayotgan qarorlarga ta’sirko’rsatuvchi sonsiz omillarni hisobga olishga qodir bo’ladi.
Zamonaviy AKTlar davlat tuzilishini takomillashtirish, ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, yangi xizmatlarni rivojlantirish va mahalliy sharoitlardan optimal foydalanish, tabiiy resurslarni iqtisod qilish va atrof muhit muhofazasi uchun ulkan potenstialni o’zida jamlagan. Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini hayotning barcha jabhalariga joriy qilish bilan bog`liq sodir bo’layotgan keng masshtabli qayta o’zgartirishlar davlat tomonidan barcha manfaatdor mamlakatlar bilan ittifoqda nazorat qilinishi va butun jamiyat manfaatlariga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
|
| |