|
Katta ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari
|
bet | 1/5 | Sana | 05.02.2024 | Hajmi | 6,49 Mb. | | #151844 |
Bog'liq 1- Ma\'ruza Katta ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Katta ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari. Reja - Sun’iy intellekt (Artificial Intelligence) tamoyillari.
- Big Data texnologiyalari tavsifi.
- Cloud Computing tamoyillari.
Ta'lim natijalari - Sun'iy intellektning asosiy atamalari, tushunchalari, maqsad va vazifalarini ifoda etish
- Sun’iy intellektning iqtisodiyot sohalarida qo’llanilishi va o‘rnini izohlash
- Big Data texnologiyasi tamoyillarini tushunish
- Internetagi axborot va ma’lumotlar oqimini turli faoliyat yo’nalishlarida qo’llanilishini izohlash
- Bulutli hisoblash modellari va tashkil etilishini ifodalash
Sun’iy intellekt (SI) tamoyillari SIning asosiy atamalari, tushunchalari Intellekt (intelligence) atamasi lotincha intellectus so‘zidan olingan bo'lib, insonning bilim, idroki, o‘y, fikrlash, aqliy qobiliyatlari degan ma'noni anglatadi. Intellekt - bu tajribadan o'rganish va turli xil sharoitlarga moslashish jarayonida bilimlarni egallash, eslash va maqsadli ravishda o'zgartirish orqali miyaning intellektual muammolarni hal qilish qobiliyati. Sun'iy intellekt (artificial intelligence - AI) odatda avtomatik tizimlarning inson intellektining individual funktsiyalarini o'z zimmasiga olishi, masalan, ilgari olingan tajriba va tashqi ta'sirlarni oqilona tahlil qilish asosida optimal qarorlarni tanlash va qabul qilish xususiyati sifatida talqin etiladi. 1980-yillarning boshlarida hisoblash nazariyasi olimlari Barr va Feigenbaum sun'iy intellektning (AI) quyidagi ta'rifini taklif qilishdi. Sun'iy intellekt - biz an'anaviy ravishda inson ongi bilan bog'laydigan imkoniyatlarga ega bo'lgan ya’ni tilni tushunish, o'rganish, fikr yuritish, muammolarni hal qilish va boshqa tizimlarni ishlab chiqish bilan shug'ullanadigan aqlli kompyuter tizimlariga oid informatika sohasi Sun'iy intellekt - muammolarni insonning intellektual qobiliyatlaridan foydalangan holda hal qilishga qodir bo'lgan dasturiy ta'minot va texnik vositalarni yaratishga qaratilgan tadqiqot va amaliy ishlanmalar sohasi.
|
| |