Katta ma'lumotlarni qayta ishlash




Download 9,29 Mb.
Sana18.12.2023
Hajmi9,29 Mb.
#122095
Bog'liq
Katta ma\'lumotlarni qayta ishlash...


TATU KIF
214_20-guruh talabasi
Mengqobilov Mirzokarimning
Katta ma'lumotlarni qayta ishlash texnologiyalari va usullari fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: Katta ma’lumotlar texnologiyalari va ularning istiqbollari.
Reja:
    • Katta ma’lumotlar haqida.
    • Katta ma’lumotlar texnologiyalari va ularning istiqbollari..
    • Xulosa.


Big data(katta ma'lumotlar) - juda katta hajmdagi bir jinsli bo'lmagan va tez tushadigan raqamli ma'lumotlar bo'lib, ularni odatiy usullar bilan qayta ishlab bo'lmaydi. Ba'zi hollarda, katta ma'lumotlar tushunchasi bilan birga shu ma'lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi. Asosan, analiz obyekti katta ma'lumotlar deb ataladi.
Big data atamasi 2008-yilda dunyoga kelgan. Nature jurnali muharriri Klifford Linch dunyo ma'lumotlar hajmining juda tez sur'atda o'sishiga bag'ishlangan maxsus sonida big data atamasini qo'llagan.
Biroq katta ma'lumotlar avval ham bo'lgan. Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko'p ma'lumot tushadigan oqimlarga big data deb aytilar ekan.
Katta ma'lumotlarni analiz qilish, inson his etish imkoniyatidan tashqarida bo'lgan qonuniylatlarni aniqlashda yordam beradi. Bu esa kundalik hayotimizdagi barcha sohalar, hukumatni boshqarish, tibbiyot, telekommunikatsiya, moliya, transport, ishlab chiqarish va boshqa sohalarni yanada yaxshilash, ularning imkoniyatlarini oshirish, muommolarga muqobil yechimlar izlab topish imkonini yaratadi.
Barcha yig‘ilgan Big Data ma’lumotlari olingan manbalarga qarab tasniflanishi mumkin. AQShning Gartner kompaniyasi «katta ma’lumotlar»ga kiritilgan ma’lumotlarning quyidagi tasnifini taklif qiladi:
1) Operatsion ma’lumotlar. Bu onlayn tranzaksiyalarni qayta ishlash jarayonida mavjud bo‘lgan yoki onlayn tahliliy ma’lumotlar bazasidan olingan mijozlar, yetkazib beruvchilar, hamkorlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. Odatda tranzaksiya ma’lumotlari, aloqa ma’lumotlari va jismoniy shaxslar haqidagi umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Ko‘pincha bunday ma’lumotlar qo‘shimcha sensorlar va korxona jarayonlarini monitoring qilish yordamida muvaffaqiyatli to‘planadi. Masalan, bank tizimiga ulangan kassa apparatlari, aqlli hisoblagichlar, ovozli aloqa, radiochastotani identifikatsiyalash va boshqalar;
2) «Qorong‘i» ma’lumotlar. Tashkilotlar tomonidan ataylab saqlanmaydigan yoki to‘planmagan, lekin biznesni yuritish yoki tarmoq xizmatlari bilan ishlash jarayonida tasodifiy (yo‘lda) yaratilgan va Internet arxivlarida qoladigan ma’lumotlar. Bunday ma’lumotlar ommaga ochiq va qisman tahlil qilish uchun tuzilgan, jumladan, elektron pochta xabarlari, elektron shartnomalar, hujjatlar, multimedia, tizim jurnallari va boshqalar;
3) Tijorat ma’lumotlari. Katta ma’lumotlar texnologiyasi imkoniyatlari paydo bo‘lishidan oldin, turli sohalarda qimmatli tijorat ma’lumotlarining agregatorlari mavjud edi. Ushbu agregatorlar obuna ma’lumotlarining o‘z kataloglariga to‘liq kirishni ta’minlaydi. Biroq zamonaviy bozor munosabatlarining potensial investorlar va mijozlar uchun ma’lumotni ochishga yo‘naltirilganligini hisobga olgan holda, tijorat manfaatlariga oid ko‘plab ma’lumotlar raqamli muhitda ochiq joylashtiriladi;
4) Rasmiy ma’lumotlar. Davlat organlari tomonidan tarqatiladigan ma’lumotlar (bayonotlar, press-relizlar, ob-havo prognozlari, munitsipal rivojlanish rejalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar), ochiq davlat registrlari, e’lon qilingan normativ-huquqiy hujjatlar (shu jumladan, ularning loyihalari) eng ishonchli va eng ko‘p tuzilgan hisoblanadi;
5) Ijtimoiy tarmoqlar va xizmatlardan olingan ma’lumotlar. Yirik ijtimoiy tarmoqlarning (Facebook, VKontakte, LinkedIn, Twitter, Instagram va boshqalar) funksiyalari, biznes, bozor munosabatlarida jismoniy shaxslarning ishtiroki, yangi va istiqbolli mahsulotlar, xizmatlar, kompaniyalar haqida yana bir ma’lumot manbasini yaratdi. Xabarlar, sharhlar, takliflar («repostlar») maqsadli mijozlarni, tijorat imkoniyatlarini, raqobatbardosh munosabatlarni, biznes va potensial hamkorlarni aniqlash hamda prognoz qilish uchun faol foydalaniladi.
Xulosa:
Xulosa qilib aytganda bugungi Mustaqil ishimda Katta ma’lumotlar texnologiyalari va ularning istiqbollari haqida ma’lumot berishga harakat qildim.
Foydalanilgan adabiyotlar:
    • https://www.coursehero.com/file/126500074/1-mavzudocx/
    • google.com
    • https://ict.xabar.uz/uz/startap/big-data-texnologiyasi-va-undagi-malumotlarni-tahlil-etish

Download 9,29 Mb.




Download 9,29 Mb.