Kegl cc pechat indd




Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/134
Sana28.06.2024
Hajmi1,85 Mb.
#266146
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   134
Bog'liq
6-sinf fizika uzb

YAKUNIY SUHBAT
Bunda Siz VII bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari 
bilan tanishasiz.
Tovush
Muhitda tarqalayotgan tebranishlar. Chastotasi 16 Hz 
dan 20000 Hz oraliqda. Chastotasi 16 Hz dan past 
tovushlarni 
infratovush
, chastotasi 20000 Hz dan baland 
tovushlarni 
ultratovush
deyiladi. 1 Hz = 1/s.
Kamerton
Aniq bir chastotali tovush chiqaradigan asbob. 1711-yil-
da ingliz musiqachisi J. Shorom ixtiro qilgan. U simon 
ko‘rinishga ega.
Rezonator
Tebranishlarni kuchaytirib beruvchi quticha. Musiqa 
asboblarida uning yuzasi yupqa teri, yog‘och bilan 
qoplanadi.


170
Mikrofon
Tovush tebranishlarini elektr tebranishlariga aylan 
tirib 
beruvchi asbob. Ikki so‘zdan: 
mikros
– kichik va 
phone
– 
tovush so‘zlaridan olingan.
Tovushning 
tarqalish 
tezligi
Tovush tarqalishi uchun muhit zarur. Gazlarda tarqalish 
tezligi 0
°
C da 200–350 m/s, suyuqliklarda 1100–2000 
m/s, qattiq jismlarda 3000–6500 m/s oralig‘ida bo‘ladi.
Tovush 
qattiqligi
Tovushning birlik yuzaga to‘g‘ri kelgan energiyasi bilan 
belgila nadigan kattalik. Chastotasiga ham bog‘liq. Birligi 
detsibel (dB). Tovush baland 
ligining yuqori og‘riq sezish 
bo‘sag‘asi 130 dB ga teng.
Tovush 
balandligi
Tovush chastotasi bilan belgilanadi. Erkak kishilar 
gapirganda uning tovushida 100 dan 7000 Hz gacha, 
ayollarnikida 200 dan 9000 Hz gacha tebranishlar 
bo‘ladi.
Tovush tembri
Tovushdagi obertonlar soni va obertonlar kuchi hamda 
tovush balandligi bilan belgilanadigan kattalik. Tovush 
tarkibidagi eng kichik chastota 

0
ni asosiy ton deyiladi. 
2

0
, 3

0
va h.k. chastotali tebranishlarni obertonlar 
deyiladi.
Aks 
sado
Tovushning tarqalishida uchragan to‘siqdan qaytib 
kelishiga aytiladi. To‘siqlar joylashishi tovush manbaidan 
uzoqligiga qarab, aks sado ko‘p marta takrorla 
nishi 
mumkin.
Exolot
Dengiz va okeanlar chuqurligini tovush aks sadosidan 
foydalanib o‘lchay digan asbob.
Tovush yutish 
koeffitsiyenti
Materiallarga yutilgan tovush energiyasining tushgan 
tovush ener giyasiga nisbati.
Me’morchilik 
akustikasi
Binolarning akustik kattaliklarini o‘lchash, ularda tovush 
tarqalish xususiyatlarini o‘rganish va tegishli tavsiyalar 
ishlab chiqish bilan shug‘ul lanadigan fan sohasi.


171

Download 1,85 Mb.
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   134




Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish