“KESHBEKKA GADJET” RAG’BATLANTIRISH QOIDALARI
2023 yil 21 martda qilingan tahrir
“Keshbekka gadjet” rag’batlantirishga oid mazkur qoidalar “Humans” mas’uliyati
cheklangan Jamiyati, manzili O’zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent shahri,
Yashnobod tumani, Mahtumquli ko’chasi, 26-uy, davlat registratsion raqami 749733,
INN 306624856, telefon 1234 (keying o’rinlarda Humans) tomonidan Bonus/Keshbekka
ega Humans sodiqlik dasturi Ishtirokchilariga taklifi bo’lib, quyida bayon qilingan tartibda
Ishtirokchining rozi bo’lgan vaqtlan boshlab Ishtirokchi va Humans o’rtasida
shartnomaga aylanadi.
1. Rag’batlantirish Ta’rifi
Mazkur Qoidalar doirasida Rag’bat Ishtirokchiga Uning Keshbek-hisobidagi mablag’lar
hisobiga Gadjetlar olish imkoniyatini beradi.
2. Atamalar va Tavsiflar
Gadjetlar – tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy, uy yoki boshqa
maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljallangan uskunalar, qurilmalar, moslamalar.
Gadjetlar ro'yxati, ularning asosiy iste'molchilik, shu jumladan o'ziga xos xususiyatlari,
gadjetni olish uchun zarur bo'lgan Keshbek miqdori mobil ilovaning maxsus qismida
ko'rsatilgan.
Gadjet buyurtmasi (Buyurtma) - Ishtirokchining 4.1-bandda nazarda tutilgan
harakatlari. Gadgetni olish uchun Mijoz tomonidan amalga oshirilgan haqiqiy
rag'batlantirish.
Keshbek-hisob - Humansdagi unda Ishtirokchi uchun mavjud bo'lgan Bonuslar va
keshbeklarning soni aks ettirilgan tahliliy hisob-kitoblar registri.
Qo’llab-quvvatlash markazi (QM) - Ishtirokchilar bilan o'zaro aloqada bo'lgan Humans
axborot-ma'lumot xizmati.
Mobil ilova - Ishtirokchining maxsus abonent qurilmasiga (smartfon, planshet)
o'rnatiladigan mobil operatsion tizimlar uchun Humans ilovasi bo'lgan dasturiy ta'minot.
|