• Oʻquvchilarga tavsiya etiladigan manbaalar
  • Keysni yechish jarayoni
  • Oʻqituvchining yechimi
  • Xulosa qilib aytadigan bo’lsak
  • Keys: Avestoda gatlar talqini haqidagi ma’lumotlar bizga ma’lum gatlar bu Avesto kitobidagi diniy qarashlar yoki Zardusht tilidagi she’rlar hisoblanadi. Topshiriq




    Download 14.41 Kb.
    Sana01.11.2023
    Hajmi14.41 Kb.
    #92949
    Bog'liq
    KeysStady
    -КУРС Ma\'ruza matni, tarb. xujj. kichik guruh ertak kartatekasi. D.Gafurova

    Keys: Avestoda gatlar talqini haqidagi ma’lumotlar bizga ma’lum gatlar bu Avesto kitobidagi diniy qarashlar yoki Zardusht tilidagi she’rlar hisoblanadi.
    Topshiriq: Avesto kitobining qismlari va bo’limlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqqan holatda Avesto kitobidagi gatlarni talqini va ularning yozilgan tilini aniqlash va Zardusht gatlar orqali nima demoqchi bo’lganining ma’nosini tushunish.
    Oʻquvchilarga tavsiya etiladigan manbaalar: Tarix fanlaridan maktab darsliklari, internet resurslari.
    Oʻquvchilar uchun koʻrsatmalar:
    1. Keysning mohiyatini yetarlicha anglab oling.
    2. Muammoning yechimini topishga xizmat qiluvchi omillarni aniqlang.
    3. Aniqlangan omillar orasidan muammoga barchasidan koʻproq dahldor boʻlgan
    omil (yoki ikkita omil) ni ajrating.
    4. Ana shu omillar asosida yechimni asoslashga harakat qiling.
    5. Oʻz fikringizni bayon eting.
    Keysni yechish jarayoni:
    1. Oʻquvchilar keys mohiyatini u bilan tanishish orqali kichik guruhda muhokama
    qilishadi.
    2. Oʻquvchi kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda muammoni hal etishga zamin
    tayyorlaydigan omillarni aniqlaydi.
    3. Muammoni hal etishga imkon beradigan eng muhim jihatlari ajratib olinadi.
    4. Kichik guruh a’zolari umumiy fikr asosida eng muhim omillarni bayon etadi.
    5. Kichik guruhlarning fikrlari tahlil etiladi va umumiy xulosa yasaladi.

    Oʻqituvchining yechimi: "Avesto" – jahon madaniyatining, jumladan, Markaziy Osiyo va Eron xalqlari tarixining qadimgi noyob yodgorligidir. Zardushtlik e`tiqodiga amal qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu ta`limotdan boshlangan. Bu kitob tarkibi, ifoda uslubi va timsollar tizimi bilan adabiy manbalarga yaqin turadi. "Avesto"da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, uning Amudaryo sohillarida yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir degan qarash mavjud. "Avesto" oromiy va pahlaviy yozuvlari asosida yaratilgan maxsus alifboda datslab to`qqiz ho`kiz terisiga yozilgan. Ilk nusxalari asosida sosoniylar (mil. ol. VII-III asr) davrida 21 kitob holida yig`ilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga "Zand" nomi bilan sharhlar bitilgan. "Avesto" to`rt qismdan iborat: Yasna ("Diniy marosimlar"), Yasht (ma`no jihatdan Yasnaga yaqin), Visparad ("Barcha ilohlar haqidagi kitob"), Vendidad ("Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasi"). Yasna tarkibiga kirgan madhlar "Gatlar" (ayrim manbalarda "gohlar") deb nomlanib, ularni Zardutsning o`zi yozgan deb taxmin qilinadi. Gatlar tarkibida Jamshid (Yima), Gershasp, Afrosiyob (Alp Er To`nga) kabi afsonaviy qahramonlar hayoti lavhalari uchraydi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak Gatalar bu zardushtning asosiy aytgan gaplaridir.Aynan nima yaxshiyu ,nima yomon gatalar orqali ma’lumot olishimiz mumkin.Lekin o’zbek tilidagi kitoblarda gatalar haqida ma’lumotlar juda ham kam.Asosan Zardushtning o’zi tomonidan aytilgan so’zlari deb ta’rif berilgan.
    Download 14.41 Kb.




    Download 14.41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Keys: Avestoda gatlar talqini haqidagi ma’lumotlar bizga ma’lum gatlar bu Avesto kitobidagi diniy qarashlar yoki Zardusht tilidagi she’rlar hisoblanadi. Topshiriq

    Download 14.41 Kb.