|
Kiber huquq va kiber etika -I cysf16mbk
|
bet | 1/5 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 1,36 Mb. | | #160936 |
Bog'liq 1-MAVZU AMALIY Ethical hacking I
Kiber huquq va kiber etika
-I-
CYSF16MBK
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
HISOB
1-MAVZU
|
KIBERXAVFSIZLIKKA OID MILLIY VA XALQARO QONUNCHILIKNI O’RGANISH
|
Kalit so‘zlar: kiberxavfsizlik, qonunchilik, normalar, statistika
Maqsad: O’zbekistonda va jahonda kiberxavfsizlik bo‘yicha qonunchilikning nazariy asoslari bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash. Talabalarga kiberxavfsizlik bilan bog'liq qonunlar va siyosatlar va ularning kiberjinoyatlardan himoya qilishdagi ahamiyati haqida to'liq ma'lumot berish. O’zbekistonda va jahonda kiberxavfsizlik bo‘yicha qonun hujjatlari tahlili.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
So'nggi yillarda texnologiyaning keng miqiyosida tarqalishi va Internetning rivojlanishi insonlar uchun o’zaro muloqot qilish, tranzaksiyalarni amalga oshirish va umuman istalgan tirdagi ma'lumot almashishni osonlashtirib, dunyodagi hayot tarzini butkul o'zgartirdi. Shu bilan birga, u, ayniqsa, kiberxavfsizlik, kiberjinoyat, kiberhuquq va kiberetika nuqtai nazaridan yangi tahdid va xavflarni keltirib chiqaradi. Mazkur amaliy ish O’zbekistonda kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilikni chuqur tahlil qilish va uni dunyoning boshqa davlatlarining qonunlari bilan solishtirishga qaratilgan. Mazkur amaliy ish kiberxavfsizlik bilan bog'liq mavjud adabiyotlar, qonunlar va siyosatlarni ko'rib chiqish asosida amalga oshirilishi kerak.
Raqamli texnologiyalar asri dunyoga ulkan foyda keltirmoqda, biroq shu bilan birga u yangi muammolarni, jumladan kiberxavfsizlik tahdidlarini ham keltirib chiqardi. Kiberjinoyat, kiberhuquq va kiberetika ko‘plab mamlakatlarda, jumladan, O’zbekistonda ham muhim muammolarga aylangan. Kiberhujumlar jismoniy shaxslarga, tashkilotlarga va davlatlarga katta zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli, ushbu tahdidlardan himoya qilish uchun kuchli kiberxavfsizlik qonunlari va siyosatiga ega bo'lish muhim hisoblanadi.
|
| |