• Kiber jinoyatchilik tushunchasi
  • Kiber jinoyatchilik asosiy Maqsadlar
  • Kiber jinoyatchilik turlari
  • Dunyo bo‘ylab, xakerlar 2022-yilning birinchi yarmida 2 milliard dollarni talon-taroj qilishgan.(banklar)
  • Taniqli xakerlik guruhlari
  • Milliy kiber xavfsizlik strategiyasi
  • Etiboringiz uchun rahmat!
  • Kiber jinoyatchilik tushunchasi Milliy kiberxavfsizlik Va axborot Xavfsizligi strategiyasi




    Download 475.27 Kb.
    Sana12.12.2023
    Hajmi475.27 Kb.
    #117139
    Bog'liq
    Taqdimot
    Fayllar tizimida ishlash test, pedagogik texnalogiya, HTML QOLLANMA, kenguru 2012 class 2, 3 kurs ekanomika, Kompyuter kimyo, Raqamli hisoblash mashinasi - Vikipediya, Sana 14-mart Sinf 8,,B’’ Fan Chizmachilik Mavzu Modelning be, 00 Бизнес режа нима, jadval bo`yicha, optika, bayonnoma 2 ko`chirma, Asinxron mashinalar, 2022 Fermentlar maruza (2), Academic-Data-341201109566 (1)

    Kiber jinoyatchilik tushunchasi Milliy kiberxavfsizlik Va axborot Xavfsizligi strategiyasi

    reja: 1. Kiber xavfsizlik va Axborot Xavfsizligi. 2. Kiber Jinoyat tushunchasi va uning turlari. 3. Milliy Kiber xavfsizlik strategiyasi.

    Kiberxavfsizlik nima? BU kompyuterlar, serverlar, mobil qurilmalar, tarmoqlar va elektron tizimlar orqali yaratilgan va qayta ishlanadigan ma'lumotlarni himoya qilish uchun amalga oshiriladigan protseduralar va vositalar to'plami sifatida belgilanishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, kiberxavfsizlik - bu muhim tizimlar va nozik ma'lumotlarni raqamli hujumlardan himoya qilish amaliyotidir. axborot Xavfsizligi ham huddi shunday, farqi kiberxavfsizlikda malu’otlar elektron shaklda Bo’lsa, axborot xavfsizligi qog’oz Va vizual shakllarni ham qamrab oladi

    Kiber jinoyatchilik tushunchasi

    Kiber jinoyatchilik axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositalaridan foydalangan holda, virtual tarmoqda virus va boshqa zararli dasturlar, qonunga zid axborotlar tayyorlash va tarqatish, xakerlik hujumi, veb-saytlarga noqonuniy kirish, firibgarlik, ma'lumotlar butunligi va mualliflik huquqini buzish, kredit kartochkalari raqami hamda bank rekvizitlarini o'g'irlash va boshqa turli huquqbuzarliklar.

    Kiber jinoyatchilik asosiy Maqsadlar

    • Pul, qimmatli qoğozlar, Kreditlar, tovar va xizmatlar, imtiyozlar
    • Jinoiy daromadlarni legallashtirish
    • Shaxsiy yoki siyosiy maqsadda mamlakat pul tizimini buzish
    • Mamlakatdagi strategik ahamiyatga ega obyektlar faoliyatini izdan chiqarish
    • Davlat siri yoki boshqa muhim axborotlarni oshkor etish hamda shantaj qilish
    • Terrorizm, ekstremizm va insonga psixologik ta’sir etish

    Kiber jinoyatchilik turlari

    • Fishing asosan elektron pochta orqali tarqaladi.Fishing elektron pochta xabarlarida zararli dasturlardan taʼsirlangan boshqa veb-saytlarga havolalar boʻlishi mumkin. Yoki ular shaxsiy hisob maʼlumotlarini oʻgʻirlash uchun foydalaniladigan soxta onlayn-banking yoki boshqa veb-saytlarga havolalarni oʻz ichiga olishi mumkin.
    • Kriptomayning Kriptovalyuta mayning qilishda viruslar orqali boshqa foydalanuvchilar kompyuteridan foydalanish. Bunda kompyuter juda ko’p miqdorda energiya sarf qiladi hamda ishlash faoliyatiga zarar yetadi.
    • Carding O’g’irlangan plastik karta ma’lumotlari orqali kartadan pul yechish yoki tovar va xizmatlarga xaridlarni amalga oshirish. Bunda online do’konlardan karta orqali tovar xarid qilinadi manziliga eaa boshqa joy belgilanadi.

    Dunyo bo‘ylab, xakerlar 2022-yilning birinchi yarmida 2 milliard dollarni talon-taroj qilishgan.(banklar)

    • Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda “Davrbank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki hisob raqamiga kirib, ikki fuqaro nomiga plastik karta ochib 15 milliard so‘mni, plastikka tushirib o‘g‘irlab olishga erishgani haqidagi xabar tarqaldi.
    • Qayd etilishicha, jinoyatchilar bu pullarni mobil ilova orqali boshqa kartalarga o‘tkazib, 11 milliard 453 million so‘mini 8-13-iyul kunlari poytaxtdagi bankomatlardan naqdlashtirib olishgan.

    Taniqli xakerlik guruhlari

    • Anonymous — 2003-yilda, shaxsiy hayot huquqi uchun kurashgan odamlar jamoasi sifatida tashkil qilingan.
    • Bangladesh Black Hat Hackers, 2012-yilda tashkil topgan.
    • Cozy Bear — Rossiyaning bir yoki bir nechta razvedka idoralari bilan bogʻliq deb hisoblangan rus xakerlar guruhi.
    • Cyber Partisans — 2020-yilda paydo boʻlgan, Belarus hukumati va davlat idoralariga hujumlar uyushtirgan belaruslik xakerlik guruhi.
    • Ghost Squad Hackers — yoki „GSH“ qisqartmasi bilan 2015-yilda tashkil etilgan siyosiy maqsadli xakerlik guruhidir.
    • Rocket Kitten (yoki „the Rocket Kitten Group“) — Eron hukumatiga aloqador deb taxmin qilingan xakerlar guruhi. 2010-yilda „Cair3x“ va „HUrr!c4nE!“ xaker shaxslari tomonidan tashkil etilgan.

    Milliy kiber xavfsizlik strategiyasi

    2002-yil 12-dekabrda O'zbekiston respublikasining 439-ll sonli ,,Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida’’gi qonuni qabul qilindi

    • 4-modda. Axborot erkinligi
    • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq har kim axborotni moneliksiz izlash, olish, tekshirish, tarqatish, undan foydalanish va uni saqlash huquqiga ega.
    • Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkin.

    O‘zbekiston Respublikasining KIBERXAVFSIZLIK TO‘G‘RISIDA 15.04.2022 yildagi O‘RQ-764-son Qonuni Ushbu qonun 8Bob 40 moddadan iborat

    • 4-modda. Kiberxavfsizlikni ta’minlashning asosiy prinsiplari
    • Kiberxavfsizlikni ta’minlashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
    • qonuniylik;
    • kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligi;
    • kiberxavfsizlik sohasini tartibga solishga nisbatan yagona yondashuv;
    • kiberxavfsizlik tizimini yaratishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokining ustuvorligi;
    • O‘zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlikni ta’minlashda xalqaro hamkorlik uchun ochiqligi.
    • O‘zbekistonda 2021-yil holatiga “.uz” milliy internet segmentida 100 015 ta domen ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 38 mingtasi faol hisoblandi. Faol domenlarning faqat 14 mingtasida xavfsizlik sertifikati mavjud.
    • Global Cybersecurity Index davlatlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston unda 182 davlat orasida 70-o‘rinni egalladi.

    Etiboringiz uchun rahmat!


    Download 475.27 Kb.




    Download 475.27 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kiber jinoyatchilik tushunchasi Milliy kiberxavfsizlik Va axborot Xavfsizligi strategiyasi

    Download 475.27 Kb.