• Annotatsiya
  • Ключевые слова
  • Кichik biznеs va xususiy tadbirkorlik – iqtisodiy o`sishning muhim omili savurova Shahrizoda Abdumalik qizi




    Download 283,86 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana02.12.2023
    Hajmi283,86 Kb.
    #109939
      1   2
    Bog'liq
    3212-Текст статьи-7874-1-10-20211028



    КICHIK BIZNЕS VA XUSUSIY TADBIRKORLIK – IQTISODIY 
    O`SISHNING MUHIM OMILI 
     
    Savurova Shahrizoda Abdumalik qizi
    1
    , Savurov Mustafo Ikrom o’g’li
    2
     
    1
    A.Qodiriy nomidagi JDPI, Texnologik ta’lim yo’nalishi 1-bosqich magistri,
    2
    A.Qodiriy nomidagi JDPI, 4-bosqich talabasi, Jizzax, O’zbekiston 
    e-mail:savurovashahrizoda@gmail.com 
    Annotatsiya: Bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda 
    tadbirkorlik iqtisodiyotning barqaror o`sish omilidir.
    Kalit so‘zlar: Jamiyat, davlat, kichik biznes, tadbirkorlik, bozor, xususiy, 
    iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, foyda, xo`jalik. 
    *** 
    Аннотация: 
    В 
    современном 
    быстро 
    меняющемся 
    мире 
    предпринимательство является фактором устойчивого экономического роста.
    Ключевые 
    слова: 
    Общество, 
    государство, 
    малый 
    бизнес, 
    предпринимательство, рынок, частное, экономическое, политическое, 
    социальное, прибыль, экономика. 
    *** 
    Annotation: In today’s fast-paced world, entrepreneurship is a factor in 
    sustainable economic growth. 
    Keywords: Society, state, small business, entrepreneurship, market, private, 
    economic, political, social, profit, economy. 
    Har qanday jamiyat taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
    iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o`zgarishlarning eng muhim omili bo`lib xizmat 
    qiladi. Ayniqsa o`tish davrida bozor islohotlari turlicha namoyon bo`layotgan 
    mamlakatlar, xususan, MDH davlatlarida bu tendentsiya yaqqol ko`zga 
    tashlanmoqda. Bunday sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ijtimoiy 
    hayotda qator funksiyalarni bajaradi. Uning siyosiy funksiyasi jamiyat 
    iqtisodiyotining asosiy bo`g`ini — o`rta mulkdorlar sinfining shakllanish manbai 
    sifatida namoyon bo`lishidadir. Iqtisodiy funksiya tadbirkorlikni keng quloch 
    yoydirish bilan bog`liq bo`lib, raqobat muhitini shakllantirish, bozorni turli 
    tovarlar va xizmatlar bilan to`ldirish, soliqqa tortish bazasini kengaytirishga 
    qaratilgan. Ijtimoiy funksiya esa, yangi ish joylari tashkil qilish orqali bandlikni 
    ta`minlash, aholining daromadini oshirish yo`li bilan uning turmush darajasini 
    ko`tarishni nazarda tutadi. 


    Kichik biznes va tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish uchun zarur bo`lgan 
    qulay shart-sharoitlar yaratish – jamiyatda samarali amal qiladigan bozor 
    munosabatlarini shakllantirish, mulkdorlar sinfini qo`llab-quvvatlash hamda 
    fuqarolik jamiyatining yangi, demokratik institutlarini qaror toptirishning muhim 
    shartidir. Bu muhim vazifa hamda uni hal qilishning butun murakkabligi har bir 
    mamlakatning o`ziga xosligidan kelib chiqib, kichik biznes va tadbirkorlikni 
    qo`llab-quvvatlash va uni rivojlantirishga noan`anaviy, nostandart yondoshishni 
    taqozo qiladi. Shubhasiz, bunda, ushbu masalaning g`oyat muhim ahamiyat kasb 
    etishini jamiyatning barcha a`zolari anglab yetishlari, uning davlat tomonidan har 
    tomonlama qo`llab-quvvatlanishi, iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlari 
    o`rtasida barqaror sheriklik munosabatlarini qaror toptirish zarur. 
    Tadbirkorlik – foyda olish maqsadida resurslardan yanada samarali 
    foydalanishga qaratilgan xo`jalik faoliyatining muhim turidir. Ushbu jarayon 
    quyidagilar orqali izohlanadi: 
    1) tadbirkorlik kishilarning tavakkalchilik va mas`uliyat bilan bog`liq 
    tashabbuskorlik faoliyati demakdir;
    2) tadbirkorlik cheklangan va innovatsion yondashuvni talab qiladigan resurslardan 
    yanada oqilona foydalanishga qaratiladi;
    3) tadbirkorlik faoliyati qo`shimcha daromad va foyda keltirgan taqdirdagina o`zini 
    oqlagan hisoblanadi.
    Tadbirkorlik faoliyati davomida, bozor iqtisodiyotining nimani, qanday, kim 
    uchun ishlab chiqarish kerak, degan muhim masalalari o`z yechimini topadi. 
    Iqtisodiy erkinlik (mustaqillik), to`liq moddiy javobgarlik, maksimal darajada 
    foyda olishga qaratilgan tijorat faoliyati tadbirkorlikning eng muhim iqtisodiy 
    tamoyillari hisoblanadi.
    Tadbirkorlikning ikkita muhim turi – savdo-sotiqqa asoslangan, narxlardagi 
    farqlar hisobidan foyda olishni nazarda tutadigan hamda aniq iste`molchining 
    eotiyojlariga mos holda mahsulot ishlab chiqarish va sotishga asoslangan faoliyatni 
    ajratib ko`rsatish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning barcha 
    shakli – davlat, xususiy (rivojlanishda ustunlikka ega), jamoa, shaxsiy hamda 
    aralash shakllari teng huquqli tarzda taraqqiy etadi.
    Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotni barqarorlashtirish va bozor iqtisodiyotini 
    qaror toptirishda muhim ahamiyatga ega. U xo`jalik yuritishning samarali 
    usullarini rag`batlantiradi, tashabbuskorlik va innovatsion faoliyatga keng yo`l 
    ochadi, 
    pirovardida 
    iqtisodiyotni 
    barqarorlashtirib, 
    jamiyat 
    taraqqiyotini 
    ta`minlaydi. O`zbekistonda bozor iqtisodiy munosabatlariga o`tish munosabati 
    bilan tadbirkorlikni davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash va uni rivojlantirishning 
    tashkiliy va moliyaviy choralarini o`z tarkibiga olgan dastur qabul qilingan va 


    amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon tadbirkorlar va kichik biznes sub`ektlari 
    foydasiga takomillashtirib borilmoqda.
    Darhaqiqat, mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, mamlakatimiz ijtimoiy-
    iqtisodiy taraqqiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulkan 
    imkoniyatlaridan samarali foydalanishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar 
    belgilanib, izchillik bilan joriy etib kelinmoqda va ular o`z samarasini berayotir. 
    Shu nuqtai nazardan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish 
    sharoitlari yildan yilga yaxshilanib bormoqda. Xususan, uning huquqiy negizi 
    kuchaytirildi. Fuqarolik, yer, soliq, bojxona kodekslari, “Davlat tasarrufidan 
    chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida”, “Xorijiy investitsiyalar to`g`risida”, 
    “Banklar va bank faoliyati to`g`risida” va boshqa qonuniy hujjatlarning qabul 
    qilinishi, 
    iqtisodiyotni 
    yanada 
    erkinlashtirish 
    va 
    modernizatsiyalashning 
    mustahkam huquqiy negizini yaratish barobarida, bozor islohotlarining 
    samaradorligini ta`minlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
    Kichik biznes va tadbirkorlikning afzalliklari ko`p. Bunda bozor 
    kon`yunkturasiga tez moslashish, talabning o`zgarishini tez ilg`ash, faoliyatning 
    bir turidan boshqasiga kam xarajat evaziga tezda moslashish imkoniyatlari 
    yaratiladi. Faoliyatning ushbu sektori bandlik muammosini hal qilish, odamga 
    o`zining erkin mehnati natijalaridan moddiy manfaatdorligini oshirishda juda 
    muhimdir. Shu nuqtai nazardan, bugun hamyurtlarimizning chakana savdo, 
    maishiy xizmat bilan shug`ullanayotganlari, ishlab chiqarish jarayoniga faol kirib 
    borayotganlari, ayni muddaodir. Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo`mitasi 
    ma`lumotlariga ko`ra kichik biznesda sanoat ishlab chiqarishi hajmining o`sish 
    sur`atlari umumiy sanoatdagi o`rtacha ko`rsatkichdan 2-3 marta ko`pdir.
    Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jarayonida kichik biznes va xususiy 
    tadbirkorlikni yanada qo`llab-quvvatlash, ayniqsa qishloq joylarida uni ravnaq 
    toptirish 
    uchun 
    keng 
    imkoniyatlar 
    yaratilmoqda. 
    Ishlab 
    chiqarishni 
    modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayonlari eksportga 
    yo`naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yurtdoshlarimizning turmush 
    farovonligini oshirishda muhim o`rin tutmoqda. Xususan, Samarqand viloyatining 
    Tayloq, Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Kattaqo`rg`on va boshqa tumanlarida ushbu 
    yo`nalishda sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
    Qishloqda meva-sabzavot maosulotlarini qayta ishlash korxonalari ilgari 
    ham mavjud edi, albatta. Ammo ularning texnik jihozlanish darajasi ancha past 
    bo`lib, ishlarning asosiy qismi qo`lda bajarilar, bu esa ko`p vaqtni talab qilar edi. 
    Hozir tashkil etilayotgan korxonalarda esa ishlab chiqarish jarayonlari to`liq 
    avtomatlashtirilgan bo`lib, operatorlar ish jarayonini kompyuter yordamida 
    boshqaradilar.
    Mustaqillik yillarida O`zbekistonda xususiy biznesni tashkil qilish va har 


    tomonlama rivojlantirish borasida ko`plab ishlar amalga oshirildi. Tadbirkorlik 
    faoliyati sub`ektlarini ro`yxatga olishni tartibga keltirish, tadbirkorlar va xorijiy 
    investorlarning manfaatlarini himoya qiluvchi huquqiy negizni mustahkamlash, 
    ularning xom ashyo va moliyaviy resurslardan foydalanishlari uchun imkoniyat 
    yaratish, imtiyozlar berish borasida amalga oshirilgan keng ko`lamli tadbirlar 
    mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik taraqqiyotida yangi ufqlar 
    ochdi.
    Xullas, bugun tadbirkor davlat himoyasida bo`lib, olgan foydasiga to`la egalik 
    qilish, o`zining faoliyat doirasini kengaytirish, muammoli vaziyatlarda sudga 
    murojaat qilish imkoniyatlariga ega. Tadbirkorlar hamda ishbilarmon doiralarning 
    huquqiy bilim va malakalarini oshirish maqsadida, joylarda seminarlar, davra 
    suhbatlari, prokuratura, soliq, bojxona idoralari va mahalliy hokimiyat xodimlari 
    bilan uchrashuvlar hamda boshqa xil tadbirlar o`tkazib kelinmoqda. 
    Boshqa sohalar singari ta`lim sohasida ham tadbirkorlikni rivojlantirishga e`tiborni 
    kuchaytirish 
    davr 
    taqozosiga 
    aylandi. 
    Ushbu 
    sohada 
    mehnat 
    qilib 
    kelayotganlarning aksariyati oliy ma`lumotli, uy xo`jaligi, tomorqa yuritish, 
    deoqonchilik, chorvachilik va boshqa masalalarda muayyan tajriba va 
    ko`nikmalarga 
    ega 
    bo`lgan 
    kishilardir. 
    Ayniqsa 
    ta`lim 
    muassasalarida 
    tadbirkorlikni rivojlantirish byudjetdan tashqari mablag`lar topishning eng samarali 
    yo`lidir. Shuningdek, tadbirkorlarning siyosiy va huquqiy savodxonligini oshirish, 
    dunyoqarashini kengaytirish maqsadida ta`lim muassasasi xodimlari, olimlar, 
    mutaxassislar tomonidan turli metodik mazmundagi tavsiyalar ishlab chiqish ham 
    sohada kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. 

    Download 283,86 Kb.
      1   2




    Download 283,86 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Кichik biznеs va xususiy tadbirkorlik – iqtisodiy o`sishning muhim omili savurova Shahrizoda Abdumalik qizi

    Download 283,86 Kb.
    Pdf ko'rish