Bogʻlanishlar hujayra ichida qanday sodir boʻladi?




Download 221,64 Kb.
bet5/5
Sana22.01.2024
Hajmi221,64 Kb.
#143468
1   2   3   4   5
Bog'liq
Kimyoviy bogʻlanishlar

Bogʻlanishlar hujayra ichida qanday sodir boʻladi?
Kuchli va kuchsiz bogʻlanishlar hujayralar va tanamizda sodir boʻluvchi kimyoviy jarayonlarda muhim rol oʻynaydi. Masalan, kuchli kovalent bogʻlar DNK zanjirini tashkil etadigan kimyoviy tuzilish “gʻishtchalar”ini birlashtiradi. Ammo kuchsizroq vodorod bogʻlari DNK qoʻsh spiralining ikkita zanjirini ushlab turadi. Ushbu kuchsiz bogʻlanish DNKni barqaror qiladi, ammo bu hujayraning nusxa olishi va foydalanishi uchun ham yoʻl ochib beradi.
Umuman olganda, ionlar, suv molekulalari va qutbli molekulalar orasidagi bogʻlanishlar hujayraning suvli muhitida doimiy ravishda hosil boʻladi va uzilib turadi. Ushbu muhitda turli xil molekulalar kuchsiz, zaryadga asoslangan taʼsirlashuvlar orqali bir-biriga intiladi. Masalan, Na\[^+\] ioni oldin suv molekulasi bilan va keyin oqsilning manfiy zaryadlangan qismi bilan oʻzaro taʼsirlashishi mumkin.
Ajablanarlisi shundaki, bu kabi milliardlab kuchli va kuchsiz, barqaror va beqaror (vaqtinchalik) kimyoviy bogʻlar taʼsirlashuvi – ayni paytda bizning tanamizda sodir boʻlmoqda va ular birgalikda bizni tutib turibdi va biz mavjudmiz!
Download 221,64 Kb.
1   2   3   4   5




Download 221,64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bogʻlanishlar hujayra ichida qanday sodir boʻladi?

Download 221,64 Kb.