|
Kimyoviy jarayonlar asoslari
|
Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #103342 |
Bog'liq 13-Ma\'ruza KIMYOVIY JARAYONLAR ASOSLARI
Neft qayta ishlash sanoati obektlarni loyhalashtirish va qurish.
“Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti A.I.Tog‘ayev
13-Ma’ruza
KIMYOVIY JARAYONLAR ASOSLARI
REJA:
- Kimyoviy jarayonlar (polimerlanish).
- Piroliz.
- Katalitik kreking.
- Katalitik reforming.
- Kimyoviy reaksiya.
Polimerlanish Kichik molekulali moddalar (monomerlar) ning katalizatorlar ishtiroki bilan o‘zaro ta’siri natijasida yuqori molekulali modda (polimer)ni olish polimerlanish jarayoni deb yuritiladi. Ushbu jarayon katalizatorlar ishtirokida olib boriladi. Plastmassalar, sintetik kauchuklar, moylar va boshqa mahsulotlarni olishda polimerlanish jarayonidan foydalaniladi. Masalan, katalizator (fosfor kislotasi) ishtirokida propilenning polimerlanishi orqali yuvuvchi vositalar ishlab chiqarishda qo‘llanilinadigan propilen tetrameri olinadi. Propilenning polimerlanishi natijasida yuqori sifatli plastmassa (polipropilen) ishlab chiqariladi. Izobutilenning polimerlanishi orqali qattiq poliizobutilen yoki suyuq poliizobutilen olinadi.
Piroliz Neft distillyatlari (benzin, kerosin) yoki gaz (etan, propan)ni piroliz qilish neft kimyosi uchun muhim ashyo bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlar (etilen, propilen, butadien)ni ishlab chiqarishda asosiy jarayon hisoblanadi. Piroliz paytida aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol) va pirokondensat ham olinadi. Ushbu jarayon bosim 0,01 MPa dan past bo‘lganda va haroart 650-900 C atrofida o‘zgarganda amalga oshiriladi.
Katalitik kreking
Ushbu jarayon orqali (harorat 420-530 C; bosim 0,1-0,3 MPa; alyumosilikat, tseolit ushlovchi va boshqa katalizatorlar ishtiroki bilan) turli distillyatlar va qoldiq xom ashyodan yuqori oktanli benzinlar va tarkibida yuqori kontsentratsiyali propan-propilen hamda butan-butilen fraktsiyalarini ushlagan gaz olinadi.
Normal uglevodorodlar (pentan, butan, benzin fraktsiyasi)ni izomerlash yo‘li bilan alkillash uchun ishlatiladigan izobutan yoki sintetik kauchuk va benzinning yuqori oktanli komponentlarini olish uchun xom ashyo hisoblangan izopentan olinadi. Jarayon harorat 120-150 C va bosim 1 MPa gacha bo‘lgan sharoitda olib boriladi.
Katalitik reforming
Jarayon benzin fraktsiyalaridan yuqori oktanli benzinlarni olish, aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, etilbenzol, ksilollar)ni ajratish va texnik vodorodni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Jarayon tarkibida 70-80% (hajm bo‘yicha) vodorodni ushlagan gaz bilan tsirkulyatsiya qilish orqali amalga oshiriladi. Harorat 450-530 C va bosim 1,5-4,0 MPa atrofida o‘zgaradi. Ushbu jarayon turli katalizatorlar (asosan, platinali katalizator) ishtirokida olib boriladi. Riforming paytida tarkibida katta miqdorda vodorodni ushlagan gaz ham olinadi. Bu gazdan neft mahsulotlarini oltingugurtsizlantirish, ya’ni gidrotozalashda foydalaniladi.
"Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" MChJ
Kimyoviy reaksiya - sodda qilib hamma tushinadigan tilda aytadigan bo'lsak, turli xil modda zarrachalarining bir - biri bilan to'qnashuvi natijasida issiqlik, yorug'lik, hid va h.k larning hosil bo'lish jarayonini aytish mumkin.
IZOH: barcha zarrachalarning to'qnashuvini ham reaksiya deb hisoblab bo'lmaydi. Faqatgina bir - biri bilan to'qnashganda yangi mahsulot hosil bo'lsagina, bunday jarayonlarni inobatga olishligimiz mumkin bo'ladi.
Atrofimizda sodir bo'ladigan barcha kimyoviy jarayonlar asosida kimyoviy reaksiyalar yotadi.
Biz kimyoviy reaksiya sodir bo'lganini qayerdan bilib olamiz?
Kimyoviy reaksiya sodir bo'lganida quyidagi belgilar yoki shu belgilardan ayrimlari yuzaga kelishi mumkin:
1) Issiqlik va yorug'lik hosil bo'ladi; (4P + 5O2 = 2P2O5 + Q + hv)
2) Idish tubiga turli rangdagi cho'kmalar hosil bo'ladi;
(NaCl+AgNO3=NaNO3+AgCl)
3) Gaz chiqadi; (FeS+2HCl = FeCl2+H2S)
4) Rang o'zgarishi yuz beradi; (FeCl3+3NH4SCN = Fe(SCN)3+3NH4Cl)
O'zi kimyoviy reaksiyalarning mohiyati qanday? - atomlar va ionlar qayta taqsimlanadi yoki bu zarrachalarning almashinishi sodir bo'ladi, kimyoviy bog' qayta tuziladi (uzilish va kimyoviy bog'ning o'zgarishi, hosil bo'lishi), bunda odatda elektronlarning qayta taqsimlanishi sodir bo'ladi, energiya o'zgaradi (alohida moddalarning energiyalarining o'zgarishi sodir bo'ladi)
Kimyoviy reaksiyalarda reaksiyaga kirishayotgan moddalar dastlabki moddalar yoki reagentlar deb ataladi. Reaksiya natijasida hosil bo'lgan moddalarni esa reaksiya mahsulotlari deb ataladi.
Kimyoviy reaksiyalarni formulalar yordamida ifodalab ko'rsatadigan bo'lsak, buning uchun albatta biz KIMYOVIY TENGLAMAlardan foydalanamiz.
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT:
|
| |