|
Elektron pullardan foydalanish
|
bet | 8/11 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 2,83 Mb. | | #123194 |
Bog'liq Rаqаmli nаqd pullar MUSTAQIL ISH SSV to\'liqnElektron pullardan foydalanish
Qoidaga ko‘ra, elektron pullarning egasi bo‘lgan jismoniy shaxs elektron pullardan to‘lovlarni va elektron pullar tizimining qoidalarida belgilangan hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shartlar asosida egasidan elektron pullarni mazkur tizimning boshqa ishtirokchisiga o‘tkazish orqali boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalanadi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda faqat respublikamiz hududida chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi belgilangan.
Elektron pullar tizimida har bir elektron pullar egasiga mazkur tizim qoidalari, elektron pullarni chiqarish, foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnoma hamda emitent va operator o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq elektron hamyon shakllantiriladi yoki oldindan to‘langan karta (prepaid card) ko‘rinishida emitent, operator yoki elektron pullar tizimining agenti tomonidan beriladi. Operator elektron pullarni ayirboshlash operatsiyalarini turli elektron pullar tizimlari hamda ko‘p emitentli elektron pullar tizimi doirasida amalga oshirishi mumkin. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan chiqarilgan chet el valyutasida nominallashtirilgan elektron pullarni ayirboshlash operatsiyalari mazkur sub’ekt bilan shartnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda emitent tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan. Elektron pullar egasi tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga to‘lovni amalga oshirish maqsadida elektron puldan foydalanishi mumkin. Bunda emitent yoki operator tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga maxsus elektron hamyonlar shakllantiriladi. Ushbu elektron hamyonlarga faqat realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun elektron pullarni, keyinchalik bank hisobvaraqlariga ularning nominal qiymatiga teng bo‘lgan pul mablag‘lari summasini o‘tkazish maqsadida qabul qilinadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning maxsus elektron hamyonlaridagi elektron pullar mazkur tizimda qayta realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
|
| |