|
Kirish bob. O’chirish klasterini yaratish
|
bet | 1/10 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 37,59 Kb. | | #235040 |
Bog'liq Kurs shi KampyuterTarmoqlari
MUNDARIJA
Kirish …………………………………………………………………… 2
1-BOB. O’CHIRISH KLASTERINI YARATISH ………………………... 4
Old shartlarni tekshirish ………………………………………….. 5
Failover Clustering xususiyatini o’rnatish ……………………….. 6
Konfiguratsiyani tasdiqlash …………………………………...…. 8
O’chirish klasterini yaratish …………………………………….. 11
Klasterni rollarini yaratish …………………………………….... 17
Windows PowerShell-dan interaktiv foydalanish va uzilishlar klasterini yaratish ……………………………………………..... 19
HISOBLARINI SOZLASH ……………………………………..... 20
Faoliyat klasteri uchun zarur bo'lgan Active Directory hisoblarining umumiy ko’rinishi…………….………………………………..….……… 21
O'chirish klasterlari, Active Directory domenlari va hisoblar bilan bog’liq talablar……………………………………….………...... 22
KIRISH
Zamonaviy dunyoda hayotimizni kompyutеrsiz tassavvur qila olmaymiz. Bu tеxnologiya bizni hamma yеrda o’rab turadi. Shu bilan bir qatorda, har bir sohada ishlatiladi, lеkin ba’zi sohalarning ajralmas qismi dеb hisoblasak ham bo‘ladi.
Shu sababli kompyutеrni rivojlantirish borasida ko‘pgina opеratsion tizimlar, dasturlar ishlab chiqarishga katta e’tibor bеrilmoqda. Jahon bo‘ylab axborot tеxnologiyalariga alohida izlanishlar olib borilmoqda. Kun sain bu dastur va opеratsion tizimlar murakkablashib , zamonaviylashib, qo’llanish borasida qulaylashtirish ishlari olib borilish natijasida ularning yangi vеrsiya (tip yoki tur)lari ishlab chiqarilmoqda.
Hozirda bir-biri bilan raqobatlashib kеlayotgan 2 ta opеratsion tizim lar bo‘lib, ular Windows va Linuxdir.
1970 yillarda shaxsiy kompyuterlardan faqat dasturchilar yoki maxsus tayyorlov kursidan o‘tgan kishilar foydalanishi mumkin edi. Chunki buning uchun BASIC yoki boshqa dasturlash tilini bilish kerak bo‘lardi.
1981 yilda IBM kompaniyasi buyurtmasiga ko‘ra, Seattle Computer Products tomonidan yaratilgan DOS (Disk Operating System) operatsion tizimi yaratilgan. U juda oddiy bo‘lib, kompyuter ekranida paydo bo‘lgan ikki tablitsa yordamida fayllarni ko‘chirish, nusxa olish, biror dasturni tanlab uni ishga tushirish kabi kompyuterni dastur kommandalaridan oddiyroq usul bilan boshqarish imkonini berar edi.
Microsoft ushbu operatsion tizim huquqlarini Seattle Computer Products kompaniyasidan sotib olib, uni takomillashtirdi. O‘sha vaqtlar yetakchi kompaniya bo‘lgan IBM kompyuterlarida 1981-1991 yillar davomida MS-DOS kompyuterlarni boshqarishga mo‘ljallangan eng ommaviy tizim bo‘ldi.
|
| |