KOMPYUTER IMITATSION MODELLARNING TA`LIM JARAYONIDAGI O`RNI




Download 83,23 Kb.
bet3/3
Sana12.02.2024
Hajmi83,23 Kb.
#155190
1   2   3
Bog'liq
Chet tilini o‘rganishda AKT
Ergashev , 7 sinflar-uchun-oylik-testlar, 7-1, 7-1matematika, 7-algebra, paygambarlar tarixi 1 ziyouz com, Arxivlangan fayl, Emotsional holatlar Qurbonova Iroda(PSIXOLOGIYA), Transport masalasi, 2, Mustaqil ish115, oneID, Loyhalashtirish, Taqdimot (4), Loyhalashtirish kitob
KOMPYUTER IMITATSION MODELLARNING TA`LIM JARAYONIDAGI O`RNI
Mamlakatimizda qabul qilingan va amalga oshirilayotgan «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning asosiy maqsadi ta’lim tizimini takomillashtirish va jahon andozalari talablari darajasida tashkil qilishdan iborat bo‘lib, bunda qilinishi lozim bo‘lgan asosiy yo‘nalishlardan biri talabalarning faolligini oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshirishdan iborat [2, 44].
Ta`lim jarayonida ko`pgina o`qituvchilarni duch kelgan muammolari shundaki, ularni multimedion axborot resurslari bilan ishlashidir. Ma`lumki hozirda maktablarda ko`pgina darslarni o`tish jarayonida kompyuter texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirilishi hech kimga sir emas. Ushbu holat shuni aytish lozimki maktablarda yoki boshlang`ich ta`limda yosh avlodni tarbiyalshda o`qitish metodikasini mukammal egallagan malakali kadrlar ehtiyojini qondirish eng birinchi maqsad hisoblanadi. Chunki bunday innovatsion yangiliklarga asosan tarbiya beruvchi hamda unga yo`naltiruvchi shaxs tayyor turishi hamda mukammal bilimga ega bo`lishi shart.
Odatda multimedia degan tushuncha haqida so`z yuritilganda ko`z oldimizga harakatlangan hamda tovush orqali bizga ma`lumot yetkaziladigan axborotni tushunamiz, lekin eng avvalo ushbu jarayonni amalga oshirilishini va paydo bo`lishini bilish maqsadning boshi hisoblanadi. Ushbu atama XX asr boshlarida paydo bo`lgan bo`lib hozirda ta`limda o`z o`rnini topgan. Multimediali dastur asosan matn shaklida, video, ovoz hamda taqdimot shakllarda bo`lishi mumkin. Uning qulayliklaridan biri shundaki ma`lumotni qabul qilish oson tez hamda sifatli bo`lishi yanada multimediyani imkoniyatlarini namoyon qiladi. Multimediya deganda undagi o`z ichiga oladigan elementlarisiz tasavvur qilib bo`lmaysi. Chunki ushbu vosita elemetlarsiz vujudga kelmaydi, ularning eng birinchi asosi bu axborot hisoblanadi, sababi axborot orqali boshqa innovatsion vositalar rivojlanishini ko`rishimiz mumkin. Multimediya deganda undagi modellarni ham esdan chiqarmaslik kerak zero imitatsion modelllar bu multimediya vositalari va maxsus dasturlar orqali hosil bo`lgan natija hisoblanadi. Ushbu dasturlarni hozirda nafaqat yevroppa davlatlarida balki Respublikamizda ham ko`pgina olimlar hamda professor o`qituvchilar tomonidan foydalanilib o`quv jarayonlarida taqdim qilinmoqda. Xususan professor M.X.Lutfillayev, M.M.Aripov, A.A.Abduqodirov, R.Boqiyev, S.S.Gʻulomov, A.X.Abdullayev. Ularning ishlarida virtual stend yaratish va ularni oʻquv jarayoniga qoʻllash bugungi kunning dolzarb masalalardan biri ekanligi koʻrsatilgan. Ta’limga axborot texnologiyalarini joriy etish muammolari boʻyicha A.H.Abdullayev, M.H.Lutfullayev, A.R.Maraximov, A.Nishanov, O.N.Roʻzimurodov, M.X.Gʻulomova, R.H.Hamdamov va boshqalar ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishgan. Pedagogik dasturiy vositalar va elektron oʻquv-uslubiy adabiyotlar yaratish muammolari boʻyicha F.Zakirova, K.Tursunmetov, N.I.Taylaqov, M.N.Soy, A.Gʻ.Hayitov va boshqalar tadqiqot ishlari olib borishgan. Oʻquv materiallarini obrazlar koʻrinishida talabalarga taqdim etishda axborot texnologiyalarining dasturiy vositalari asosida ularning kompyuter imitasion modelini yaratish orqali amalga oshirish oʻquv jarayoni samaradorligini oshirishga olib kelishi bir qator ilmiy tadqiqot ishlarida oʻrganilgan.
M
azkur chizmada tizim tushunchasi hamda unga qo`yilgan talablar haqida aytib o`tilgan bo`lib qisqacha ta`rif berib o`tilgan. bu haqda to`liq ma`lumotga ega bo`lish uchun albatta chizmaga murojaat qilish kerak.[ 6, 36].
Quyidagi ushbu tizimning jadval ko`rinishida tasvirlangan bo`lib ushbu jadvalda to`liq o`qitish jarayonini ko`rish mumkin (1-rasm). Ushbu chizmada ko`rsatilgan bo`ginlar bir – biri bilan uzluksiz va uzviy ravishda bog`langan bo`lib, dastlabki bo`gindagi ishlar asosida keying bo`gindagi ishlar tashkil qilinadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, yuqoridagi chizmada ko`rsatilgan bo`g`inlar bir-biri bilan bog`langan tizimni tashkil qiladi. Shuni ta`kidlash lozimki, tizim doirasida olib borilayotgan ishlar ta`lim tizimining samaradorligini oshirishga qaratilgan shu bois, ushbu tizimni pedagogik tizim deb atash mumkin. Ushbu pedagogic tizim doirasida olib boriladigan nazariy va amaliy masalalari xususida to`xtalib o`tamiz. Tizim doirasida olib borilayotgan nazariy ishlarning muhim jihati shundan iboratki, u o`z navbatida bir qator fan yo`nalishlari bo`yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib boorishni taqozo qiladi. Bunday fan yo`nalishlariga ingliz tilini AKT asosida o`qitish metodikasi, pedagogika, psixologiya va boshqa yo`nalishlar kiritish mumkin. Ushbu fan yo`nalishlari olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlariga o`quvchilarga ingliz tilidan berilayotgan ma`lumotlarni qanday ko`rinishda va qancha hajmda ularning mazmun – mohiyatini ochib berishda qo`llaniladigan pedagogik metod, usullar va psixologik jihatlarni tadqiq qilish kabi ilmiy- uslubiy ishlar kiradi.
Ingliz tilini maktabgacha ta`lim muassasalarida, umum ta`lim maktablari, kasb- hunar kollejlari, litseylar, oliy ta`limni qamrab oladigan o`qitish tizimini yaratish va o`quv jarayonida joriy etish maqsadga muvofiq.
Ushbu o`qitish tizimini yaratishdan maqsad farzand dunyoga kelgandan boshlab uning ulg`ayib boorish davri mobaynida ta`lim muassalarining turli bo`ginlarida bilim olishi ta`minlanadi. Ingliz tilini o`qitish va o`rganishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan (AKT) foydalanib o`quv-metodik adabiyotlar tizimini yaratish va o`quv jarayonini tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Demak imitatsion modellar kelajakda ulg`ayib voyaga yetayotgan yosh avlod uchun bilim olish hamda uni amalga qo`llash haqidagi jarayonni olg`a surishga yordam beradi. Bunday tizimni agar yosh avloddan boshlasak, ularda bilim olish jarayonida yuzaga keladigan har xil qiyinchiuliklar so`z boyliklaridan tortib, to murakkab brikmalarni har xil obrazlarda yaratilsa, jarayonni obraz shaklida ko`rsatilsa bilim olish uchun katta imkoniyatni ochib beradi. Ushbu tizimning asosiy bo`ginlaridan biri bo`lgan oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalarida inglzi tilini AKT asosida o`qitishning o`quv-uslubiy jihatlarini yaratish va o`quv jarayoniga joriy etishning nazariy va amaliy jihatlarini ishlab chiqarish masalalarini ham ko`rib chiqiladi.
Download 83,23 Kb.
1   2   3




Download 83,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KOMPYUTER IMITATSION MODELLARNING TA`LIM JARAYONIDAGI O`RNI

Download 83,23 Kb.