Elektron axborot ta’lim resurslarini chet tili darslarida qo`llash hamda unga qo`yiladigan talablar




Download 83,23 Kb.
bet2/3
Sana12.02.2024
Hajmi83,23 Kb.
#155190
1   2   3
Bog'liq
Chet tilini o‘rganishda AKT
Ergashev , 7 sinflar-uchun-oylik-testlar, 7-1, 7-1matematika, 7-algebra, paygambarlar tarixi 1 ziyouz com, Arxivlangan fayl, Emotsional holatlar Qurbonova Iroda(PSIXOLOGIYA), Transport masalasi, 2, Mustaqil ish115, oneID, Loyhalashtirish, Taqdimot (4), Loyhalashtirish kitob
Elektron axborot ta’lim resurslarini chet tili darslarida qo`llash hamda unga qo`yiladigan talablar.
Respublikamizda ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarni qo‘llashga doir keng ko‘lamda ishlar olib borilmoqda. Ushbu muammoning ilmiy-nazariy asoslari, har bir pedagogik texnologiyaning o‘ziga xos jihatlari ishlab chiqilib, yetarli darajada tajribalar to‘plandi. Ta’lim jarayoniga pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etishda xorijiy mamlakatlarning tegishli tashkilotlari yaqindan yordam ko‘rsatmoqda. Malumki ushbu yo`nalishni amalga oshirishda eng birinchi chet tilini o`rganishda qaratildi. Chet tilini ayniqsa ingliz tilini o`rganishda axborot vositalarni qo`llash undagi dasturlarni ishlab chiqarish ham talablarni amalga oshirish o`zini natijalarini bermoqda. Albatta bularni barchasi zamonaviy dasturlar bo`lib o`quv jarayonida foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan qulayliklar majmuasiga aytiladi.
Zamonaviy o’quv elektron nashrlarni tahlil etish ularning murakkab tuzilishga ega bo’lib, kassifikatsiyaga muxtojligini ko’rsatdi. Elektron o’quv nashrlar klassifikatsiyasi asosida ham o’quv, ham electron hamda dasturiy vositalar klassifikatsiyalarining umumiy metodlari yotadi.
O’quv jarayonining asosiy turi ma’ruza hisoblanadi. Ma’ruza –talabalar tomonidan o’zlashtirilishi kerak bo’lgan o’quv materiali uchun yo’naltiruvchi asos bo’lgan bilimlarni shakllantiruvchi o’quv jarayonining tashkil qilinish shaklidir. Ma’ruzaning uchta asosiy turi mavjud bo’lib, ular kirish ma’ruzasi, infomatsion ma’ruza va obzor ma’ruzalaridir.O’rganilayotgan fan predmeti va didaktik maqsadlardan kelib chiqib, ma’ruzalarninng quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin: muammoli ma’ruza, visual ma’ruza, press-konferensiya m’ruza va hokazo.Ma’ruzalarda qo’llaniluvchi elektron o’quv nashrlari bayon etiluvchi materialni videotasvirlar, ovozli animatsion roliklar bilan boyitish, ma’ruzachiga murakkab jarayonlarni namoyish etishga yordam berishi kerak. Nazariy materialni o`rganishni tashkil etishda quyidagi turdagi elekctron o’quv nasrlaridan foydalanish mumkin:
•Videoma’ruza.Ma’ruza videokamera yordamida yozib olinadi.Ushbu ma’ruza turining yutuqli tomoni uni qilay vaqtda takror eshtish mumkinlgi va qiyin joylariga to’xtab ketish imkoniyatining mavjudligidir.
•Multimedia ma’ruza.Mustaqil ta’lim uchun o’rgatuvchi interaktiv dasturlar yaratilishi mumkin.Bunday o’quv qo’llanmalaridan foydalanishda har bir o’quvchi o’zi uchun qulay bo’lgan o’rganish traektoriyasini , optimal o’rganish tempini va usulini tanlashi mumkin. O’zlashtirish ko’rsatkichi ko’p jihatdan nazorat qiluvchi vositalar hisobiga ham ko’tarilishi mumkin.
•An’anaviy nashrlar: elektron ma’ruza matnlari, tayanch konspektlar, nazariy materialni o’rganish bo’yicha uslubiy qo’llanmalar va hokazo.
Talabalarning axborot texnologiyalari asosidagi mustaqil ta’limi quyidagilarni o’z ichiga oladi: electron darslik bilan ishlash, videokolleksiyalarni tomosha qilish, audiokassetalarni eshitish, kompyuterli trenajerlarda ishlash, kompyuterli testdan o’tish va boshqalar.
Hozirgi paytda bilimlarni nazorat qilishning barcha turlarini elektron o’quv nashrlari yordamida maxsus ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari asosida amalga oshirish mumkin.Ayniqsa, elektron o’quv nashrlaridan joriy va oraliq nazorat tizimida foydalanishning samarasi yuqoridir. Kompyuter test dasturlari o’rganuvchilar uchun o’z-o’zini nazorat vositasigina bo’lib qolmay, joriy va oraliq nazoratning vazifasini o’z ustiga oladi.Bunday test dasturi o’zgartirish mumkin bo’lmaydigan mustaqil programma bo’lishi yoki o’qituvchi tomonidan to’ldirib, modifikatsiyalandigan qoboq dastur ham bo’lishi mumkin.Tarix ta’limida o’quv amaliyotining muhim ahamiyati bor. Kompyuter imitatsion modellar, trenajerlar vositasi bo’lib xizmat qiladi.Kompyuter dasturlari yordamida arxiologik qazilmalarga, etnografik materiallar yig’ish, yodgorliklarni rekonstruksiyalash, arxiv xujjatlari bilan tanishishga tayyorgarlik treninglari tashkil etilishi mumkin.Arxiv va muzeylarni kompyuterlashtirish arxiv va muzey praktikasini msofadan o’tqazish imkonini yaratadi.O’quv elektron vositalari qatorida O’quv-uslubiy majmualar muhim o’rin tutadi. O’UM lar nazariy material bilan birga amaliy vazifalar, testlar , ilovalar va boshqalarni saqlaydi.O’UM lar strukturalangan mantiqan bog’langan didaktik elamantalardan tashkil topgan raqamli va analog shakldagi multimedia kurslari sifatida taqdim etilishi mumkin.Zamonaviy o’quv multimedia kursi – video va audio materiallar bilan boyitilgan matnli interaktiv materialgina bo’lmay, undagi o’quv materiallari turli shakl va turli axborot tashuvchilarda joylashtirilishi kerak.Multimedia kurs ta’lim oluvchiga illyustrativ, ma’lumotli, trenajerli va nazorat qiluvchi qismlari yordamida kompleks ta’sir o’tkazish vositasi hisoblanadi. O‘UMning asosini uning interaktiv qismi egallaydi.Ushbu qism faqat kompyuterda realizatsiyalanadi. Unga quyidagilar kiradi:
-elektron darslik;
- electron ma’lumotnoma;
- trenajerli majmua;
- misol va masalalar to’plami;
- electron laboratoriya praktikumi;
- kompyuterli test tizimi.
Elektron darslik nazariy materialni mustaqil o’rganishga mo’ljallangan bo’lib, unung gipermatnli tuzilishi individual ta’lim traektoriyasi bilan ishlash imkoniyatini beradi.
Elektron xrestomatiya – darslik mazmunini to’ldiruvchi matnlar to’plamidir. Xrestomatiya tarkibiga xujjatlar, badiiy asarlar va ulardan parchalar kiritilishi mumkin. Xrestomatiyaga kiritilgan matnlarning xususiyatlari yoritilgan metodik ko’rsatmalar o’quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ko’rsatmalar matn bilan o’quv materiali orasidagi bog’lanishni amalga oshruvchi hamda o’quvchi-talabalarning seminar ba amaliy mashg’ulotlarga tayyorlanishida yo’naltiruvchi vosita hisoblanadi.
Elektron ma’lumotnoma foydalanuvchiga zarur vaqtda kerakli axborotni kompakt shaklda tezkor olish imkoniyatini beradi. Odatda elektron ma’lumotnoma terminlarning ro’yxatidan iborat bo’lib, ro’yxatning har bir elementi giperaktiv hisoblanadi, ya’ni uni faollashtirish natijasida termin
mazmuni, tarjimasi yoki izoxi keltirilgan giperssilkaga murojaat etiladi.Elektron ma’lumotnomaning mavjudligi ixtiyoriy O’UM uchun zaruriy shart hisoblanadi.
Tarix ta’limida Internet resurslari. Elektron o’quv nashrlari ichida Internetda joylashtirilgan tarmoq resursalari ko’proq tarqalmoqda.Tarixiy mavzudagi Internet resurslarining ham soni ortmoqda.Asta-sekin tarixiy resurslarning berilganlar bazalari, maxsus katalog va qidiruv tizimlari vujudga keldi. Tarmoq ilmiy-ta’lim resurslari bilan ishlash o’ziga hos xususiyatlarga ega bo’lib, tarmoqda ,brauzerlar bilan ishlash malakasini, Internetda axborot izlash , uni qayta ishlash va saqlash usullari bilan tanish bo’lishni talab etadi.Internetda ishlamoqchi bo’lgan tarixchi oldida turadigan birinchi muammo – axborot qidirish muammosidir.Keyingi muammo – topilgan resurslarning ta’lim maqsadlarida foydalanishga yaroqliligini aniqlashdan iborat. Davlat ta’lim standartlariga mos kelish nuqtai nazaridan tekshirilmaydigan ko’plab tarixiy resurslar mavjuddir. Ixtiyoriy kursni o’rganish jarayonida Internetdan olingan o’quv qo’lanmasining ta’lim muassasasi o’quv dasturiga mos kelmasligi muammosi vujudga kelishi mumkin.Internetdan olinadigan ma’lumotlarning nihoyatda turli-tuman xarakterda ekanligi ularni qayta ishlash uchun kerak bo’ladigan dasturiy va texnik vositalarni tanlash muammosi lelib chiqadi.Matnli, grafik, audio-video axborotlarni tasvirlashning ko’plab formatlari mavjud.Ushbu muammolarni hal etishning ba’zi yo’llarini ko’rib o’tamiz. Nimani qidirish kerak? – bu savolga javob berishda o’z ta’lim faoliyatida tarixchi o’quv rejasiga murojaat etadi. Shunindek strukturasi, taqdim etilish tipi, maqsadi va bayon etilash shakli jihatidan farq qiluvchi axborot xarakterini aniqlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Qanday izlash kerak bo’ladi? – zaruriy axborotning Internetdagi joyini toppish uchun ushbu axborot joylashtirilgan resurslarni qidirish lozim bo’ladi. Bunday ma’lumotlarni qidiruv tizimlarining berilganlar bazalarida, qidiruv kataloglaridan topish mumkin.Asosiy rus tilidagi qidiruv tizimlariga rambler, yandex, aport, google’ lar kiradi.Bunday tizimlarda qidiruv matn ko’rinishida ifodalangan so’rovlar asosida amalga oshiriladi. Amalda bir nechta qidiruv tizimlarinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki qidiruv
tizimlarining berilganlar bazalari bir-biridan farq qiladi.Maxsus tarixiy kataloglar biror qidiruv, axborot yoki ilmiy-tadqiqot resursi tarkibida yoki mustaqil resurs sifatida mavjud bo’ladi. Qidiruv tizimlaridan farqli ravishda kataloglar foydalanuvchilar umidlarni ko’proq darajada oqlaydilar, chunki qidiruv oldindan tanlangan mavzu bo’yicha materiallar ichida amalga oshiriladi.
Chet tili o`qitishda kerakli bo`ladigan asosiy multimedion qurilmalarni roli katta hisoblanadi. Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda visual materiallar audio qurilmalar o`qitish jarayonini faollashtirishni yanada mustahkamlaydi. Multimedia vositalari bilan dars jarayonlarni o`tish texnologiya rivojlanishi ya`ni XX- asrdan boshlangan bo`lsa ham undagi natijalarni samaradorligi qoniqarli ekanligini ko`rishimiz mumkin.



Download 83,23 Kb.
1   2   3




Download 83,23 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron axborot ta’lim resurslarini chet tili darslarida qo`llash hamda unga qo`yiladigan talablar

Download 83,23 Kb.