Reja: Ma’lumotlarni




Download 89,5 Kb.
bet1/4
Sana17.01.2024
Hajmi89,5 Kb.
#139789
  1   2   3   4
Bog'liq
13-Ma\'ruza TSQI

  1. ma’ruza. Signal protsessorlarida adreslash usullari. Signal protsessorlari uchun tizimli va amaliy ishlov berish dasturlari.


Reja: 1. Ma’lumotlarni taqdim etish formatlari va shakllari

    1. Qo‘zg‘almas vergulli ma’lumotlarni taqdim etish

    2. Signal protsessorlarida adreslash usullari

Signal protsessorlarning ishlov berish algoritmlarida ma’lumotlar konstantalar, o‘zgaruvchilar va massivlarning ramziy nomlari yoki bevosita konstantalar bilan taqdim etiladi. Ma’lumotlarning protsessorda taqdim etilish va ishlashini belgilovchi muhim xarakteristika bu ma’lumotlar turidir. Ma’lumotlarning quyidagi asosiy turlari mavjud:

  • butun;

  • xaqiqiy;

  • kompleks;

  • mantiqiy;

  • matnli.

Signallarni ishlashga bevosita bog‘liq bo‘lgan hisoblash bloklaridagi raqamli ishlov berish algoritmlarida, qoidaga ko‘ra, quyidagi ma’lumot turlari qo‘llaniladi:

  • xaqiqiy tur - kirish va chiqish signallarini hisoblash, tenglamalar koeffitsentlari, diskret Fure o‘zgartirishi (DFO‘) va impulsli xarakteristikalarni hisoblash, chastota xarakteristikalari qiymatlari:

  • kompleks tur - xaqiqiy va tasavvurdagi qismlarga mos keluvchi xaqiqiy turdagi ma’lumotlarning tartiblangan juftligi ko‘rinishida;

  • butun tur - hisoblashlar va koyeffitsentlar soni va nomeri, massivlar razmeri, hisoblagichlar tartibi;

  • mantiqiy tur - bitta-bit ishlov berish amallarida.

Adreslar (ma’lumotlarni saqlovchi xotira yacheykalari nomerlari)ni boshqarish va hisoblash amallari protsessorlar arxitekturasida ko‘zda tutilgan maxsus qurilmalar yordamida amalga oshiriladi, shuning uchun bunday hisoblashlar ma’lumotlarni ishlashga ta’luqli emas va ushbu bobda ular haqida so‘z yuritiladi.
SRIB algoritmlarida hisoblashlarning eng katta hajmli xaqiqiy turdagi ma’lumotlar bilan bog‘liq va bu bobda unga eng ko‘p e’tibor ajratiladi. Butun turdagi hisoblashlar hajmi kichik bo‘lgan ma’lumotlarlarga ishlov berish muhokama qilinadi.
Dastur buyruqlaridagi, assembler tilida tuzilgan ma’lumotlar:

  • konstantalar, o‘zgaruvchilar va massivlarning ular saqlanayotgan xotira yacheykalari adreslariga mos keluvchi ramziy nomlari;

  • o‘zlari saqlanayotgan registrlar nomlari;

  • bevosita konstantalar bilan taqdim etiladi.

Protsessorlarda ma’lumotlarni taqdim etish ular saqlanayotgan razryadliligiga, yacheyka va registrlarda razryadlarning funksional taqsimlanishi (belgili, katta va kichik), shuningdek, protsessorda arifmetik
vazifalarning bajarilish spetsifikasiga bog‘liq. Shuning uchun ma’lumotlarni taqdim etish protsessorda qo‘llaniladigan arifmetik turga bog‘liq (qo‘zg‘almas vergulli (QV) yoki suruluvchi vergul (SV)).
O‘rnatilayotgan materialni soddalashtirish uchun hisoblashning ikkilik tizimi masalalari va ikkilik sonlar ustida arifmetik amallarni bajarish qoidalari muhokama etilmaydi.



Download 89,5 Kb.
  1   2   3   4




Download 89,5 Kb.