|
Xaqiqiy sonlarni taqdim etish
|
bet | 4/4 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 89,5 Kb. | | #139789 |
Bog'liq 13-Ma\'ruza TSQI Xaqiqiy sonlarni taqdim etish.
Kasr sonlarni QV shaklda “so‘z” va “ikkitalik so‘z” formatlarida taqdim etish bitlarni quyidagicha funksional taqsimlanishi nazarda tutadi. Katta bit belgili bit sifatida qo‘llaniladi; katta bitning 0 ga teng qiymati musbat belgiga to‘g‘ri keladi, uning 1 ga teng qiymati manfiy belgiga mos keladi, nol soni musbat hisoblanadi; qolgan bitlar qiymatga ega hisoblanadi.
Belgili bitlardan tashqari barcha bitlar qiymatga ega hisoblanadi; ular formatning chap qirrasi bo‘yicha tiziladi, ya’ni katta bit kasrli ikkitalik sonning katta razryadiga mos keladi; “ortiqcha” kichik bitlar nolga keltiriladi.
Katta, belgili bitdan keyin butun qismni (0 ga teng) kasr qismdan ajratuvchi nuqta (vergul) mantiqan qayd etiladi. Formatning kasr son berilgan ramziy belgilanishi Qb ko‘rinishiga ega, bu yerda b - kasr sonning qiymatga ega bitlari soni. kasr sonning Q7 formatda taqdim etilishiga misol keltirilgan; bitlar og‘irligi ko‘rsatilgan va ikkitalik kasr sonni o‘ntalikka o‘tkazish qoidasi berilgan.
|
| |