Ma’lumotlar formati ma’lumotlar saqlanadigan xotira va registrlar yacheykalari razryadliligiga bog‘liq. Format ma’lumotlarni protsessorning o‘zida taqdim etishning mumkin bo‘lgan uzunligini belgilaydi. Ma’lumotlarni taqdim etishning quyidagi asosiy formatlari mavjud:
bayt;
yarim so‘z;
so‘z;
ikkitalik so‘z;
kengaytirilgan so‘z.
Ushbu formatlardan asosiylari so‘z, ikkitalik so‘z va kengaytirilgan so‘z. 10.1-rasmda ma’lumotlarning SPlarning ayrim modellaridagi formatlariga misol keltirilgan. Xuddi shu yerda ma’lumotlarni taqdim etish shakllari (so‘zuvchi nuqta, qayd qilingan nuqta) ham berilgan. So‘z operativ xotiraning n-razryadli yacheykalaridan birining yoki n-razryadli yacheykalardan birining tarkibini aks ettiradi. Shuning uchun so‘z, odatda, boshlang‘ich va yakuniy ma’lumotlarning tashqi tasvirlashni xarakterlaydi. P so‘z uzunligi bitlarda o‘lchanadi va kattaligi bo‘yicha ma’lumotlar xotirasi yoki registrning tegishli yacheykasi razryadliligiga teng.
-
Protsessor
|
Format (bit)
|
Tasvirlash formasi
|
So‘z
|
Ikkilik so‘z
|
Kengaytirilgan so‘z
|
|
|
|
|
|
SV, QV QV
QV SV, QV
QV
SV, QV QV
QV SV SV
|
TMS320C3x
|
|
32
|
64
|
40
|
TMS320C55xx
|
16
|
32
|
40
|
TMS320C64xx
|
32
|
64
|
40
|
TMS320C67xx
|
32
|
64
|
40
|
Motorola
|
|
|
|
DSP560xx
|
24
|
48
|
56
|
DSP9600x
|
32
|
64
|
44
|
MSC810x
|
16
|
32
|
40
|
Analog Devices
|
|
|
|
ADSP-21xx
|
16
|
32
|
40
|
ADSP-210x
|
32
|
64
|
40
|
ADS-TS 001
|
32
|
64
|
80
|
13.1-rasm. SP da ma’lumotlarni formatlari va tasvirlash formalari.
Ikkitalik so‘z xotiraning bir juft n-razryadli registri qo‘shni yacheykalari bitta 2n-razryadli registri yoki n-razryadli bir juft qo‘shni registrlari tarkibini aks ettiradi, shuning uchun ikkitalik so‘z ma’lumotlar tasvirlashni o‘ta aniqlikda xarakterlaydi. Ikkitalik so‘z uzunligi 2n bitga teng. Kengaytirilgan so‘z k-razryadli akkumulyator yoki chiqish registri tarkibini aks ettiradi va ma’lumotlar (oraliq va yakuniy hisoblashlar natijalari )ning ichki tasvirlashni xarakterlaydi. Kengaytirilgan so‘zning uzunligi k-bitga teng. Protsessor arxitekturasiga ko‘ra ma’lumotlarni taqdim etish va registrni belgilash shakllari k kattalik uchun k>2n sharti (qo‘zg‘almias vergulli protsessorlarda) yoki n
Bayt va yarim so‘z ma’lumotlar xotirasi yoki registr yacheykalarining tegishli qismlari tarkibini aks ettiradi.
13. 1-rasmda ayrim SP modellarida ma’lumotlar formatlari va ma’lumotlarni taqdim etish shakllariga misollar keltirilgan. Format ma’lumotlarni taqdim etishning muhim tavsiflari hisoblanadi. Protsessordagi bazaviy format so‘z hisoblanadi, uning uzunligi ma’lumotlarni taqdim etish diapazoni va aniqligini, xotira xajmini, ma’lumotlar shinalari razryadliligini belgilaydi.
2n>
|