|
Ma’lumotlarni taqdim etish shakllari
|
bet | 3/4 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 89,5 Kb. | | #139789 |
Bog'liq 13-Ma\'ruza TSQI Ma’lumotlarni taqdim etish shakllari.
Bitlar ketma-ketligi son ma’lumotlar, ya’ni ikkilik sonlar sifatida qabul qilinishi uchun bitlarning ketma-ketlikda funksional taqsimlash,
berilgan formatda taqdim etilayotgan son turi, berilgan tipdagi sonni taqdim etish shakli to‘g‘risida qo‘shimcha axborot kerak. Bunda aynan taqdim etish shakli son tipi va bitlarni ketma-ketlikda funksional taqsimlash uchun belgilovchi jihat hisoblanadi. Protsessorlarda sonlarni taqdim etish shakllarini ko‘rib chiqishdan oldin, sonlarni yozishning algebraik shakllarini eslatib o‘tamiz. Algebrada xaqiqiy va butun sonlarni yozish uchun ikkita: oddiy (5000; 30,0; -3. 77, 123; 13; 784); ko‘rgazmali yoki yarim
logarifmik (5. 103; 5. 0*103; 1. 3*102: 137. 84*10-1) shakllardan foydalaniladi. Butun sonlarni yozganda vergul qo‘yilmaydi.
Raqamli hisoblash texnikasida dasturda sonlarni yozishda butun qismini kasr qismidan vergul bilan emas, nuqta bilan ajratish qabul qilingan. Protsessorda son ma’lumotlarni taqdim etish shakli sonni yozishning algebraik shaklini aks ettiradi. Xaqiqiy sonlarni yozishning ikkita algebraik shakli (oddiy va ko‘rgazmali)ga binoan protsessorlarda son ma’lumotlarni taqdim etishning ikkita shakli mavjud: qo‘zg‘almias vergulli va suruluvchi vergulli.
Butun tipdagi ma’lumotlar protsessorlarda faqat qo‘zg‘almas vergulli shaklda taqdim etiladi. Xaqiqiy turdagi ma’lumotlar qo‘zg‘almas yoki suruluvchi vergulli shaklda taqdim etilishi mumkin, shunga binoan qo‘zg‘almas vergulli va suruluvchi vergulli SPlar mavjud (13.1-rasm).
2.. Qo‘zg‘almas vergulli ma’lumotlarni taqdim etish
Xaqiqiy turdagi ma’lumotlarni qo‘zg‘almas vergulli shaklda taqdim etish, berilgan format doirasida barcha xaqiqiy sonlar uchun nuqtaning butunni kasr sonlarga bo‘luvchi bir xil o‘rni mantiqan qayd etilishini anglatadi.
Butun ikkilik sonlarning qo‘zg‘almas vergulli shaklda taqdim etilishi, berilgan format doirasida barcha butun sonlar uchun nuqta formatning o‘ng chegarasi orqasida qayd etilishini, ya’ni uning mavjud emasligini anglatadi. Quyida qisqartirish maqsadida “QV yoki SV shaklida taqdim etilgan sonlar” o‘rniga “QVli son” yoki “SVli son” deb ishlatamiz.
Butun sonlarni “so‘z” va “ikkitalik so‘z” formatlarida QV shaklida taqdim etish bitlarning quyidagi funksional taqsimotini nazarda tutadi. Katta bit quyidagicha qo‘llaniladi:
belgili butun sonlarni taqdim etishda belgili sifatida, uning nolga teng qiymati musbat belgiga mos keladi, 1 ga teng qiymati esa manfiy belgiga to‘g‘ri keladi; nol musbat sanaladi, qolgan bitlar qiymatga ega bo‘ladi;
belgisiz sonlarni taqdim etishda katta belgili sifatida; sukut bo‘yicha musbat belgiga ega butun sonlar belgisiz deb ataladi.
Belgili bitlardan tashqari barcha bitlar qiymatga ega hisoblanadi; ular formatning o‘ng chekkasi bo‘yicha tiziladi, ya’ni kichik bit butun ikkitalik sonning kichik razryadiga mos keladi; belgili butun sonning “ortiqcha” katta bitlarda belgili butun sonlarda belgining kengayishi ro‘y
beradi; bu barcha “ortiqcha” bitlar avtomatik ravishda katta belgili bit qiymati bilan to‘ldiriladi; belgisiz butun sonning “ortiqcha” katta bitlari nolga keltiriladi. Belgini kengaytirish amali signal protsessorlarda keng qo‘llaniladi. Quyida ular qo‘shimcha kodlar bilan tanishgach batafsil ko‘rib chiqiladi.
13.1,a,b-rasmda belgili butun sonlarni 8 bit uzunlikka ega “so‘z” formatida taqdim etishga misollar keltirilgan, 13.1,v-rasmda esa xuddi shu formatda belgisiz songa misol berilgan; bitlar og‘irligi ko‘rsatilgan, ikkitalik butun sonni o‘ntalikka o‘tkazish qoidasi berilgan.
|
| |