• Mavzu. SQLtili yordmida malumotlarni tavsiflash
  • Adabiyotlar royxati
  • Ma'lumotlar bazasi - bu ma'lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan ma'lumotlarning nomlangan to'plamidir




    Download 26,01 Kb.
    bet2/2
    Sana07.01.2024
    Hajmi26,01 Kb.
    #131829
    1   2
    Bog'liq
    SQLtili yordmida ma\'lumotlarni tavsiflash

    Ma'lumotlar bazasi - bu ma'lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan ma'lumotlarning nomlangan to'plamidir.
    Ma'lumotlar bazasi - axborot tmzimlarining eng asosiy tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Ma'lumotlar bazasidan foydalanish uchun foydalanuvchi ishini engillashtirish maqsadida ma'lumotlar bazasini boshqarish trizimlari yaratilgan. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) -bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo'lib, ular yordamida foydalanuvchi ma'lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma'lumotlar ustida ish yuritishi mumkin.

    Mavzu. SQLtili yordmida ma'lumotlarni tavsiflash
    Reja:
    1. SQL tilida ma'lumotlarni butunligini ta'minlash.
    2. Ma'lumot jadvallarini yaratish.
    3. Qism so'rovlar bilan ishlash.
    4. Ma'lumot bazasi ob'ektlarini yaratish.
    5. Ma'lumotlarni aniqlash tili (DLL) operatorlari.
    6. CREATE TABLE komandasi.
    7. INSERT komandasi. 8. Har bir ustun uchun tip (toifa) va o'lcham.


    Tayanch so^zlar: CREATE TABLE, Char, character, Int, Smallint, Dec, Number, Float. Ma'lumotlar bazasi ob'ektlarini yaratish. Ma'lumotlar bazasi ob'ektlarini yaratish ma'lumotlarni tavsiflash tili (DLL) operatorlari yordamida amalga oshiriladi. Ma'lumotlar bazasi jadvallari CREATE TABLE komandasi yordamida amalga oshiriladi. Bu komanda bo'sh jadval yaratadi, Ya'ni jadvalda satrlar bo'lmaydi. Bu jadvalga qiymatlar INSERT komandasi yordamida kiritiladi. CREATE TABLE komandasi jadval nomini va ko'rsatilgan tartibda nomlangan ustunlar to'plamini aniqlaydi. Har bir ustun uchun tip (toifa) va 79 o'lcham aniqlanadi. Har bir yaratilgan jadval hech bo'lmaganda bitta ustunga ega bo'dishi kerak. CREATE TABLE komanda ko'rinishi quyidagicha: CREATE TABLE ([]); CREATE TABLE xususiyati quyidagicha: SQL ishlatilayotgan ma'lumot toifalariga ANSI standarti berilgan.. - Char(character) - Int(integer); - Smallint, - Dec(detcimal), - Number, - Float va hokazo Albatta ko'rsatilishi zarur bo'lgan ma'lumot toifasi CHAR. Maydonga yozilgan real simvollar soni noldan (agar maydonda NULL qiymati bo'lsa) CREATE TABLEda berilgan maksimal qiymatgacha bo'ladi. Masalan STUDENT1 jadvalini quyidagi komanda bilan yaratish mumkin: CREATE TABLE Student1 (Student_ID INTEGER, Surname VARCHAR(60), Name VARCHAR(60), Stipend DOUBLE, Kurs INTEGER, City VARCHAR(60), Birthday DATE, Univ_ID INTEGER); Jadvaldagi ma'lumotlarni maydonlar bo'yicha qidirish tanlash amali yetarli darajada tezlatish uchun ma'lumotlarni berilgan maydon bo'yicha indeksatsiya qilish ishlatiladi. Indekslarni bitta yoki bir nechta maydon bo'yicha bajarish mumkin. Indeks komandasini ko'rinishi: CREATE INDEX ON (); Bu komanda bajarilishi uchun jadval yaratilgan bo'lishi kerak va indeksda ko'rsatilgan ustunlar unda bo'lishi kerak. Masalan, agar ExamMarks jadvalidan talabani StudentID maydoni qiymati bo'yicha bahosini qidirish tez-tez talab 80 etilsa, unda shu maydon bo'sicha indeks bajariladi. CREATE INDEX Student_ID_1 ON ExamMarks (Student_ID); Indeksni olib tashlash uchun (bunda uni nomini albatta bilish kerak) quyidagi komanda ishlatiladi. DROP INDEX ; Masalan, DROP INDEX ; Mavjud jadval tuzilmasi va parametrlari uchun ALTER TABLE komandasi ishlatiladi. Jadvalga ustunlar qo'shish ALTER TABLE komandasi orqali quyidagicha bo'ladi: ALTER TABLE ADD( ); Bu komanda orqali mavjud jadval satrlariga yangi ustun qo'shiladi va unga NULL qiymati yoziladi. Jadvalga bir nechta ustun ham ko'shsa bo'ladi. Ular bir biridan vergul bilan ajratiladi. ALTER TABLE MODIFY ( ); Ustun xarakteristikalarini modifikatsiyalashda quyidagi cheklanishlarni hisobga olish kerak: - ma'lumot toifasini o'zgartirishni, faqat ustun bo'sh bo'lsa bajarish mumkin; - to'ldirilmagan ustun uchun o'lcham/aniqlik o'zgartirish mumkin; - to'ldirilgan ustun uchun o'lcham/aniqlik faqat kattalashtirish mumkin; - NOT NULL o'rnatilishi uchun ustunda birorta ham NULL qiymat boTmasligi kerak; - sukut bilan o'rnatilgan qiymatni har doim o'zgartirish mumkin. Ma'lumotlar bazasidan jadvallarni olib tashlash quyidagi komanda bilan bajariladi. 81 DROP TABLE < jadval nomi >; Mumkin bo'lgan ma'lumot qiymatlar cheklanishlari bo'lishi mumkin. Unda CREATE TABLE komandasi quyidagicha bo'ladi. CREATE TABLE ( , , < jadvalga cheklanishlar> (,[< ustun nomi >])); Student jadvalining Student_ID, Surname, Name maydonlarida NULL qiymat bo'lishini taqiqlash uchun so'rov quyidagicha yoziladi: CREATE TABLE STUDENT (Student_ID INTEGER NOT NULL, Surname CHAR(25) NOT NULL, Name CHAR(10) NOT NULL, Stipend INTEGER, Kurs INTEGER, City CHAR(15), Bithday DATE, Univ_ID INTEGER); Ba'zi hollarda biror maydonga kiritilayotgan barcha qiymatlar bir biridan farq qilishi kerak. Bunda shu maydon uchun UNIQUE (yagona) so'z ishlatiladi. Masalan Student jadvalida StudentID qiymatlari farqli bo'lishi uchun so'rov quyidagicha yoziladi. CREATE TABLE STUDENT (Student_ID INTEGER NOT NULL UNIQUE, Surname CHAR (25) NOT NULL, Name CHAR(10 ) NOT NULL , Stipend INTEGER, Kurs INTEGER, City CHAR(15), 82 Bithday DATE); Jadvalda kalit maydonlarni ishlatish komandasi quyidagicha yoziladi: CREATE TABLE Student ( Student_ID INTEGER PRIMER KEY, Surname CHAR (25) NOT NULL, Name CHAR(10 ) NOT NULL , Stipend INTEGER, Kurs INTEGER, City CHAR(15), Bithday DATE, Univ_ID INTEGER); SQL tilida jadvalga ma'lumotlar kiritish, o'zgartirish va o'chirish uchun ma'lumotlarni manipulyasiya qilish (DML) tilining uchta komandasi ishlatiladi. Bular INSERT (qo'shish), UPDATE (tiklash yangilash), DELETE (o'chirish) komandalaridir. INSERT komandasi jadvalga yangi satr qo'shishni amalga oshiradi. Sodda holda uning sintaksisi quyidagicha: Insert into values (,,); Bunday yozuvda VALUES kalit so'zidan keyin qavs ichida ko'rsatilgan qiymatlar jadvaldagi yangi qo'shilgan satrning maydonlariga kiritiladi. Kiritish jadvalini CREATE TABLE operatori bilan yaratilish paytidagi ustunlarni ko'rsatish tartibida amalga oshiriladi. Masalan, STUDENT jadvalida yangi satrni qo'shish quyidagicha amalga oshirish mumkin. Insert into Student Values (101, 'Aliyev', 'Rustam', 200, 3, 'Uzbekistan', '6/10/1979', 15); Agar birorta maydonga NULL qiymati qo'shish zarur bo'lsa u oddiy qiymat 83 kabi kiritiladi. Insert into Student Values (101, 'Aliyev', Null, 200, 3, 'Uzbekistan', '6/10/1979', 15); Ba'zi hollarda maydonlarning qiymatini CREATE TABLE komandasida berilgan tartibdan boshqa tartibda kiritish zaruriyati paydo bo'lsa yoki qiymatlarni ba'zi bir ustunlarga kiritish talab etilmasa, INSERT komandasining quyidagi ko'rinishi ishlatiladi. Insert into Student (Student_ID, City, Surname, Name) Values (101, 'Uzbekistan', 'Aliyev', 'Rustam' ); Qavs ichidagi ro'yxatda nomi keltirilmagan ustunlarga avtomatik ravishda sukut bilan jadval tavsiflashda (CREATE TABLE komandasida) tayinlangan qiymat yoki NULL qiymat tayinlanadi. INSERT komandasi yordamida, bir jadvaldan qiymat tanlab olib uni boshqa jadvalga joylashtirish mumkin. Insert into Student1 SELECT * from Student where CITY='Xiva'; Bunda Student1 jadvali CREATE TABLE komandasi yordamida yaratilgan bo'lishi kerak va Student jadvali strukturasiga o'xshash bo'lishi kerak. Jadvaldagi satrlarni o'chirish uchun DELETE komandasi ishlatiladi. Quyidagi ifoda Exam_Marks1 jadvalidan barcha satrlarni o'chiradi. DELETE * FROM Exam_Marks1; Buning natijasida jadval bo'sh bo'lib qoladi (bundan so'ng jadvalni DROP TABLE komandasi bilan o'chirish mumkin). Jadval bir yo'la birorta shartni qanoatlantiradigan bir nechta satrni olib tashlash uchun WHERE parametridan foydalanish mumkin. DELETE * FROM ExamMarks WHERE STUDENT_ID=103; 84 UPDATE komandasi jadval satrlari yoki mavjud satrni ba'zi bir yoki barcha maydonlari qiymatini yangilash, Ya'ni o'zgartirish imkonini beradi. Masalan Universitetl jadvalidagi barcha universitetlarni reytingini 200 qiymatga o'zgartirish uchun quyidagi so'rovni ishlatish mumkin: UPDATE University1 SET Rating=200; Jadvaldagi maydon qiymatlarini o'zgartirish kerak bo'lgan aniq satrlarni ko'rsatish uchun UPDATE komandasi WHERE parametrida predikat ishlatish mumkin. UPDATE UNIVERSITY1 SET RATING=200 WHERE CITY= 'Moskva'; Bu so'rov bajarilganda faqat Moskvada joylashgan universitetlarning reytingi o'zgartiriladi. UPDATE komandasi faqat bitta ustun emas balki ustunlar to'plamini o'zgartirish imkonini beradi. Qiymatlari modifikatsiya qilinishi zarur bo'lgan aniq ustunlarni ko'rsatish uchun, SET parametri ishlatidi. Masalan o'qitilayotgan fan nomi "Matematika" (uning uchun SUBJ_ID=43) "Oliy matematika" nomiga o'zgartirish talab etilsa va bunday indetifikatsion nomeri saqlab o'zgarish qoldirish kerak bo'lib, lekin shu bilan birga jadvaldagi mos satr maydonlariga o'qitiladigan fan haqida yangi ma'lumotlar kiritish uchun so'rov quyidagi ko'rinishda bo'ladi. UPDATE Subject1 SET Subj_Name='Oliy matematika', Hour=36, Semester=1 WHERE SUBJ_ID=43; UPDATE komandasini SET parametrida skalyar ifodalarni ishlatish mumkin. Skalyar ifodada maydon sifatida o'zgartirilayotgan va boshqa maydonlar kiritilib, u maydon qiymatini o'zgarish usulini ko'rsatadi UPDATE University1 SET Rating=Rating*2; Student1 jadvaldagi Stipend maydon qiymatini Moskva shahri talablari 85 uchun 2 marta oshirish uchun quyidagi so'rov yoziladi. UPDATE student1 SET Stipend=Stipend*2 WHERE City= 'Moskva'; SET predikat hisoblanmaydi. Shuning uchun unda NULL qiymatni ko'rsatish mumkin. UPDATE Student1 SET Stipend=NULL WHERE City= 'Moskva'; INSERTda qism so'rovlarini ishlatish. INSERT operatorini qism so'rovi bilan ishlatish bitta jadvalga bir vaqtning o'zida bir nechta satr yuklash imkonini beradi. VALUES ishlatuvchi INSERT operatori bitta satr qo'shsa INSERT qism so'rov jadvalga qism so'rov boshqa jadvaldan qancha satr ajratsa shuncha satr jadvalga qo'shadi. Bu holda qism so'rov bilan olinayotgan ustunlar soni va toifasi bo'yicha, ma'lumotlari qo'shilayotgan jadvaldagi ustun soni va toifasiga mos kelishi kerak. Misol uchun Student1 jadvalini tuzilmasi Student jadval tuzilmasiga to'la mos bo'lsin. Student jadvalidan Moskva shahri talabalari barchasi haqida yozuvlari bilan Studentl jadvalni to'ldirish imkonini beradigan so'rov ko'rinishi quyidagicha bo'ladi. Insert INTO Student1 SELECT * FROM Student WHERE City= 'Moskva'; Studentl jadvaliga Moskvada o'qiyotgan barcha talabalar haqidagi ma'lumotlarni qo'shish uchun WHERE parametrida mos qism so'rov ishlatish mumkin. INSERT INTO Student1 SELECT * FROM Student WHERE Univ_ID IN (SELECT Univ_ID FROM University WHERE City= 'Moskva');

    Adabiyotlar ro'yxati:
    1. Usmonov J.T., Xujaqulov T.A. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi// o'quv qo'llanma. - Т. : Aloqachi, 2018. - 96 b.
    2. Usmonov J. T., Xo'jaqulov T. A. Ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatma - Т. : TATU, 2016. - 55 b.
    Download 26,01 Kb.
    1   2




    Download 26,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma'lumotlar bazasi - bu ma'lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan ma'lumotlarning nomlangan to'plamidir

    Download 26,01 Kb.