• Foydalanilgan adabiyodlar Kirish
  • Kirish Innovatsiya va innovatsion menejment tushunchalari Innovatsiya loyihasi va uni boshqarish




    Download 27.47 Kb.
    bet1/7
    Sana30.09.2023
    Hajmi27.47 Kb.
    #85711
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Inavatsiyon loyiha va boshqarish.Mengaliyev A.A
    810000, NIMA UCHUN BIZ HAYOT XAVFSIZLIGINI O, Ishqor bilan cho`ktirish va elektrolitik cho`ktirish (2), 1, 5


    Mavzu: Innovatsiya loyihasi va uni boshqarish

    Reja:

    1. Kirish

    2. Innovatsiya va innovatsion menejment tushunchalari

    3. Innovatsiya loyihasi va uni boshqarish

    4. Investitsiya loyihalari marketingi

    5. Loyiha ishtirokchilari

    6. Xulosa

    7. Foydalanilgan adabiyodlar


    Kirish

    “Eng muhimi, investitsiya loyihalarini to’g’ri joylashtirish kerak. Bu borada investorlarning yagona talabi – loyiha mo’ljallangan joy zarur infratuzilma tarmoqlariga ega bo’lishidir. Sh.M. Mirziyoyev.

    Jahon iqtisodiyotida investitsiyalarga talab va taklif o’rtasida nomutanosiblik tendensiyasi hukm surmoqda. Bugungi kunda investitsiyalar oqimi taraqqiy etgan mamlakatlardan rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotiga faol yo’naltirilayotganligining guvohi bo’lmoqdamiz. Natijada rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar ulushi keskin oshib bormoqda. O’z navbatida, investitsiyalar samaradorligini oshirish bilan bog’liq ko’plab muammolar mavjudligi investitsiya loyihalarini boshqarishni takomillashtirish zaruratini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri bo’lib qolmoqda. Ayni paytda, jahon amaliyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni iqtisodiyotning istiqbolli va yuqori texnologiyalarga asoslangan tarmoqlariga joylashtirish mexanizmlarini maqbullashtirish, investitsiya loyihalarini umummilliy va mintaqaviy darajada venchurli moliyalashtirish amaliyotini rivojlantirish, investitsiya muhiti jozibadorligini oshirish va investitsiya faoliyatini moliyaviy boshqarish vositalarining o’zaro muvofiqligini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Investitsiya loyihalarini samarali boshqarivi bo’yicha
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantira olsak, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkin, - deya ta’kidlab 7 o’tdilar1 . Darhaqiqat, Prezident to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni so’zsiz amalga oshirish, chet ellik investorlarga har tomonlama yordam berish hukumatning eng muhim vazifasi bo’lishi kerakligini taʼkidladi. Investitsiyalarning asosiy qismini o’zlashtirishni yilning oxirgi oylariga surish amaliyotiga chek qo’yib, barcha tarmoqlar va hududlarda buni birinchi yarim yillikda kamida 35 foizga, to’qqiz oylikda 70 foizga yetkazish zarurligi qayd etildi. 2019 yilgi Investitsiya dasturiga 16,6 milliard dollarlik 3 mingdan ziyod loyiha kiritilgan. Bu 2018 yilga nisbatan 16 foiz koʻpdir. Jumladan, joriy yilgi Investitsiya dasturi doirasida umumiy qiymati 3,2 milliard dollar boʻlgan 140 ta ishlab chiqarish quvvatini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
    Xususan, mamlakatimiz mintaqalarida investitsiya faoliyatini tashkil qilish xususiyatlari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda mintaqaviy venchurli fondlar faoliyatini tashkil etish, investitsiya loyihalarini kreditlashda sindikatlangan kreditlarni ajratish mexanizmlarini takomillashtirish, investitsiya faoliyatini tashkil etishda ichki resurslar, jumladan, aholi jamg’armalaridan foydalanish samaradorligini oshirish kabi masalalarga muhim ahamiyat qaratish lozim. Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash usulini takomillashtirish banklarning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlashni talab etadi. Buning uchun Markaziy bankning tijorat banklari uzoq muddatli depozitlariga nisbatan belgilangan majburiy zaxira stavkalarini pasaytirish hamda davlatga tegishli pul mablag’larini iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarida sindikatli kreditlashni amalga oshirayotgan tijorat banklariga uzoq muddatli depozit sifatida joylashtirish hamda yuqori samarali loyihalarga berilgan kreditlarni sekyuritizatsiyalash orqali mablag’larni jalb etish banklarning investitsion loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini oshiradi. Shuningdek, ushbu fanning asosiy maqsadi kelajakda investitsiya sohasidagi mutaxassislarga investitsiya loyihalarini boshqarishning nazariy asoslarini tushunib yetish, uni chuqur o’rganish omillariga asosiy e’tibor qaratish hamda baholashdir.



    Download 27.47 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 27.47 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish Innovatsiya va innovatsion menejment tushunchalari Innovatsiya loyihasi va uni boshqarish

    Download 27.47 Kb.