• Rastrli (nuqtali) grafika
  • Kirish. Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalari




    Download 17,41 Kb.
    bet2/2
    Sana02.12.2023
    Hajmi17,41 Kb.
    #109632
    1   2
    Bog'liq
    Kirish. Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalari
    dina informatika, Kurs ishi, Boshqarma boshlig\'i va o\'rinbosarlari, Билдирги янгиси (2), 232 sonli buyruq, Salimov J.S. Pirmatov N.B. Elektr mashinalari, invoice, Umumiy kimyo (UK), \'ruza. Matematik mantiq elementlari, Negmatova Moxichexra 228-230, Mansurjonov M. IQT M-10, betlik
    Adobe Photoshop — Adobe Inc. firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va tarqatilyotgan koʻpfunksiyali grafik redaktor. Asosan rastrli tasvirlar bilan ishlashga moʻljallangan, biroq bir nechta vektorli vositalariga ega. Dastur Adobe firmasi mahsuloti sifatida mashhur va rastrli tasvirlarni tahrirlashda dunyoda eng oldi brendi hisoblanadi. Hozirda Photoshop macOS, Windows platformalariga, iOSWindows Phone va Android mobil tizimlariga moslashtirilgan. Yana Windows 8 va Windows 8.1 uchun Photoshop Express versiyasi ham mavjud. Adobe Photoshop tasvirlarni tahrirlashdagi proffesional redactor hisoblanadi.
    Adobe Photoshop dasturining ishlab chiqilgan sanasi birorta kalendarda qayd etilmagan. Biz ishlatadigan Adobe Photoshop dasturining 2005-yilda bir yilligi nishonlandi. Bundan 17 yil oldin, fevral oyida, „Adobe“ kompaniyasi, Rassomlar, fotograflar, dizaynerlar orasida hozirgacha mashhur boʻlgan „Photoshop — 1.0“ muallifini eʼlon qildi. Photoshop dasturi bugungi kunda, „kompyuter grafikasi“ sohasi boʻyicha eng oldingi oʻrinda turibdi va mustaqil dastur boʻlib ajraldi. Biz foydalanayotgan Adobe Photoshop dasturining boshlanishi ancha ilgari boʻlgan. Hozir 41 ta muallifi eʼlon qilingan dasturni aslida aka-uka Jon Noll va Tomas Nollar boshlab bergan. Ularning otasi fotograf boʻlib, ular yertoʻlada joylashgan fotolabaratoriyada otasiga yordam berar edilar. Tomas nur va rang kontrastini oʻrgandi. Jonn esa eski „Apple“ da ishlashga qiziqardi. 1984-yilda Aka-uka Nollarga otasi dastlabki Macintosh olib berdi. Uning imkoniyatlarining koʻpligi shu dasturni tuzishga sabab boʻldi


    Rastrli (nuqtali) grafika deb - bir xil o’lcham va yacheykalarga ega bo‟lgan nuqtalar (piksellar) to‟plami orqali tasvirlangan tekis geometrik shakllarga aytiladi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo‟ljallangan ko‟pgina grafik muxarrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo‟ljallangan. Rastrli grafika muxarrirlariga misol kilib Adobe Photoshop va Paint dasturlarni keltirish mumkin. Ushbu dastrularda rasmlar mayda kvadrat - piksellardan iborat bulib mozaika holatida rasmni xosil qiladi. Rastrli grafikadan raqamli fotosuratlar va skanerdan olingan rasmlar bilan ishlash uchun foydalaniladi. Rastrli grafika – multimediya va poligrafik nashrlarni yaratishda keng qo‟llaniladi. Rastrli grafika vositasi asosida yaratilgan tasvirlar kamdan-kam holatda kompyuter dasturlari orqali qo‟lda yaratiladi. Ko’proq bu maqsadda tasvirlar skanerlanadi. Rastrli tasvirning asosiy elementi bu nuqta xisoblanadi. Agar tasvir ekranli bo‟lsa, u holda bu nuqta piksel deb ataladi. Tasvirning o‟lchami bilan uning imkoniyati o‟zaro bog‟liq. Bu parametr nuqta-dyuymga nisbatan o‟lchanadi. Yuqorida takidlangandek, rastrli grafikada har qanday tasvir nuqta - piksellardan tashkil topgan bo'lib, har bir piksel alohida rangga ega bo'ladi. Ular 8 majmuasi esa yaxlit tasvirni tashkil etadi. Foydalanuvchi har bir pikselga ishlov berish imkoniga ega bo'ladi, tasvirdagi piksellar soni qanchalik ko'p bo'lsa, tasvir shunchalik yuqori sifatli bo'ladi. Tasvirdagi piksellar zichligi DPI (Dot Per Inch - dyuymdagi nuqtalar soni) deyiladi, ya'ni bir dyuymda (1 dyuym=2,54 sm) nechta nuqta joylashganligini belgilaydi. Gazeta va boshqa ro'znomalarda mazkur ko'rsatkich odatda 150 dpi, rangli jurnallarda 300 dpi, fotosurat va kompozisiyalarda 600-1200 dpi tashkil etadi. Ekranda tasvirlanadigan rasmlar uchun esa 72 dpi sifat ko'rsatkichi yetarli hisoblanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, mazkur ko'rsatkichni belgilash yoki tanlashda rasional yondashuvdan kelib chiqish kerak, chunki har bir nuqta xotirada bir bit (agar tasvir oq-qora bo'lsa) joy egallaydi va ular tasvirda ko'payganida tasvirning xotirada egallaydigan hajmi ancha katta bo'ladi. Hozirgi kunda sodda va murakkab rastrli grafika tahrirlash dasturlari mavjud. Sodda grafik muharrirlardan biri - Windows operasion tizimi tarkibiga kiruvchi Paint dasturidir. Mazkur dastur oddiy amallarni bajarish imkonini beradi, lekin professional darajadagi imkoniyatlardan foydalanish uchun maxsus rastrli grafik muharrirlaridan foydalanish kerak bo'ladi: Adobe Photoshop, Corel PhotoPaint va hokazo. Adobe Photoshop muharrirlari hozirgi kunda eng mashhur va butun dunyo mutaxassislari tomonidan tan olingan. Buning asosiy sabablari - uning boy va keng imkoniyatlari, qulay va oson interfeysi (muloqoti), deyarli barcha grafik formatlar va tizimlar bilan ishlashi.
    Download 17,41 Kb.
    1   2




    Download 17,41 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish. Kompyuter grafikasining asosiy tushunchalari

    Download 17,41 Kb.