O‘zbekiston va Fransiya xavfsizlik va iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi




Download 1,6 Mb.
bet4/10
Sana21.02.2024
Hajmi1,6 Mb.
#160100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
.Fransiya va O\'zbekiston vvvvvvvNNNNNNNNNNNNN

O‘zbekiston va Fransiya xavfsizlik va iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi


Shavkat Mirziyoyevning Parijga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari qo‘shma bayonoti qabul qilindi.Ikki mamlakat o‘rtasidagi yuksak darajadagi keng qamrovli sheriklikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan bayonotda ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro siyosat masalalari o‘rin olgan.Davlat rahbarlari ikki tomonlama sheriklikni chuqurlashtirishga hissa qo‘shish uchun O‘zbekiston tomonidan boshlangan mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha islohotlar hamda Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan sa’y-harakatlar yuzaga chiqargan ijobiy istiqbollarga urg‘u bergan.Tashrif davomida tomonlar ta’lim, ilm-fan, madaniy meros, fuqaro aviatsiyasi, davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik yuzasidan 13 ta kelishuvlarni imzoladi.Prezidentlar turli darajalarda, zarur holatlarda, tegishli vazirliklarni jalb qilgan holda, o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan, xususan, xavfsizlik va iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirdi.22-noyabr kuni ochilgan Luvr muzeyidagi “O‘zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” va Arab dunyosi institutidagi “Samarqandga yo‘l, ipak va oltin mo‘jizalari” ko‘rgazmalarining o‘tkazilishini mamnuniyat bilan qayd etdi. Madaniyat va madaniy meros sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanliklari, Toshkentda Fransiya—O‘zbekiston madaniyat markazini tashkil etish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi tasdiqlandi.Ta’lim sohasida tomonlar ta’lim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarni kuchaytirish, shuningdek, fransuz tilini o‘qitish va o‘qituvchilarni tayyorlashni takomillashtirish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldi. Shuningdek, Parijda 27–28-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ikkinchi O‘zbekiston va Fransiya universitetlari forumi tashkil etilishidan mamnun ekanliklarini bildirdi.Iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha prezidentlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik yuzasidan 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasida qayd etilgan sohalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.Turizm sohasida, xususan, turistik hududlar salohiyatini ishga solish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishildi. Fransiya tomoni O‘zbekistonning 2023-yilda Xiva shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi turistik forumini o‘tkazish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi.
O‘zbekiston va Fransiya xalqaro va mintaqaviy darajada xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shish istaklarini tasdiqladi. Ikkala tomon BMT, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar va tegishli mintaqaviy tuzilmalar doirasida o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.Tomonlar, shuningdek, nizolarni muzokaralar orqali, xalqaro huquq va BMT ustaviga to‘liq amal qilgan holda hal qilish bo‘yicha qat’iyatlarini qayta tasdiqladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022 yilning 21–22 -noyabr kunlari Fransiyaga amalga oshirgan rasmiy tashrifi yakunlariga ko‘ra, Fransiya Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ikki mamlakat o‘rtasidagi yuksak darajadagi keng qamrovli sheriklikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ushbu Qo‘shma bayonotni qabul qildilar.Ikki tomonlama siyosiy munosabatlar
1.O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘lgan joriy yilda prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarning so‘nggi yillardagi sezilarli rivojlanishini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Davlat rahbarlari ushbu ikki tomonlama sheriklikni chuqurlashtirishga hissa qo‘shish uchun O‘zbekiston tomonidan boshlangan mamlakatni modernizatsiya qilish bo‘yicha islohotlar hamda Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan saʼy-harakatlar yuzaga chiqargan ijobiy istiqbollarga urg‘u berdilar.
2. Tashrif davomida Tomonlar taʼlim, ilm-fan, madaniy meros, fuqaro aviatsiyasi, davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik yuzasidan o‘ndan ortiq kelishuvlarni imzoladilar. Tomonlar turli darajalarda, zarur holatlarda, tegishli vazirliklarni jalb qilgan holda, o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan, xususan, xavfsizlik va iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Shuningdek, Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish va ikki mamlakatdagi do‘stlik guruhlarining faoliyatini jadallashtirishdan manfaatdor ekanligini qayd etdilar.
3. Madaniy sohada Tomonlar 2022-yilning 22-noyabr kuni ochilgan Luvr muzeyidagi “O‘zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” va Аrab dunyosi institutidagi “Samarqandga yo‘l, ipak va oltin mo‘jizalari” ko‘rgazmalarining o‘tkazilishini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tomonlar madaniyat va madaniy meros sohalarida hamkorlikni kuchaytirish istaklarini bildirdilar hamda 2021-yil 6-yanvarda imzolangan Аhdlashuv deklaratsiyasiga muvofiq Toshkent shahrida Fransiya-O‘zbekiston madaniyat markazini tashkil etish bo‘yicha ishlarni davom ettiradilar.
4. Taʼlim sohasida Tomonlar taʼlim muassasalari o‘rtasidagi munosabatlarni kuchaytirish, shuningdek, fransuz tilini o‘qitish va o‘qituvchilarni tayyorlashni takomillashtirish orqali hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar. Tomonlar Toshkent shahridagi Fransuz litseyi faoliyatini mamnuniyat bilan qayd etdilar, ushbu taʼlim muassasasi maqomining doimiyligini taʼminlash va faoliyatiga ko‘maklashish istagini bildirdilar, shuningdek, Tomonlar Samarqand shahrida yangi Fransuz alьyansining ochilish jarayonini soddalashtirishni taklif qildilar. Tomonlar Parij shahrida 2022-yil 27–28-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ikkinchi O‘zbekiston va Fransiya universitetlari forumi tashkil etilishidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
5. Iqtisodiy yo‘nalish bo‘yicha Tomonlar O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik yuzasidan 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasida qayd etilgan sohalar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar. Tashrif davomida energetika, suv taʼminoti, transport va turizm sohalarida ko‘plab iqtisodiy shartnomalar imzolandi. Qishloq xo‘jaligi sohasidagi harakatlar rejasi kelgusi hamkorlik yo‘nalishlarini o‘rganishga imkon beradi. O‘zbek tomoni fransiyalik investorlarning mamlakatga kirishini yengillashtirish uchun zarur yordamni taʼminlashga hamda mavjud tartiblarni soddalashtirishga tayyor ekanini bildirdi.
6. Ikki davlat rahbarlari Fransiya taraqqiyot agentligining faoliyatini ijobiy baholadilar va O‘zbekistonning davlat investitsiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 2022–2025-yillarga mo‘ljallangan strategik sheriklik to‘g‘risidagi Bitim imzolanganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Xususan, ular Аgentlik yashil iqtisodiyot yo‘nalishida boshlangan hamkorlikni davom ettirishi hamda Orol dengizi hududini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishi yuzasidan istaklari yakdilligini bildirdilar.7. Tomonlar turizm sohasida, xususan, turistik hududlar salohiyatini ishga solish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar. Fransiya tomoni O‘zbekistonning 2023-yilda Xiva shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” birinchi turistik forumini o‘tkazish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi.Mintaqaviy va xalqaro siyosatni rivojlantrish har soxada
8. O‘zbekiston va Fransiya xalqaro va mintaqaviy darajada xavfsizlik, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shish istaklarini tasdiqladilar. Ikkala Tomon Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, boshqa xalqaro tashkilotlar va tegishli mintaqaviy tuzilmalar doirasida o‘z harakatlarini muvofiqlashtirishni kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Tomonlar nizolarni muzokaralar orqali, xalqaro huquq va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustaviga to‘liq amal qilgan holda hal qilish bo‘yicha qatʼiyatlarini qayta tasdiqladilar.
9. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarning rivojini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Ular Yevropa Ittifoqining “Global darvoza” strategiyasi va Samarqand shahrida 2022-yil 17–18-noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo o‘zaro bog‘liqligi konferensiyasi doirasida mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladilar. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni yanada kuchaytirishga imkon beradigan, 2022-yilning iyul oyida matni kelishilgan O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim bo‘yicha muzokaralar yakunlanganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
10. Tomonlar Аfg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish va mintaqadagi xavfsizlikni taʼminlashga hissa qo‘shishdan manfaatdor ekanini bildirdilar, 2022-yil 26-iyulda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Аfg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferentsiyada Fransiya tomonining ishtirok etgani buni yaqqol tasdiqlaydi.



Download 1,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston va Fransiya xavfsizlik va iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

Download 1,6 Mb.