Kirish kurs ishining dolzarbligi




Download 1,6 Mb.
bet6/10
Sana21.02.2024
Hajmi1,6 Mb.
#160100
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
.Fransiya va O\'zbekiston vvvvvvvNNNNNNNNNNNNN

4-rasm Ikki davlat ortasidagi iqtisodiy va ijtimoiy soxalarda ozaro kelishuvlar.
Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yoʻnalishni izchil hamda samarali ilgari surish Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan keng miqyosdagi islohotlar va demokratik yangilanishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning ochiq va pragmatik tashqi siyosatni faollashtirishi natijasida xorijiy mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha ulkan natijalarga erishildi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Muntazam ravishda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar boʻyicha tashabbuslar roʻyobga chiqarilmoqda, chet davlatlardagi vatandoshlar bilan muloqot mustahkamlanyapti, yurtimizning xalqaro hamjamiyatdagi obroʻsi yuksalmoqda.
Munosabatlarning mantiqiy davomi Xorijiy sheriklar bilan munosabatlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Yevropa ittifoqi va uning yetakchi aʼzo davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish hamda kengaytirish jarayonini davom ettirishdan manfaatdor. Ular orasida Fransiya Respublikasi ham bor.Shu maʼnoda, joriy yil 8-9 oktyabr kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi koʻp tomonlama oʻzbek — fransuz munosabatlariga yangicha ruh berish yoʻlida keyingi yillarda yanada faollashgan harakatlarning mantiqiy davomi boʻldi.
Tashrif mobaynida davlatimiz rahbari Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron, Fransiya Senati Raisi Jerar Larshe, shuningdek, ushbu mamlakatning eng yirik kompaniya va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashdi. Oʻzbekiston yetakchisi YUNЕSKO bosh direktori Odri Azule bilan muzokaralar oʻtkazdi.Kun tartibidan oʻzbek — fransuz siyosiy muloqotini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalari oʻrin oldi. Avtomobillar tashuvi, sayyohlik, harbiy-texnikaviy hamkorlik, koinotni tadqiq qilish, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, madaniyat hamda boshqa sohalarga daxldor hukumatlararo va vazirliklararo 10 ta hujjat imzolandi.Qayd etish joizki, tashrif arafasida tomonlar umumiy qiymati 5 milliard yevroga yaqin investitsiya loyihalari boʻyicha kelishuvlar, Fransiya taraqqiyot agentligi bilan umumiy qiymati qariyb 600 million yevro boʻlgan infratuzilma loyihalarini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik dasturi qabul qilindi.Fransuz tomoni bugun Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi Fransiya yetakchisining islohotlar dasturi bilan, avvalo, siyosiy va iqtisodiy modernizatsiya, qonun ustuvorligini taʼminlash, sud-huquq tizimini takomillashtirish, hokimiyat organlari ishini xalq va davlat manfaatlariga xizmat qilishga yoʻnaltirish borasida oʻxshash jihatlar borligini qayd etdi.Ikki davlatning dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishga doir yondashuvlari yaqin yoki mos ekani eʼtirof etilib, mintaqaviy hamda xalqaro hamkorlik, xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashishning yangi shakllarini rivojlantirish muhimligiga eʼtibor qaratildi. Oʻzbekistonning Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash, mintaqa davlatlarining izchil taraqqiyotga erishish maqsadida oʻzaro manfaatli hamkorlik hamda yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini rivojlantirishda muhim oʻrin tutishi alohida taʼkidlandi.Davlat rahbarlari mintaqada tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning muhim sharti sifatida Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish zarurligini yana bir bor qayd etdilar.Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston — Fransiya hukumatlararo komissiyasi faoliyatiga alohida urgʻu berildi. Oʻzaro savdo hajmini koʻpaytirish, iqtisodiyotning turli sohalarida istiqbolli investitsiya loyihalarini roʻyobga chiqarish muhimligi aytildi.Shunisi diqqatga sazovorki, oliy darajadagi tashrif Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga kuchli qiziqish bildirayotgan Fransiya tomoni taklifi bilan boʻlib oʻtdi. Masalan, “Veolia” fransuz kompaniyasi Oʻzbekiston bilan mamlakatning suv taʼminoti tizimlarini modernizatsiya qilish boʻyicha kelishuvga erishdi, “Orano” uran konlaridagi qazish ishlarida ishtirok etmoqchi, “Thales” kompaniyasi kosmik texnologiyalarni rivojlantirish sohasida hamkorlik qilish niyatida, “Airbus” esa yuk samolyotlarini yetkazib berish harakatida.Bugun, hech mubolagʻasiz aytish mumkinki, bir tomondan, Oʻzbekistonda hayotning barcha jabhasini erkinlashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha roʻyobga chiqarilayotgan koʻp qirrali islohotlar, boshqa tarafdan — rasmiy Toshkentning mamlakat atrofida xavfsizlik va barqarorlik belbogʻini yaratish yoʻlidagi faol harakatlari hamda bular Parijning Markaziy Osiyodagi siyosatiga hamohang ekanligi mazkur jarayonlarga oʻzgacha surʼat baxsh etmoqda. Mintaqaga nisbatan Fransiya pozitsiyasi Markaziy Osiyodagi barcha davlatlar suvereniteti, xavfsizligi va farovonligini yoqlashi bilan hamisha ajralib turgan.Keyingi yillarda oʻzbek — fransuz munosabatlarida hamkorlikning koʻplab sohalarida ijobiy natijalarga erishilganini mamnuniyat bilan qayd etish mumkin.
Birinchidan, Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida siyosiy muloqotlar faollashdi. 2017 yilning may oyida Parijda va shu yilning aprel oyida Toshkentda Oʻzbekiston hamda Fransiya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Muzokaralar yakuniga koʻra, tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston va Fransiya TIVning 2017-2018 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. Bu tomonlarning oliy darajadagi siyosiy muloqotni kuchaytirishga eʼtibor qaratayotganidan dalolatdir.
Ikkinchidan, avvalgi yillarda yoʻlga qoʻyilgan parlamentlararo aloqalarga yangi surʼat berildi. 2017 yil oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fransiya Respublikasi Senati bilan hamkorlik boʻyicha guruhining amaldagi tarkibi yangilandi.Oʻzbekiston parlamenti jamiyat taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatish imkonini beruvchi sifat jihatidan oʻzgacha, real vakolatlarga ega boʻla boshlagan bir paytda qonun chiqaruvchi organimiz Yevropaning demokratiya rivojlangan mamlakatlaridan boʻlmish Fransiyadagi parlament faoliyatining shakl va mexanizmlarini oʻrganishdan manfaatdor.
Uchinchidan, savdo-iqtisodiy hamkorlikda ham ijobiy oʻsish kuzatildi. 2018 yil birinchi yarmi yakunlariga koʻra, tovar ayirboshlash hajmi 146,2 million dollarni tashkil qildi va bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 12 foiz koʻp. Bundan tashqari, 2001 yildan buyon Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik boʻyicha oʻzbek — fransuz hukumatlararo komissiyasi faoliyat koʻrsatmoqda. Shu yilning iyul oyida Fransiyada oʻtkazilgan komissiyaning soʻnggi (yettinchi) yigʻilishi yakunlariga koʻra, oʻzbek mahsulotlarini “koʻhna qitʼa”ning ushbu davlatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazishni maqsadli ravishda tashkil etish uchun Fransiyada ilk bor Oʻzbekiston savdo uyi ochildi.Fransuz kompaniyalari oʻzbek sheriklari bilan hamkorlik qilishga amaliy qiziqish bildirayotgani diqqatga sazovor. Xususan, oʻtgan yili “Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive” oʻzbek — fransuz qoʻshma korxonasini barpo etish boʻyicha loyiha ijrosiga kirishildi. Ushbu zavodni 2018 yil oxirida foydalanishga topshirish koʻzda tutilmoqda.
Toʻrtinchidan, oʻzaro aloqalarda madaniy-gumanitar hamkorlik alohida oʻrin tutadi. Bu sohadagi munosabatlar doirasida Fransiya vakillari Samarqanddagi “Sharq taronalari” xalqaro festivalida muntazam qatnashmoqda. Samarqand va Lion, Xiva hamda Versal, Buxoro va Ruey-Malmezon birodarlashgan shaharlardir.
Taʼlim va fan, ayniqsa, Oʻzbekistonning oʻquv dargohlarida fransuz tili va adabiyotini oʻrganish borasida Fransiya bilan hamkorlik muvaffaqiyat bilan rivojlanayotgani kuzatilmoqda. Ayni paytda respublikadagi 1260 ta maktabdagi 300 mingdan ziyod oʻquvchilarga, kollej va litseylarda, shuningdek, 8 ta oliy oʻquv yurtida fransuz tili oʻrgatilmoqda. Nemis tili bilan bir qatorda, fransuz tili yurtimiz taʼlim muassasalarida oʻqitilayotgan ikkinchi (ingliz tilidan keyin) eng ommabop til sanaladi.Fransiyada 1988 yilda asos solingan Temuriylar davri sanʼati va tarixini oʻrganish boʻyicha uyushma hamda 2004 yilda tashkil topgan “Avitsenna-Fransiya” assotsiatsiyasi faoliyat olib bormoqda.Qolaversa, Toshkentda fransuz adabiyotining 8 mingdan ortiq nomdagi fondini oʻzida jamlagan boy kutubxonaga ega “Fransuz Alyansi” ishlayapti. Ushbu tashkilot fransuz tilini oʻrganish istagida boʻlganlar uchun kurslar oʻtkazadi.Beshinchidanoxirgi paytlarda turizm sohasidagi hamkorlikning sezilarli darajada kuchaygani ikki davlat fuqarolarining oʻzaro sayohatlari oʻsishiga olib keldi. Fransiya senatori A. Rishar qayd etganidek, “Oʻzbekistonning boy madaniy merosini inobatga olsak, sayyohlik sohasidagi hamkorlik muhim yoʻnalish boʻlib qoladi”.Maʼlumot sifatida keltirib oʻtish oʻrinliki, 2016 yildan 2017 yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni 4,8 mingdan 5,7 ming kishiga yetdi. Joriy yilning 8 oyida esa bu koʻrsatkich 9,1 ming nafarni tashkil qildi. Bir necha kun avval Prezidentimiz Farmoni bilan Fransiya fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibi joriy etildi va u 5 oktyabrdan kuchga kirdi.Oʻzbekiston Prezidentining Parijda YUNESKO rahbariyati, Fransiya Senati Raisi va mamlakatning eng yirik kompaniyalari vakillari bilan oʻtkazgan muzokaralari samarali boʻlib, bu oʻzbek — fransuz hamkorligini rivojlantirishning strategik ahamiyati muhim ekanidan dalolatdir.Xalqaro maydonda tobora yuksak siyosiy mavqega ega boʻlib borayotgan Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash Yevropa ittifoqi bilan munosabatlarni shakllantirishda ham muhim rol oʻynaydi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik mintaqaviy mojarolar, jumladan, afgʻon masalasini hal qilish, Oʻzbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatini modernizatsiyalashda kuchli turtki beradi.Bugungi kunda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport va kommunikatsiya, moliyaviy hamda sarmoyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish muhim ustuvor yoʻnalishlardan hisoblanadi. Shuningdek, bu aloqalar mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash boʻyicha qator sohalarda oʻzaro manfaatli hamkorlikni faollashtiradi.Umuman olganda, Fransiya tajribasi va salohiyatini oʻrganish mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishda ustuvor loyihalarni amalga yuksaltirish, taʼlim tizimi sifatini yuksaltirish, iqtisodiyotni sanoat va texnologik jihatdan modernizatsiyalash hamda uning tarkibiy jihatdan diversifikatsiyalashga yaqindan koʻmak beradi.
Fransiya tomoni oʻzbek — fransuz oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga koʻtarishga tayyorligini bildirdi. Fransiyalik mutaxassislarning fikricha, ayni paytda mazkur davlat Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari, avvalambor, dinamik oʻzgarishlarni amalga oshirayotgan Oʻzbekiston bilan munosabatlarni faollashtirish uchun qulay sharoitga ega.


Download 1,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,6 Mb.