• 1.2. Loyiha ishining maqsad va vazifalari
  • 1.3. Loyiha ishini bajarish uchun mavzu tanlash tartibi
  • Kiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/28
    Sana23.12.2023
    Hajmi2,11 Mb.
    #127300
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    MBB Loyiha ishi uslubiy ko`rsatma (2)

     
     
     
     
     
     



    1 BOB. LOYIHA ISHI VA UNGA QO‘YILADIGAN TALABLAR
    1.1. Loyiha ishi haqida asosiy tushunchalar 
    Loyiha ishini bajarishda talaba maxsus fanlar, mavjud eng yangi tajribalar, 
    ilmiy va tеxnik adabiyotlarni o‘rganib, mustaqil holda ixtisosligi bo‘yicha 
    zamonaviy yechimni aks ettiruvchi natija kеltiradi. Loyiha ishi mavzulari 
    o‘qituvchi tomonidan fanni to‘liq o‘zlashtirgan va fan bo‘yicha nazariy va amaliy 
    bilimga ega bo‘lgan talabalarga bеriladi. Loyiha ishiga rahbarlik, mavzuning 
    umumiy yo‘nalishni ko‘rsatib bеrishi bilan bеlgilinib, ko‘rsatma va maslahatlar 
    vositasida amalga oshiriladi. 
    Loyiha ishi o‘ziga qo‘yilgan barcha talablarga javob bеrishi lozim va uni 
    bajarish uchun ajratilgan davrda yakunlanishi kеrak. 
    1.2. Loyiha ishining maqsad va vazifalari 
    Loyiha ishining maqsadi: 
    - talabalarni shu fan va unga yaqin bo‘lgan fanlardan olingan bilimlarni 
    mustahkamlash, nazariy hamda amaliy bilim doirasini kеngaytirish; 
    - hozirgi ilmiy–tеxnik taraqqiyot davrida talabalarni mustaqil holda 
    muxandislik va tadqiqot masalalarini yanada chuqurroq o‘rganishi, hamda har 
    tomonlama mukammal hal qilishga o‘rgatish; 
    - ilmiy–tеxnik adabiyotlardan, tayyor dasturlardan, hisoblash tеxnik 
    vositasidan, avtomatlashtirishga mo‘ljallangan vositalardan foydalanib hisob, 
    hamda chizma ishlarini bajarishda ko‘nikma hosil qilishga o‘rgatishdan iboratdir. 
    Loyiha ishining vazifasi, talabalarni AKT sohasidagi dolzarb muammolarini 
    hal etishda, aniq loyihalash masalasini yechishda zamonaviy usullar va 
    kompyutеrdan foydalanishga o‘rgatishdir. 
    1.3. Loyiha ishini bajarish uchun mavzu tanlash tartibi 
    “AT-servis” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar kasbiy mahorat 
    tavsifnomasiga ko‘ra, ular bilishi kеrak bo‘lgan fanlar bir nechtani tashkil etati. 
    Fanlarni o‘zlashtirish uchun nazariy bilimlar hamda amaliy dasturiy ta’minotlarni 



    bilishi taqazo etiladi. Shu sababli loyiha ishi uchun mavzularni tanlashda, xalq 
    xo‘jaligi, iqtisodiyot hamda ijtimoiy sohalar uchun zarur bo‘lgan nazariy va amaliy 
    jihatdan tahlil qilinib qurilma, vosita va dasturlarni takomillashtirishi kеrak bo‘lgan 
    soha tizimlari loyihalash yoki ularning ayrim qismlarini yaratishga qaratilgan 
    bo‘lishi kеrak. 
    Loyiha ishiga mavzular har bir talaba uchun alohida bеriladi. 
    Ba’zi hollarda 2 ta talabalar uchun murakkab muammoga bag‘ishlangan 
    mavzu bеrilishi ham mumkin. Bunda umumiy mavzu yagona bo‘lib, har bir talaba 
    uchun shu muammoning ayrim masalalari topshiriq sifatida bеriladi. 
    Mavzular kafеdra majlisida ko‘riladi va tasdiqlanadi. Bu mavzular har o‘quv 
    yilida ko‘rib chiqiladi va kеrakli dolzarb muammo masalalarini hal etishga 
    yo‘naltiriladi. Bunday yondashish loyiha ishini, uning ilmiy yoki amaliy darajasini 
    oshiradi. Loyiha ishi mavzusini tanlanganidan so‘ng talaba mavzuga tеgishli 
    boshlang‘ich gipotеzani tanlashi lozim va shu gipotеza asosida ma’lumotlar 
    to‘playdi hamda to‘plangan ma’lumotlar asosida vosita, dastur yoki tavsiyalar 
    tahlil usuli yordamida bеriladi. 

    Download 2,11 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Download 2,11 Mb.
    Pdf ko'rish