Klassik shifrlash usullari




Download 0.63 Mb.
bet1/5
Sana02.03.2024
Hajmi0.63 Mb.
#165628
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Klassik shifrlash usullari
MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya

Klassik shifrlash usullari.
O’rniga qo’yish va o’rin almashtirish akslantirishlari. Klassik shifrlar kriptotahlili


SHifrlash algoritmlari klassifikatsiyasi
SHifrlash algoritmlari asoslarini ochiq ma’lumotni ifodalovchi alfavit belgilarini yoki belgilar birikmalarini (ularni shifrqiymatlar deb ham ataladi) shifrma’lumotni ifodalovchi alfavit belgilariga yoki belgilar birikmalariga (ularni shifrbelgilar deb ham ataladi) akslantiruvchi matematik modellar tashkil etishi yuqoridata’kidlangan edi. SHuning uchun ham shifrlash algoritmlarini sinflarga ajratishningboshlang’ich bosqichi, ular negizidagi akslantirish turlari asosida amalga oshiriladi. Agar shifrlash jarayonida ochiq ma’lumot alfaviti belgilari shifr ma’lumot alfaviti belgilariga almashtirilsa, bunday akslantirishga asoslangan shifrlash algoritmi o’rniga qo’yish shifrlashsinfiga kiradi. Agar shifrlash jarayonida ochiq ma’lumot alfaviti belgilarining o’rinlari almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi o’rin almashtirish shifrlash sinfiga kiradi. Ko’rinib turibdiki, o’rin almashtirish shifrlash algoritmlarida ochiq ma’lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilarining ma’nosi shifr ma’lumotda ham o’zgarmasdan qoladi. Aksincha, o’rniga qo’yish shifrlash algoritmlarida shifrma’lumotni tashkil etuvchi alfavit belgilari ma’nosi ochiq ma’lumotnitashkil etuvchi alfavit belgilarining ma’nosi bilan bir hil bo’lmaydi. SHifrlash jarayonida o’rniga qo’yish va o’rin almashtirish akslantirishlarining kombinatsiyalaridan birgalikda foydalanilsa, bunday shifrlash algoritmi kompozitsion shifrlash turkumiga kiradi. Demak, shifrlash algoritmlari akslantirish turlariga qarab o’rniga qo’yish, o’rin almashtirish va kompozitsion shifrlashsinfiga bo’linadi.
Umumiy tasavvurga ko’ra, o’rniga qo’yish shifrlash algoritmlari akslantirishlarining matematik modellari ko’p qiymatli funktsiyalar bilan ifodalanadi. Bunday holat deshifrlash jarayonida turli noqulayliklarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun bir qiymatli (teskarisi mavjud bo’lgan) funktsiyalar bilan ifodalanuvchi akslantirishlarni qo’llash qulaylik tug’diradi. SHunday qilib, tabiiy ravishda, o’rniga qo’yish shifrlash algoritmlari bir qiymatli va ko’p qiymatli shifrlashsinfiga bo’linadi. Bir qiymatli shifrlash algoritmlarida ochiq ma’lumot alfaviti belgilarining har biriga shifr ma’lumot alfavitining bitta belgisi mos qo’yiladi. Ko’p qiymatli shifrlash algoritmlarida ochiq ma’lumot alfaviti belgilarining har biriga shifr ma’lumot alfavitining ikkita yoki undan ortiq chekli sondagi belgilari mos qo’yiladi, ya’ni ochiq ma’lumot alfavitining biror belgisiga shifr ma’lumot alfavitining chekli to’plamdan olingan biror , , belgisi mos qo’yiladi.
SHifrlash algoritmlari, kalitlardan foydalanish turlariga ko’ra, simmetrik va asimmetriksinflarga bo’linadi. Agar shifrlash va deshifrlash jarayonlari birxil kalit bilan amalga oshirilsa, bunday shifrlash algoritmi simmetrik shifrlash algoritmi sinfiga kiradi. Agar shifrlash jarayoni biror kalit bilan amalga oshirilib, deshifrlash jarayoni bo’lgan kalit bilan amalga oshirilib, kalitni bilgan holda kalitni topish echilishi murakkab bo’lgan masala bilan bog’liq bo’lsa, bunday shifrlash algoritmi asimmetrik shifrlash algoritmi sinfiga taaluqli bo’ladi.
SHifrlash jarayoni ochiq ma’lumotni ifodalovchi elementar (masalan: bit, yarim bayt, besh bit, bayt) belgilarni shifrma’lumotni ifodalovchi elementar belgilarga akslantirish asosida amalga oshirilsa, bunday shifrlash algoritmi uzluksiz(oqimli) shifrlashsinfturkumiga kiradi.
SHifrlash jarayoni ochiq ma’lumot alfaviti belgilarining ikki va undan ortiq chekli sondagi birikmalarini shifrma’lumot alfaviti belgilarining birikmalariga akslantirishga asoslangan bo’lsa, bunday shifrlash algoritmi blokli shifrlashsinfiga kiradi.
SHifrlash jarayonida ochiq ma’lumot alfavitiningbiroralohida olingan belgisi har doim shifrma’lumot alfavitining biror fiksirlangan belgisiga almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi bir alfavitli shifrlashsinfiga kiradi. Agar shifrlash jarayoning har xil bosqichlarida ochiq ma’lumot alfavitiningbiroralohida olingan belgisi shifrma’lumot alfavitining har xil , , ..., belgilariga almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi ko’p alfavitli shifrlashsinfiga kiradi.
SHifrlash jaryonida ochiq ma’lumot alfaviti belgilari yoki alfavit belgilari birikmalari biror amal bajarish bilan shifrma’lumot alfaviti belgilari yoki ularning birikmalariga almashtirilsa, bunday shifrlash algoritmi gammalashtirilgan shifrlashsinfiga kiradi.


  1. Download 0.63 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0.63 Mb.