Qalay kislotalari (stannatlar)
α –stannat kislota ishqorlarda oson erib, tarkibida kompleks anion [Sn(OH)6] --bo`lgan va s t a n n a t l a r deb ataladigan tuzlarni hosil qiladi.
Stannat kislotalar qalay(IV)-oksid gidratlari hisoblanadi. Stannat kislotalar 2xil modifikatsiyada:α – va β -stannat kislotalar shaklida bo`ladi.
qalay (IV)xloridga ammiakning suvdagi eritmasini ta`sir ettirilganda hajmdor oq cho`kma holida hosil bo`ladi.
SnCl4 +4NH4OH àH2SnO3+4NH4Cl+H2O
Cho`kma quritilganda sekin –asta suvini yo`qotadi,bora-bora toza qalay (IV)-oksid qoladi. Shunday qilib, muayan tarkibli birorta ham kislota hosil qilib bo`lmaydi. α-stannan kislotani eng oddiy fo`rmulasi H2SnO3 ko`rinishida bo`ladi. Bu kislotaning tarkibini mSnO2*nH2O fo`rmula bilan ifodalash to`g`riroq bo`ladi.
H2SnO3+2NaOH+H2Oà Na2[Sn(OH)6]
Natriy stannat eritmada kristallar holida ajralib chiqadi, bu kristallar ta`rkibini Na2SnO3 *3H2O fo`rmulasi bilan ifodalash mumkin.
α-qalay kislotaga kislotalar bilan reaksiyaga kirishib, to`rt valentli qalay tuzlarini hosil qiladi.Masalan xlorid kislota bilan ta`sirlashganda qalay (IV) xloridni hosil qiladi.
H2SnO3+4HClàSnCl4+3H2O
Xlorid kislota mo`l miqdorda bo`lganda, SnCl4 ikki molekula HCl ni biriktirib olib, kompleks xlorostannat kislota H2[SnCl4] hosil qiladi. Bu kislotaning ammoniyli tuzi , natriy stannat qanday maqsqdlarda ishlatilsa, huddi shunday maqsadlarda ishlatiladi.
2 HCl + SnCl4 = H2[SnCl4]
Stannat kislotaning ikkinchi modifikatsiyasi β–qalay kislota hisoblanadi.Uning olinishi quyidagicha bo`ladi: Qalay kislota qalayga konsentrlangan nitrat kislota ta`sir ettirilganda oq poroshoq holida hosil bo`ladi. β –qalay kislota takibi ham, xuddi α-qalay kislota singari, aniq emas. β–qalay kislota kislotalarda ham, ishqorlarda ham erimaydi.
β-mSnO2*nH2O
Sn+4HNO3àH2SnO3+4NO2+H2O
Lekin β –qalay kislotani ishqorlar bilan qizdirib suyuqlantirib stannat tuzini olish mumkin. α-stannan kislota o`zi hosil bo`lgan eritmada saqlansa ,u ham asta-sekinlik bilan β –qalay kislotaga aylanadi.
SnCl4 +4NH4OH à α-H2SnO3+4NH4Cl+H2O
α -H2SnO3-à β-H2SnO3
Qalay (IV) xlorid suvda gidrolizlanib HCl va stannat kislota hosil qiladi.Bu β –stannat kislota bo`ladi.] “Umumiy kimyo” N.L.Glinka.
SnCl4 + 6HOH à β -H2 SnO3 + 4HCl
[ Stannatlarning hosil qilgan tuzlari juda ko`p sohalarda ishlatiladi.Masalan CuSnO3 tuzi akvarel va moy bo`yoq bilan chiziladigan rassomlikda yashil bo`yoq sifatida ishlatiladi.] ”Uglerod gruppasi” P.D.Vishnesvskiy .
[ Natriy metastannat alangalanmaydigan sellyuloza materiallar tayorlash uchun, shishasozlikda, keramikada,to`qimachilikda ishlatiladi. Natriy metastannat eritmasi shimdirilgan ipakka ammoniy sulfat bilan ishlov berilgandan keyin tolada qalay gidroksid cho`kadi.] “ http //Wikipedia.ru./ Na2SnO3 “.
Na2SnO3 +(NH4)2SO4 à H2SnO3 +Na2SO3
[Bu reaksiya orqali og`ir ipak ishab chiqarishda foydalinadi. Shundan keyin kuritilganda qalay oksid ajralib chiqib, u ipakka o`taga chidamlilik xususiyatini beradi; t
H2SnO3 à SnO2 +H2O
Natriy metastannat paxtani maxsus (xurushli) bo`yoqlar bilan bo`yashda uzoq vaqt mobaynida ishlatilib kelindi; bunda natriy metastannat bo`yoq bilan tola sirtida erimaydigan rang hosil qiladi. Rangi xira bo`lganligi sababli hozirgi paytda bunday bo`yoqlar va natriy metastannat tobora kam ishatilmoqda.
Ishqoriy metallardan natriy va kaliy stannatlar ishqoriy elektrolitlar tuzlari sifatida ishlatiladi.Stannatlar asosida tayyorlangan elektrolitlar temir buyumlarni, list po`latni va tunukani galvanik usulda oqartirish (qalaylash ) da ishlatiladi.Korroziyalanishdan saqlash uchun mis va boshqa metallar ham galvanik usulda oqartiriladi.
Xulosa
D.I.Mendeleyev davriy sistemasining IV gruppa elementlari – uglerod, kremniy,germaniy, qalay, qo’rg’oshin, titan sirkoniy va gafniy fizikaviy va ximiyaviy xossalariga ko’ra eng qiziqarli hamda o’ziga xos elementlardir.Chunki bu elementlar D.I.Mendeleyev davriy sistemasining o’rta qismida va metallar bilan metallmaslarning chegarasida joylashgan.Shuning uchun bu elementlarning ko’pchiligi metall hamda metallmas xossalarini namoyon qiladi.IV gruppa elementlari xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlarida yildan yilga tobora keng qo’llanilmoqda.Bunday elementlarsiz televizor,tranzistor radiopriyomnigi,kosmik kema yaratish mumkin emas.Bu gruppa elementlari bo’lmaganida yangi texnikaning raketasozlik,kosmonavtika,atom texnikasi va boshqa tarmoqlari vujudga kelmagan bo’lar edi.
Uglerodning ko’pgina birikmalari tirik rganizmlar va jonli tabiat tarkibiga kiradi.Plastmassalar,sintetik kauchuklar,ko’n,tola,bo’yoq va dorilar,yuvish vositalari hamda o’sishni tezlatuvchilarni inson tomonidan yaratilgan organik moddalarning hamma turlarini uglerodsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.Uglerodning anorganik dunyosi ham keng:ko’mir,qurum,koks,grafit va hokazo.
Kremniy uglerodning aksicha jonsiz tabiat asosidir.Yer qobig’ida 27,6% kremniy birikma holida bo’ladi.
Metall bog’lanish bilan kovalent bog’lanishning birga kelishi elementlarning yarim o’tkazuvchanlik xossalarini namoyon etadi.Kremniy bilan gemaniy eng ko’p qo’llaniladigan yarim o’tkazgichlardir.
Qalay bilan Qo’rg’oshin juda qadimiy metallar bo’lib,insoniyatga 100 yildan beri ma’lum.Qalayning yarmidan ko’pi oq tunuka qalay qoplangan tunuka listlari tayyorlash uchun ketadi.Qalayning turli qotishmalari (bronza,babbit va boshqalar) keng qo’llaniladi.Qo’rg’oshinli akkamulyatorlar tok manbalari sifatida ishlatiladi.
Titan, sirkoniy va gafniy keyingi 20 yidagina keng qo’llanila boshlandi.Sanoatning raketa va yadro texnikasi,kosmosni o’zlashtirish kabi hozirgi zamon tarmoqlarini bu elementlarsiz tasavvur qilish qiyin.Gafniy ishlatiladigan eng muhim soha yadro texnikasidir.U neytronlarni yaxshi yutib,atom reaktorida zanjiriy reaksiya tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaydi.Uning bu xossasidan boshqarish sterjenlari tayyorlashda foydalaniladi.
Kimyoni ajoyib o'zgarishlar industriyasi deyish mumkin. U tabiatda bo'lmaydigan materiallami sintez qilishga, ulardan turlituman mashina va asboblar yaratish uchun, turar joy binolari qurish va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish uchun foydalanishga imkon beradi. Kimyo sanoati sintetik kauchuk, plastik massalar, sun’iy tola, sun’iy yoqilg'i, bo‘yoqlar, dori-darmonlar va boshqa juda ko‘p moddalar ishlab chiqaradi. Kimyo sanoatining asosiy mahsulotlari — kislotalar, ishqorlar, tuzlar ko'plab miqdorlarda ishlab chiqariladi. Qishloq xo‘jaligida mineral o‘g‘itlar, o'simliklami himoya qilishning kimyoviy vositalari, ularning o‘sishini tartibga soluvchi moddalar, hayvonlar ozig'iga qo‘shiladigan kimyoviy moddalar va oziq konservantlari, ko‘pchilik polimer materiallar keng ko'lamda ishlatiladi. M etallar kimyoviy usullardan foydalanib olinadi, shuningdek, korroziyalanishdan muhofaza qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1.Prezidentimiz I.A.Karimovning "2007-2011 yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi to'g‘risida"gi qarori. O'zA, 2011.
2.Prezidentimiz I.A. Karimovning 2007 yil 12 noyabrda qabul qilingan «Ichki tarmoq va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish chora- tadbirlari to'g'risida»gi farmoni ijrosini ta'minlash doirasida hamda 2010 yil 23 martda imzolangan «2010 yilda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to'g'risida»gi qarori. “Jamiyat ijtimoiy-siyosiy” gazetasi 2010.
3.Prezidentimiz I.A. Karimovning Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish dasturi to'g'risidagi Farmoni. O'zA, 2011.
4.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 13- martdagi "Kimyo sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora- tadbirlari to'g‘risida"gi qarori.
5.Prezidentimiz I.A. Karimovning 2010-yil 15 dekabrda qabul qilingan va mamlakatimiz sanoatini barqaror, jadal hamda muvozanatli rivojlantirishga yo'naltirilgan “2011-2015 yillarda O'zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida”gi qarori. “O'zbekiston ovozi” 2010.
6.Prezidentimizning 2009 yil 12 martda qabul qilingan “2009-2014 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo'yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi to'g'risida”gi qarori. “Jamiyat ijtimoiy-siyosiy” gazetasi 2010.
7.2009 yil 11 martda qabul qilingan “Qurilishni jadallashtirish va yangi turdagi kimyo mahsulotlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari
8.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 27dekabrdagi “2012yilga investitsiya dasturi to'g'risida”gi 1668-qarori. “Xalq so'zi”, 2013, 22- yanvar
9.Prezidentimiz I.A.Karimovning «O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari» asari T. O'zbekiston 1997. 336-bet.
10.Karimov I.A. “Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida”. - T: O'zbekiston, 1995. - 273 b..
11.Karimov I.A. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. - T.: “O'zbekiston”, 1992. - 74 b.
12.Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. - T.: “O'zbekiston”,
13.Karimov I.A. "Iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish - eng muhim vazifa"-M.: "O'zbekiston" 2000 y.
14.Karimov I.A. Asosiy vazifamiz -vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirishdir. - T.: O'zbekiston, 2010. - 80 b.
15.Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. - T.: “O'zbekiston”,
|