Kognitive psixologiya ma’ruza mashg’uloti
1-mavzu: Kognitiv psixologiyaning tushunchalari, tarixi, asosiy tadqiqot yo’nalishlari
Reja:
1. Kognitiv psixologiya faniga kirish
2. Kognitiv psixologiyada fikrlarning rivojlanishi
3. Asosiy tadqiqot yo’nalishlari
Oxirgi marotaba borgan ziyofatingiz yoki yeg’ilishingizni eslab ko’ring. Balki, u
yerda o’nlab, ehtimol yuzlab talabalar bo’lgandir. Siz atrofingizdagi insonlarning
suhbatlarini va mayin taralayotgan musiqani eshitgansiz. O’rtoqlaringiz bilan
gaplashayotgan bir paytda orqangizdagi odamlarning suhbatlarini tinglagansiz, o’zingizni
nima deyayotganingizga e’tiborli bo’lgansiz va xatto o’zingiz uchun tanish bo’lgan
ovozli insonlarning ham suhbatlarini analiz qilib tura olgansiz. Kutilmaganda, qaysidir
suhbatchilarning sizning ismingizni tilga olishlari bilan siz darhol o’z diqqatingizni
ularga qaratgan bo’lishingiz turgan gap. Xo’sh, bunday vaziyatda jarayonlar qanday
ishlaydi? Atrofdagi aloqador bo’lmagan insonlarning ovozlarini qanday qilib tahlil qila
olgansiz va ko’plab ovozlar ichidan shunchaki bittasiga diqqat qila olgansiz? Garchi,
atrofingizdagi sodir bo’layotgan muloqotlarni ataylab tinglamayotgan bo’lsangiz ham
ularda ismingiz aytilishi bilan qanday qilib uni payqab oldingiz. Ko’plab ovozlardan
aynan bir ovozga e’tiborimizni qaratishimiz qobilyati kognitiv psixologiyadagi eng
ko’zga ko’ringan fenomenlardan biridir va bu ushbu fanda “cocktail party effect” deb
nomlanadi.
Kognitiv jarayonlar muntazam tarzda miyamizda va atrofdagi insonlarning ham
miyasida sodir bo’ladi. Informatsiyalarni qabul qilishingiz, eslashingiz, tahlil qilishingiz,
mashina tezligini taxmin qilishingiz, muloqotlarga quloq solishingizdan tortib hamma
harakatlaringizda kognitiv jarayonlar doimiy sodir bo’lib turadi.
Kognitiv psixologiya odamlar ma’lumotlarni qanday qilib idrok qilishi, o’rganishi,
eslashi va fikr yuritishini o’rganuvchi fan bo’lib, diqqat, nutq, xotira, idrok, muammo
yechimini topish, ijodkorlik va tafakkur kabi aqliy jarayonlar kognitiv psixologiyaning
asosiy o’rganilish obyektlari sanaladi. Kognitiv psixolog insonlar qanday qilib turli
shakllarni idrok qiladi, ba’zi ma’lumotlarni eslashadi va boshqalarini unutishadi yoki tilni
qanday o’rganishadi kabi masalarni o’rganishi kerak. Misol uchun:
Nima sababdan tumanli kunda narsalar aslidan ko’ra uzoqroq
ko’rinadi? Buning natijasida ba’zan halokatlar ham bo’lishi mumkin.
Nima uchun insonlar hayotdagi ayrim voqealarni eslashadi (bolalikdagi
baxtli kunlar yoki yaqin insoning quchoqlashi kabi), lekin o’zlari uchun
ancha yillardan beri tanish bo’lgan insonlarning ismini unutib qo’yishadi?
Nima uchun insonlar avtomobildan ko’ra samolyotda sayohat qilishdan
qo’rqishadi? Axir o’lim yoki jarohatlanish holatlari avtomobillarda ko’p
bo’ladi-ku?
Nima uchun siz bolaligingizda uchratgan insonni yaxshi eslay olasiz-da, bir
hafta oldin uchratgan insoningizni eslay olmaysiz?
Nima uchun yirik kompaniyalarning marketing boshqaruvchilari reklamaga
ko’plab pul sarflashadi?
Yuqoridagi savollarga kognitiv psixolog javob izlaydi. Umuman olganda odamlarning
fikrlashini o’rganish orqali fikrlash jarayoni rivojlanishini o’rganadi. Atrofdan kirib
kelayotgan har qanday ma’lumot kognitiv jarayonlar faoliyatiga ta’sr qilmasdan
qolmaydi va ma’lumotlar birgina bilish jarayoiga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Misol uchun
nega sariq rangga tikilib tursak, ko’zlarimiz tez charchaydi? Yoki aksincha havorang
nega odamni tinchlantiradi? Chunki, ushbu ma’lumotlar bizning vizual idrokimizga
turlicha faollik paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Kognitiv psixologiyada fikrlarning rivojlanishi odatda dialektikani o’z ichiga oladi.
Dialektika davriy fikrlash jarayonlari transformatsiyasi shaklidagi fikrlarning rivojlanish
jarayonidir. Bunga ko’ra biror bir masalaga yoki voqea hodisaga bildirilgan ilk fikr tezis
deb ataladi. Ya’ni ilk taklif etilgan fikr – bu tezis. Tezis bu ishonch bayonotidir. Misol
uchun, ba’zi insonlar odamning tabiati uning xulq-atvorining ko’plab jihatlarini
boshqaradi deb hisoblaydilar. Bir qancha payt o’tgandan keyin ushbu tezisga nisbatan
qarshi fikrlar yoki tanqidlar paydo bo’lishi mumkin. Tezisning aniq kamchiliklarini
payqaganlar va insonning xulq-atvorini uning tabiati boshqarmaydi, aksincha unga
boshqa omillar ham ta’sir etadi degan qarshi firni bildirganlar. Shu tariqa
antitezischilarning paydo bo’lgan. Nihoyat, ma’lum vaqtdan keyin tezisga qarshi fikrlar
ham paydo bo’ldi. Ya’ni, ular inson xulq-atvorini unga berilgan tarbiya butunlayicha
tashkil qilishini bildirdilar. Ana shu orada ilk takfil qilingan va qarshi qo’llanilgan
fikrlarning birlashmasi sintezis – fikrlarning birlashuvi paydo bo’ldi. Antitezis va
tezisning o’rtasidagi tortishuvlar sintezisga olib keldi. Sintezis ikkala yo’nalishning
ko’zga ko’ringan jihatlarini birlashtiradi. Unga ko’ra, insonning tug’ma xususiyatlari va
unga berilgan tarbiya uning xulq-atvorini belgilaydi degan umumiy ishnonchli yangi bir
fikrni paydo bo’lishiga olib kelgan.
Dialektika biror-bir bildirilgan fikrni to’g’ri yoki notog’riligini bilishga hamda
ularning birlashuvidan yangi bir fikrlarga kelish uchun muhim hisoblanadi. Xuddi
shunga o’xshash intellijence (insonni atrof-muhitga moslashuviga yordam beruvchi
asosiy hayotiy qobilyat)ning genetik jihatdan belgilanishi yoki atrof-muhit natijasida
belgilanishi to’g’risida tortishuvli yo’nalish mavjud. Insonning rivojlanishi genetikmi
yoki atrof-muhitmi (tarbiya, tajriba, bilim)mi? degan tortishuvlar bor bo’lib, yakuniy
xulosa ikkalasining birgalikda ishlashiga kelishilgan
Tarbiyaga turli madaniyatlar turlicha yo’llar bilan yondashadilar. Misol uchun
osiyoliklar asosan dialektik tarzda fikrlashadi. Boshqa so’z bilan aytganda, ular
o’zlarining qarashlarini qarama-qarshillikka nisbatan ancha bag’rikenglik holatida
tutishadi. Qarama-qarshilikni yengish uchun ular sintezisni izlashadi (osiyoliklar ikkala
tomonning ham fikriga quloq solishadi hamda ikkala tarafga ham maqbul xulosaga
kelishadi). Yevropa va Amerika xalqlari esa o’zlarining qarashlarida qat’iy turib olishadi.
Yangi bir obyektga nisbatan yondashishda osiyoliklar yevropa va amerikaliklardan
butunlay farq qilishadi, G’arb insonlari umumiy fondagi bir narsaga mustaqil ajratilgan
holda yondashishsa, Sharq odamlari umumiy fon bilan birgalikda tahlil qilishadi. Misol
uchun, okeandagi baliq haqida fikr yuritishga to’g’ri kelgan paytda g’arbliklar faqatgina
baliqning o’ziga e’tibor berishadi. Sharqliklar esa baliq bilan birga atrof-muhitga,
okeanga ham nazar tashlashadi.
Biror bir fanni tushunishimizda sintezis yordam beradigan bo’lsa, ana shu sintezis
yangi bir tezisga olib keladi. Jeorj Hegel (1770-1831) fikrlar dialektikasi rivojlanishini
o’rgangan. U nemis faylasufi bo’lib, o’zidan oldingi va o’zi bilan bir davrdagi
olimlarning qarashlarini birlashtirgan. Psixologiya falsafa tarkibidan ajrab chiqqan va ilk
psixologiya to’g’risidagi tezislar ham faylasuflar tomonidan berilgan. Miyaning qanday
ishlashi to’g’risida ko’plab faylasuflar o’z izlanishlarini olib borganlar hamda ular ham
o’z fiklarini keltirib o’tganlar. Yana bir qator olimlar ularning fikrlariga qarshi fikrlar
bildirganlar, ba’zilar ularning fiklarini birlashtirganlar. Yangidan yangi fikrlar hosil
bo’lgan va shu tariqa yangi bir sohani rivojlantiradigan yo’nalishlar ajrab chiqqan.
|