|
Kolloid sistemalarning rangi. Kolloid eritmalarda yorug‘lik nurining yoyilishi. Tindal-faradey effekti
|
bet | 3/7 | Sana | 28.11.2023 | Hajmi | 13,95 Kb. | | #106983 |
Bog'liq Kolloid sistemalarning rangi. Kolloid eritmalarda yorug‘lik nuri-fayllar.org
Tindal-Faradey effektini ko‘rish uchun to‘rt qirrali shisha idishga (kyuvetaga) dispers sistema (C) solinadi-da, qora parda oldiga qo‘yilib, proyeksion fonar (A) bilan yoritiladi. Bu tajribada yorug’ konus hosil bo’ladi, buning sababi shundaki, kolloid zarrachalarga tushgan yorug’lik zarrachalar tomonidan tarqatiladi, natijada har qaysi zarracha xuddi yorug’lik beruvchi nuqtadek bo’lib ko‘rinadi. Mayda zarrachalarning yorug’lik tarqatish hodisasi opalessensiya deyiladi.
Haqiqiy eritmalarda, toza suyuqliklar aralashmasida yorug’lik nihoyatda kam tarqaladi va Tindal-Faradey effekti yuz bermaydi. Uni faqat maxsus asboblar yordamida ko‘rish mumkin. Ba’zan tashqi ko‘rinishiga qarab kolloid eritmani haqiqiy eritmadan ajratib bo’lmaydi, ayni sistemani kolloid yoki haqiqiy eritma ekanligini aniqlashda Tindal-Faradey effektidan foydalaniladi. Tindal-Faradey effektining intensivligi zolning disperslik darajasi ortishi bilan kuchayadi, disperslik ma’lum darajaga borganda maksimumga yetadi-da, so‘ngra pasayadi.
10
Dag‘al dispers sistemalarda (ularning zarrachalari yoruglik to‘lqin uzunligidan katta bo‘lganligi sababli) muhit-zarracha chegarasida yorug‘likning tartibsiz qaytishi va betartib sinishi natijasida yorug‘likning sochilishi hodisasi kuzatiladi. Dag‘al dispers sistemalarda to‘lqin uzunliklari turlicha bo‘lgan nurlar bir xilda tarqaladi. Agar sistemaga oq nur tushsa, sistemadan tarqalgan nur ham oq bo‘ladi.Lekin kolloid eritma zarrachalarning o‘lchamlari yorug‘likning to‘lqin uzunligidan kichik bo‘lganligi uchum difraksiya hodisasi, ya’ni yorug‘lik zarrachani “o‘rab o‘tib” o‘z yo‘nalishini o‘zgartirish hodisasi vujudga keladi.
11
Kolloid eritmalarda yorug‘lik sochilishi turli yo‘nalishlarda turlicha
bo‘ladi. Reley sochilgan nur intensivligi bilan tushayotgan nur intensivligi
orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi tenglama yaratgan bo‘lib, u quyidagi
hollarda to‘g‘ri bo‘ladi:
Zarracha sferik shaklga ega bo‘lganda;
|
| |