• 18.2. 3G Uyali aloqa ma’lumot tarmog’i: Uyali aloqa foydalanuvchilarga internetni taqdim etish
  • bazaviy stansiya kontrolleri (BSK)




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/213
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,41 Mb.
    #238365
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   213
    Bog'liq
    Internet tarmoqlari va xizmatlari

    bazaviy stansiya kontrolleri (BSK),
    odatda, bir nechta 
    o’nlab bazaviy transiver stansiyalarga bir vaqtda xizmat ko’rsatadi. BSK roli BTS 
    radiokanalini mobil abonentlarga ajratish, pelengni bajarish (masalan, kerakli 
    abonent tarmog’ining qaysi sotasida ekanligini aniqlash), shunindek mobil 
    abonentning uzatishini ta’minlash (bu mavzuni biz tezda 6.7.2-bo’limda 
    muxokama qilamiz). Bazaviy stansiyaning kontrollerlar to’plami va ular 
    boshqaradigan bazaviy transiver stansiyalar
    bazaviy stansiyalar tizimini (BST) 
    ifodalaydi. 


    234 
    Biz 
    6.7-bo’limda, 
    mobil 
    kommunikatsiya 
    markazi 
    (MKM) 
    foydalanuvchining avtorizatsiyasi va uning abonent hisobiga xizmat ko’rsatishida 
    (masalan, mobil qurilma tarmoqqa ulanish xuquqiga egaligini aniqlaydi), 
    chaqiruvni o’rnatish va to’xtatishda, shuningdek abonentni uzatishda muhim rol 
    o’ynashini ko’ramiz. Yagona MKM odatda 5BSK ni o’z ichiga oladi, natijada bitta 
    MKM dagi abonentlar soni taxminan 200 mingga teng bo’ladi. Uyali aloqa 
    operatorining tarmog’i, odatda, bir nechta MKM dan, jumladan, tarmoqlararo 
    shlyuz deb ataladigan maxsuslashtirilgan MKM dan iborat bo’ladi, ular aloqa 
    operatorining uyali tarmog’ini nisbatan katta umumiy foydalanish telefon tarmog’i 
    bilan bog’laydi.
    18.2. 3G Uyali aloqa ma’lumot tarmog’i: Uyali aloqa foydalanuvchilarga 
    internetni taqdim etish 
     
    Ma’lumotlar uzatish uyali tarmoqlar mavzusining o’zi raqobatlashuvchi 
    va doimiy rivojlanuvchi standatlarning, bitta avlod (yoki yarim avlod) avvalgi 
    avlodni almashtirishida va o’zi bilan yangi texnologiyalarni yangi servisli va 
    abbreviaturalar bilan paydo bo’lishining juda chigal to’plamini tavsiflaydi. Lekin 
    muammo shundaki, bugun dunyoda 2,5G, 3G, 3,5G va 4G avlod texnologiyalariga 
    talablar qo’yadigan yagona tashkilot mavjud emas. Bu musobaqalashuvchi 
    standartlar orasidagi farqlarni aniqlash jarayonini murakablashtiradi. Keyingi 
    muxokamamizda biz o’z e’tiborimizni 3GPP (3
    rd
    Generation Partnership project – 
    Uchinchi avlod sheriklik loyihasi) tashkiloti tomonidan yaratilgan uchinchi avlod 
    standartiga UMTS (Universal Mobile Telecommunications Service - Mobil 
    aloqaning universal tizimi) qaratamiz. Bugunda UMTS texnologiyasi juda ham 
    ommabopdir.

    Download 11,41 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   213




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish