279
web sahifa HTML matn va 5 ta JPEG rasmdan tashkil topgan bo’lsa, shunda u
jami 6 ta ob’yektga ega bo’ladi. HTML fayl bazasi sahifadagi qolgan ob’yektlarni
URL orqali manbalaydi. Har bir URL 2 ta komponentga ega: serverning xost nomi
va
ob’yektning
yo’li
nomi.
Masalan,
quyidagi
URL:
http://www.someSchool.edu/someDepartment/picture.gif
,
bunda
www.someSchool.edu host nomi va /someDepartment/picture.gif esa yo’l nomi.
Web brauzerlar
HTTP ning klient tomonini ifodalagani uchun biz teng ma’noli
brauzer
va
klient
so’zlarini ishlatishimiz mumkin.
Web serverlar
o’z navbatida
HTTP ning server tomonini ifodalaydi. Mashhur web serverlarga misol tariqasida
Apache va Microsoft Internet Information serverlarini keltirish mumkin.