21
o‘sish sur’ati kommunikatsiya infratuzilmasi rivojlanayotgan va kompyuterlar
imkoniyatlari kengayotgan paytga – XX asrning 90-yillariga to‘g‘ri keladi.
ARPANET/Internet tarmog‘ining 25 yilligida tarmoq marketing, savdo-sotiq, bank
operatsiyalari, radioeshittirish va “jonli” konsertlar uchun qo‘llanila boshlandi.
1995 yili Compuserve, Progidy, America Online portallari Internet
tarmog‘iga keng masshtabdagi ulanish imkoniyatini (kirish huquqini) taqdim
etishni boshlashdi. Shu vaqtda Netscape Navigator brauzer dasturi yaratildi va
keng miqyosda qo‘llanila boshlandi.
1990 yillar o‘rtalarigacha Internet tarmog‘idan nisbatan tor doiradagi
akademik uyushmalar foydalana olar edi. Hozirgi vaqtda esa Internetga ulangan
o‘nlab million kompyuterlarda ulkan hajmdagi axborot saqlanadi (100 millionlab
fayllar, hujjatlar va boshq.) va yuz millionlab odamlar global tarmoqning axborot
xizmatlaridan foydalanmoqdalar. Internetning asosini tarmoqqa doimiy ulangan
yuz milliondan ortiq serverlar tashkil etadi. Internet serverlariga lokal tarmoqlar
yoki telefon liniyalari orqali yuz millionlab foydalanuvchilar ulana olishadi. Har
bir lokal yoki korporativ tarmoqda odatda yuqori o‘tkazish qobilitiga ega liniyalar
orqali Internet tarmog‘iga doimiy ulangan (Internet serveri) kamida bitta
kompyuter mavjud bo‘ladi.