• XIZMATI, REAL VAQTLI TELEKONFERENSIYALAR 24.1. Usenet xizmatining vazifasi
  • -rasm. Uz domenidan ro’yxatdan o’tgan saytlar sonining o’sish darajasi




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet143/213
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,41 Mb.
    #238365
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   213
    Bog'liq
    Internet tarmoqlari va xizmatlari

     
    23.12-rasm. Uz domenidan ro’yxatdan o’tgan saytlar sonining o’sish darajasi. 
     
     
     
     
     
     
     
     


    330 
    24-BOB. USENET XIZMATI – TELEKONFERENSIYALAR TIZIMI. IRC 
    XIZMATI, REAL VAQTLI TELEKONFERENSIYALAR 
     
    24.1. Usenet xizmatining vazifasi 
     
    Usenet 
    – bu taqsimlangan axborot tizimidan iborat bo’lgan 
    telekonferensiyalar (yoki yangiliklar guruhi) hisoblanadi. Usenetda markaziy 
    saqlash joyi yo’q va ma’lumotlar tarmoqda serverdan serverga, serverdan 
    mijozga, mijozdan serverga doimo harakatlarni amalga oshiradi. 
    Hozirgi vaqtda deyarli butun Usenet-trafik Internet bo’yicha uzatiladi, 
    xabarlar formati va ularni uzatish usuli esa elektron pochtaga juda o’xshaydi. 
    Lekin, agar elektron pochta avvalo «bittaga bitta» muloqot qilish uchun ishlatilsa, 
    u holda Usenet “bitta hamma uchun” prinsipi bo’yicha ishlaydi. 
    Foydalanuvchi Usenetda e’lon qiladigan xabarlar konferensiyalar yoki 
    yangiliklar guruhi deyiladigan mavzuga oid toifalarga tashkil etiladi. Guruhdagi 
    xabarlar odatda bir necha kunlardan ortiqqa ushlanmaydi (yashirish bo’yicha 
    standart qiymat 5). 
    Yangiliklar guruhi domen nomlari tuzilmasiga o’xshash o’z iyeraxiyasini 
    hosil qiladi. Masalan, 
    sci.math 
    va 
    sci.physics 
    guruhlari 
    sci (
    ingl. 
    science 
    – fan) 
    ierarxiyasining ichida bo’ladi. 
    Usenet konferensiyalarining ierarxiyasi «Katta Sakkizlikni» tashkil etadi: 

    comp.*: kompyuterlarga bog’liq mavzularni muhokama qilish 
    (comp.software, comp.sys.amiga); 

    misc.*: turli xil mavzular (misc.education, misc.forsale,misc.kids); 

    news.*: Usenet-a yangiliklari (news.groups,news.admin); 

    rec.*: ko’ngil ochish va hordiq chiqarish (rec.music,rec.arts.movies); 

    sci.*: ilmiy munozaralar (sci.psychology,sci.research); 

    soc.*: ijtimoiy mavzular (soc.college.org,soc.culture.african); 


    331 

    talk.*: so’zlashuvlar, shujumladan «qaynoq» mavzulardagiso’zlashuvlar 
    (talk.religion, talk.politics); 

    humanities.*: 
    san’at, 
    adabiyot, 
    falsafa 
    (humanities.classics, 
    humanities.design.misc). 
    Usenet bilan ishlash uchun ilovalar yordamida foydalanuvchi istalgan 
    mumkin bo’lgan konferensiyalarga “yozilishi” mumkin. u bir yoki bir necha kichik 
    guruhlarni tanlanishi va ularga yozilishni amalga oshirishi mumkin. Obuna bo’lish 
    (yozilish) foydalanuvchini uni qiziqtiradigan mavzu bo’yicha yangi maqolalarni 
    paydo bo’lganligi haqida ogohlantirish protsedurasi ko’zda tutadi. Tabiiyki, 
    foydalanuvchi o’zi ham xabar ko’rinishida rasmiylashtirilgan o’z fikrini guruhga 
    jo’natishi mumkin. Xabar Internet pochta xabari standartiga muvofiq 
    rasmiylashtiriladi. Haqiqatda Usenet davriy nashr funkiyasini bildiradi. 

    Download 11,41 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   213




    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Uz domenidan ro’yxatdan o’tgan saytlar sonining o’sish darajasi

    Download 11,41 Mb.
    Pdf ko'rish