359
25.9 rasm. H.323da konferensiyalarni markazlashmagan va aralash tashkil qilinish
sxemalari.
Videokonferensiyani tashkil qilishning aralash sxemasida terminallarning
bitta guruhi markazlashgan, boshqa guruhi esa markazlashmagan sxema bo’yicha
ishlashi mumkin.
Markazlashmagan ko’p nuqtali konferensiya guruhli adresatsiya
texnologiyasini ishlatadi. Konferensiyada qatnashadiganlar H.323 terminallari
MCUga yubormasdan qolgan qatnashuvchilarga mul’timedia oqimlarni ko’p
adresli uzatishni amalga oshiradi. Nazorat va boshqaruv ma’lumotlarni uzatishi
terminallar va MCU o’rtasida “nuqta-nuqta” sxema bo’yicha amalga oshiradi. Shu
holatda ko’p nuqtali uzatish nazorati MCU nazoratchi tomonidan amalga
oshiriladi.