368
26.3-rasm. Real vaqt oqimlari.
Yuqoridagi rasmda real vaqt muhiti ko‘rsatilgan. Bu yerda, server 64 kbit/s
da audio signalni uzatishni hosil qilyapti. Raqamli ko‘rinishga o‘zgartirilgan audio
160 oktetli ma’lumotdan tashkil topgan paketlarda uzatiladi. Bu paketlar internet
orqali mul’timedia foydalanuvchisiga tashiladi hamda mul’timedia PC (Personal
Computer) audio signalini yetib kelishi bilan real vaqtda foydalanuvchiga taqdim
qiladi. Biroq, internet orqali qandaydir kechikishlar sababli paketlar orasidagi vaqt
intervallari turlicha bo‘ladi. Turli kechikish holatlarni tushunish uchun jitter
kechikishlar konseptsiyasini bilib olish zarur. Misol uchun, agar ikki oxirgi
punktlar orasida istalgan paket kechikishi 1 ms va maksimum 6 ms bo‘lsa, jitter
kechikishi 5 ms bo‘ladi. Real vaqt oqimlarining tasnifi shundan iboratki,
o‘zgarmas tezlikda bir xil o‘lchamli paketlarni uzatish va qabul qilish tushuniladi.
Quyidagi 26.4-rasmda real vaqt rejimida paketlar uzatilish jarayoni keltirilgan.
-