Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/213
Sana16.05.2024
Hajmi11,41 Mb.
#238365
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   213
Bog'liq
Internet tarmoqlari va xizmatlari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


395 
Nazorat uchun savollar: 
 
1. Ovozni paketli uzatish tamoyillari asosiy mohiyati nimada? 
2. Ovozni paketli uzatish texnologiyasining asosiy komponentlarini ayting va 
vazifalarini keltiring. 
3. VoIP texnologiyasi uchun qo’llaniladigan protokollar tarkibini sanang. 
4. Qaysi turdagi ma’lumotlar uzatilishiga real vaqt aloqasi deyiladi?
5. RTP paketi sarlavha maydonida qanday ma’lumotlarni tashiydi?
6. RTP da qo‘llanadigan audio ma’lumot turi.
7. RTPda qo‘llanadigan videoning ma’lumot turlari va formatlari. 
8. RTP paketining sarlavha maydoni.
 
9. SIP protokolining vazifasi nimalardan iborat?
10. SIP qanday rejimda ishlaydi?
11. SIP protokolining so‘rovlari va ularning vazifalarini keltiring. 
12. SIP ro‘yxatga olish serveri va proksi serveri qanday vazifalarni bajaradi? 
13. SIP tarmog‘ining asosiy elementlarini nimalar tashkil etadi?
 
 


396 
13-BO’LIM. INTERNET TARMOG’IDA AXBOROT XAVFSIZLIGI 
 
30-BOB. Internet tarmog’i havfsizligining umumiy tushunchalari 
 
30.1. Kriptografiya asoslari 
 
Global kompyuter tarmoqlari haqida gapirganimizda, internet hujumlari, 
shuningdek zararli dasturlar orqali hujum qilish, DoS hujumlari, niqoblanish 
hamda xabar o’zgartirish va o’chirish holatlarini qanday qilib bu kabi hujumlardan 
humoyalash mumkin. Internet protokollari va kompyuter tarmoqlaridan olingan 
bilimlar bilan qo’llagan holda, axborot xavfsizligini chuqur o’rganamiz va shu 
bilan birga qanday qilib kompyuter tarmoqlarini bu kabi havflardan va 
hujumlardan himoyalash mumkin? 
Tarmoq xavfsizligini o’rganishni ikki foydalanuvchining o’zaro xavfsiz 
ma’lumot almashish jarayoni bilan o’rganamiz. Bu nima degani? Birinchi 
foydalanuvchi o’zi jo’natgan xabarni faqat ikkinchi foydalanuvchi o’qiy olishini 
xoxlaydi, xatto ular xavfsizligi ta’minlanmagan aloqa muhiti orqali aloqa 
o’rnatayotgan bo’lsalar ham. Xavfsizligi ta’minlanmagan aloqa muhitidan boshqa 
bir foydalanuvchi ularni xabarini yashirincha o’qishi mumkin. Shuningdek, 
ikkinchi foydalanuvchi o’zi qabul qilgan xabarni birinchi foydalanuvchi 
jo’natganiga amin bo’lishi kerak, birinchi foydalanuvchi ham o’z navbatida u bilan 
aloqa o’rnatayotgan shaxs ikkinchi foydalanuvchi bo’lishiga amin bo’lishi kerak. 
bir foydalanuvchi va ikkinchi foydalanuvchi aloqa o’rnatilgan kanaldan 
almashayotgan xabarlari o’zgarmaganiga ishonchlari komil bo’lishi lozim. Bu 
muhokamalardan, xavfsiz aloqani quyidagi ajoyib hususiyatlarini aniqlab olishimiz 
mumkin:
-
Maxfiylik. 
Faqat uzatuvchi va qabul qiluvchi tarmoqdan uzatilgan xabarni 
tushuna olishi kerak. Sababi, yashirincha eshituvchilar xabarni 


397 
tarmoqdan ushlab olishlari mumkin. Shuning uchun ham xabarni axborot 
xavfsiligini ta’minlash muhimki, mobodo uzatilgan xabar yashirincha 
ushlab olingan holatda ham uni o’qib bo’lmasin. Xavfsiz aloqa terminini 
tushunish uchun ehtimol maxfiylikni tub ma’nosini anglash lozim 
bo’ladi. 
 
-
Xabarni butunligi.
Alisa va Bob ularning o’rtalaridagi aloqa kontenti ham 
tasodifan, ham qastdan o’zgartirilmaganligiga ishonchlari komil bo’lishi 
kerak. Xabar butunligini ta’minlashda ishonchli kanal va transport sathi 
protokollaridan foydalanish orqali amalga oshirish mumkin. Sababi, bu 
sath protokollari ma’lumot bitlarini umumiy qiymatini ma’lumotga 
qo’shib uzatadi, hamda qabul qilishda ham umumiy bitlar qiymati 
hisoblanadi va qabul qilingan nusxaga taqqoslash orqali xabarning 
butunligi aniqlanadi va bu texnika 

Download 11,41 Mb.
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   213




Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 11,41 Mb.
Pdf ko'rish