388
Bobning ham shaxsiy kompyuterlari qo‘g‘iroq qilish
va qabul qilish uchun SIP
instruksiyalar bilan ta’minlangan. Bu misolda Alice Bobning shaxsiy kompyuteri
manzilini biladi. 26.1 rasm o‘rnatilgan SIP qo‘ng‘roqlar ketma-ketlik jarayonini
ko‘rsatadi.
26.1-rasmda
biz SIP aloqa tashkil qilish, Alice Bobga kiruvchi xatni
jo‘natganda boshlanganini ko‘ramiz va u HTTP taklif xatiga o‘xshaydi.
26.1-rasm. SIP asosida aloqani tashkil etish namunasi.
26.3. SIP komponentlari va protokollari
389
SIP tarmog‘i ikki turli komponentlardan tashkil topishi mumkin:
klient/server va individual tarmoq elementi. Klient
va server komponentlari
RFC3261 (Request for Comment) qoidalari to‘plamiga muvofiq quyidagicha
tavsiflanadi:
Klient:
Klient istalgan tarmoq elementi bo‘lib, SIP so‘rovlarini jo‘natishi
hamda SIP javoblarini qabul qilishi mumkin. Klientlar
foydalanuvchi bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro muloqotga kirishishi yoki kirishmasligi mumkin.
Foydalanuvchi agent klientlari va proksilar klientlar hisoblanadi;