81
FDDI ning mantiqiy topologiyasi – xalqa topologoiyasi hisoblanadi.
Xalqaning umumiy uzunligi 100 km, stansiyalarning maksimal soni – 500 ta.
TOAL ishlatilganligi sababli tarmoq elektromagnit xalaqitlarga sezgir emas va
xavfsizlik darajasi yuqori – ma’lumotlarni uzoqdagi qurilmalar yordamida tutish
qiyin.
FDDI tarmog‘ining rad etishlarga bardoshliligi ma’lumotlarni uzatish 2
xalqasi yordamida ta’minlanadi (7.8-rasm). Normal xolatda ma’lumotlar
faqat
asosiy xalqa bo‘ylab uzatiladi. Stansiyaning bitta fizik uzilishida (alohida tugun
yoki kabel segmenti shikastlanganda) uzilishning ikki tomonidan nosozlik topiladi
va ma’lumotlar oqimi avtomatik tarzda asosiy xalqaga qarama-qarshi yo‘nalishga
ega bo‘lgan rezerv xalqaga o‘tkaziladi.
7.8-rasm. FDDI tarmog‘i.
FDDI da ishlatiladigan asosiy uskunalarning turlari:
Dual Attachment Concentrator,DAC – magistral
tarmoqqa ikkilangan
ulanishli konsentrator, xalqani qayta tiklashda ishtirok etadi;
SingleAttachmentConcentratorSAC – bitta ulanishli konsentrator, xech
qachon magistral tarmoqqa ulanmaydi, faqat boshqa
konsentratorga ulanadi;
82
NullAttachmentConcentratorNAC – magistral tarmoqqa ulanmaydi, FDDI
ni ichki magistral sifatida ishlatadi;
DualAttachmentStationDAS – magistral tarmoqqa
yoki konsentratorga
ikkilangan ulanishli stansiya, xalqani qayta tiklashda ishtirok etishi mumkin.
FDDI da ma’lumotlarni uzatish bir necha bosqichlarda olib borilishi mumkin:
1.
Stansiya – jo‘natuvchi tomonidan markerni egallash.
2.
Stansiya – jo‘natuvchi tomonidan ma’lumotlarni uzatish.
3.
Boshqa stansiyalar tomonidan kadrni qabul qilib olish va uni xalqaga
qaytarish.
4.
Stansiya – qabul qiluvchi tomonidan kadrni hisoblash va uni xalqaga
qaytarish.
5.
Stansiya – jo‘natuvchi tomonidan xalqadan kadrni o‘chirish.
Har bir stansiya navbatma-navbat kadrni qabul
qiladi va belgilangan adres
(adres naznacheniya) ni shaxsiy adres bilan taqqoslaydi. Agar adreslar mos
kelmasa, u xolda stansiya kadrni regeneratsiyalaydi va keyingi tugunga uzatadi.
Agar adreslar mos kelsa, u xolda stansiya kadrni
qabul qiluvchi buferga
joylashtiradi, xatoliklar mavjudligiga tekshiradi, ma’lumotlarni qabul qilinganligini
qayd etadi va kadrni xalqaga qaytaradi. Stansiya– jo‘natuvchi kadr yaxshi
yetkazilganligini aniqlaydi va yaxshi yetkazilgan bo‘lsa, uni tarmoqdan o‘chiradi,
agar yaxshi yetkazilmagan bo‘lsa – uni regeneratsiyalaydi (avval jo‘natilgan
kadrni takrorlaydi).